O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti ingliz tilshunosligi kafedrasi


Download 168.7 Kb.
bet6/10
Sana03.02.2023
Hajmi168.7 Kb.
#1152114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hoshimova Ozoda

Sinonim zanjiri. Bu mashqda, avval, mavzuga xos bo’lgan yoki biror bir so’z turkumiga oid bo’lgan, so’z o’rgatiladi. Undan so’ng o’quvchilarga o’yinning tartibi haqida instruktsiya beriladi. U quyidagicha:

  • O’quvchilar guruhlarga bo’linadi(kamida 3ta bo’lishi kerak) O'rgangan so’zlarining ma’nodoshlarini yodda saqlaydilar va ulardan foydalanib so’zlar ketma-ketligini hosil qiladilar. Bu mashqda barcha o’quvchilarning ishtiroki talab etiladi. Birinchi guruh o’rgangan so’zlari orasidan so’z aytadi. Ikkinchi guruh esa, uning ma’nodoshini topib aytishi kerak bo’ladi. Shu tarzda mashq davom ettiriladi. Agar biror bir guruh ma’nodosh so’zlarni topa olmasa, o’yinni tark etadi. G’olib bo’lgan guruhga rag’batlantirish maqsadida turli xil shakllardagi stikerlar beriladi. O’yinning oxirida o’quvlar o’qituvchi bilan birgalikda aytilgan ma’nodosh so’zlarning ketma-ketligini yana bir bor og’zaki tarzda takrorlaydilar, aniqrog’i sinonimik qatorni tashkil qiladilar. Bu mashqning asosiy maqsadi, sinonim so’zlarni yaxshiroq mustahkamlanishidan iboratdir. .

Sinonim poyga. Sinonimlarni o’rgatishda bu usuldan foydalanish o’quvchilarning gapirish qobiliyatini shakllantirishda xizmat qiladi. O’quvchilar uchun har doimgi darslardan ko’ra qiziqarli va diqqatli bo’lishiga yordam beradi. Buning qo’llanilish usuli quyidagicha:

  • O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruhdan bittadan o’quvchi doskaga chiqadi. O’qituvchi ularga o’z sinonimiga ega bo’lgan so’zni aytadi. Mashqning sharti shundan iboratki, ikkala o’quvchi bir safda yonma-yon tarzda bir tekis bo’lib o’tiradilar va har ikkala o’quvchi aytilgan so’zning sinonimini topishi kerak bo’ladi. Qaysi guruh ishtirokchisi birinchi bo’lib topsa, o’sha ishtirokchi bir qadam oldinga yuradi. O’qituvchi yana ma’nodoshiga ega bo’lgan so’zni taqdim etadi. O’quvchilar topishga harakat qiladilar va sinonimini topgan o’quvchi yana bir bor bir qadam oldinga yuradi. Aytiladigan so’zlar soni o’qituvchiga bog’liqdir. Shuni aytish kerakki, aytiladigan so’zlar soni beshta bo’lsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki dars davomida barcha o’quvchilarning ishtirokini amalga oshirishga erishiladi. O’yinning oxirida eng ko’p qadam bosgan o’quvchi, raqib guruhdagi o’quvchidan bir necha qadam oldinda turgan o’quvchi g’olib hisoblanadi. Ularni rag’batlantirish uchun o’qituvchi guruh hisobiga qo’shimcha ball beradi. Shunday qilib, keyingi ishtirokchilar mashqni davom ettiradilar.


Download 168.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling