O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti ingliz tilshunosligi kafedrasi
Download 168.7 Kb.
|
Hoshimova Ozoda
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Chet tilini o’qitishda ko’p ma’noli so’zlarni o’rgatishni ahamiayti
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI XORIJIY TILLAR FAKULTETI INGLIZ TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI 11-8CHI -20 – guruh talabasi Hoshimova Ozodaning “SINONIMLARNI KOMMUNIKATIV YONDASHUV ORQALI O’RGATISH USULLARI ” mavzusidagi KURS ISHI 5111400 –Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) Ilmiy rahbar: Abdullayeva G. Buxoro -2022 MUNDARIJA 1.CHET TILINI O’QITISHDA KO’P MA’NOLI SO’ZLARNI O'RGATISHNING AHAMIYATI.............................................................................................................3 2.SINONIM VA ULARNING O’RGATISH USULLARI.......................................8 3.KOMMUNIKATIV YONDASHUVNING MAZMUN-MOHIYATI.................13 4.KOMMUNIKATIV YONDASHUV ORQALI SINONIMLARNI O’RGATISHGA QARATILGAN MASHQLAR....................................................18 5.KOMMUNIKATIV YONDASHUVNING XUSUSIYATLARI VA AFZALLIKLARI.....................................................................................................23 XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1.Chet tilini o’qitishda ko’p ma’noli so’zlarni o’rgatishni ahamiayti Bugungi kunda xorijiy tillarni o’rganish zamon talabiga aylanmoqda. Insonlar millati, mavqei, yoshidan qat’iy nazar chet tillarini mukammal o’rganishi mumkin. Xorijiy tilni o’rganishni yoshlikdan boshlash kerak degan fikr-mulohaza bugungi kunda o’z ma’nosini yo’qotdi deb shak-shubhasiz aytishimiz mumkin. Chunki davr talabi biror tilni o’rganishda yosh tanlamaydi. Xoh kichik, xoh maktab yoshidagi bola, xoh mehnatga layoqatli inson bólsin til o’rganishda qiyinchilikk uchramaydi deya olamiz, sababi yaratilgan shart-sharoitlar, qulayliklar, maxsus kitoblar, foydalaniladigan adabiyotlar, malakali o’qituvchilar yordamida oson o’zlashtira oladilar. Qo’shimcha qilib aytishimiz mumkinki, til o’rganish kishilik jamiyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Muloqot tizimi bo’lgan tilni tabiiy muhitda, ya’ni oilada, jamoa joylarida yoki dars jarayonida egallash mumkin. O’zbekiston Respublikasida tahsil oladigan o’quvchi va talabalar odatda uch tilni o’rganadilar. “Idrokli yoshlarimizning ko’pchiligi uch til egasidir”. Ushbu tillar ta’lim nazariyasida maxsus nomlar bilan yuritiladi: ona tili, ikkinchi til va chet tili.1 Yuqorida ta’kidlanganidek, bugungi kundagi yoshlar uch tilni o’rganish muhitida o’sib, faoliyat olib boradilar. Uch til: bularning birinchisi ona tilidir. Ona tili – bu inson o’sib borar ekan uning tafakkurining rivojlanishida alohida xizmat qiladigan birinchi til hisoblanadi. Ikkinchi til haqida gapiradigan bo’lsak, unga boshqa millat vakillaridan iborat bo’lgan qardoahlar, qo’shnilar tili hisoblanadi. Chet tili – xorijiy davlatlar tilidir. Bularga G’arbuy Yevropa tillari, ya’ni ingliz, ispan, nemis, fransuz tillari, Sharq tillari bo’lgan arab, turk, urdu, fors, xitoy, hind tillari misol bo’la oladi. Bu uchala tilni inson hayoti davomida o’zlashtira oladi. Biz aytishimiz mumkinki, o’quvchi ona tilini maktab yoshiga qadar puxta egallay oladi. Bu oila a’zolari, do’stlari, yaqin qarindoshlari bilan muloqotga kirishishdan boshlandi. Inson tug’ilibdiki, u kundan kunga, oydan oyga, yildan yilga rivojlanib borar ekan bu tilni beixtiyor o’rgana oladi. Unga biror bir grammatik birlik, gap qanday tuzilishi o’rgatilmasada, o’z-o’zidan tilni qabul qila oladi. Albatta, atrofdagi insonlar bilan o’zaro muloqotga kirishdan boshlanadi. Muloqotga kirishishdan oldin inson bolaligidan eshitish orqali tilni qabul qiladi, keyinchalik eshitgan so’zlari yordamida uni ro’yobga chiqaradi, ya’ni gapirish ko’nikmasi asta-sekin rivojlanib boradi. Shu tariqa til ko’nikmalari shakllanib boradi. Chet tilida muloqot, amaliy qo’llash asosiy vazifa bajaradi. Maktab yoshigacha o’rganilgan ona til o'quvchi maktabga kelgandan keyin uning yozuv va o’qish malakalari shakllanadi va og’zaki nutq malakalari takomillashadi. Tillarning asosiy yana bir xususiyati shundan iboratki, ona tilini o’rganish jarayoni va undan olingan tajriba ikkinchi tilni o’rganishga muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ikkala tildan olingan malaka esa chet tilini o’rganishda mustahkam zamin bo’la oladi. Chet tilini o’qitishda birinchi navbatda yangi so’zlar, oddiy gaplar tuzilishi, iboralar o’rgatilib boriladi. Bu jarayon albatta osondan murakkablikka qarab olib boriladi. Biz bilamizki, lug’atlar bilan ishlash, yangi so’zlar yod olish, yodlangan so’zlarni nutqda ifodalash – bularning barchasi til o’rganishdagi birinchi bosqichdir. Bu jarayonda o’rganuvchi o’qish, tinglab tushunish, qisman o’rgangan yangi so’zlaridan sodda gaplar tuza olish mahoratlarini shakllantirib boradi. Asosan yangi so’zlarni o’rganish va nutqda tatbiq etish tilni tez orada o’rganishga zamin bo’ladi. Har qanday holatda so’z boyligini oshirish esa tildan mukammal holatda foydalanishga yordam beradi. Bu borada yangi o’rganilgan so’zlarni nutqda ko’p bora takrorlamaslikning oldini olish uchun ularning ma’nodoshi o’rganilsa, maqsadga muvofiq ko’zlangan tilni mukammal o’rganishga asosiy vazifasi bo’la oladi. Misol qilib aytganda, ma’lum bir matndagi yangi so’zlani yodlash jarayonida ularning yana boshqa bir ma’nodoshlari bilan birgalikda o’rganilsa ham so’z boyligi oshiriladi, ham nutqida so’zlarni qayta takrorlashning oldini olinadi. Til o’rganishdagi muhim bosqich sanalmish so’z boyligini oshirish har jabhada tilni mukammal va har tomonlama to’liq qamrab olib undan foydalanishga o’rin yaratadi. Shundan anglashimiz mumkinki, ma’nodosh so’zlarni o’rganish til o’rganishning asosini tashkil qila oladi deb to’laqonli aytish mumkin. Qachonki biz ikkinchi til yoki xorijiy tilni o’rganishimizda, bizdan yangi so’zlarni esda saqlash va so’z boyligini oshirish birinchi navbatda so’raladi. Bu bizga so’zlarni faqatgina tushunishimiz, yaxshi esda saqlashimizga yordam bera olib emas, balki nutqimizni yorqin, yaqqol namoyish etishga va bir xil so’zlarni har doim takrorlashning oldini olishga ham ko’mak bera oladi. Fikrimizni bayon qilish jarayonida ma’nodoah so’zlardan foydalanish bu bizning fikr yuritish kengligi, dunyoqarashning yorqinligi, so’z bilish zaxiramizning ulkanliligidan darak beradi. Agar til haqiqatdan ham bizning fikrlarimizni, qarashlarimizni shakllantirsa, jamiyatda yashovchi insonlar ishonishganidek, ko’p so’zlarni o’rganish dunyoni turli tarafdan turlicha ko’ra olishga yordam beradi. O’z navbatida aytishimiz lozimki, ma’nodosh so’zlardan foydalanish nutqimizmi chiroyliligini ta’minlaydi va mazmunan boyitadi. Biz nafaqat og’zaki nutqimizda, balki yozma nutqda ham ma’nodoah so’zlardan foydalanamiz. Ulardan foydalanish juda muhim, chunki ular yozuv sifatini oshirishga yordam beradi va o’quvchilarga matnning aniq va o’ziga xos ko’rinishini yaratib beradi.Yuqorida aytib o’tganimizdek, ma’nodosh so’zlar nutqimizni g jozibadorligini oshirishga yordam bersa, yozma ko’nikmalarning ham ifodaviyligini ta’minlab beradi.Bundan ma’lumki, ma’nodosh so’zlar ham og’zaki, ham yozma nutqni mazmunliligini oshiradi, takroriylikning oldini oladi. Agar biz og’zaki nutqimizda ko’proq bulardan foydalansak, mazmunli va jozibador so’zlar orqali yetkazib berayotgan fikrlarimiz tinglovchining diqqatini, e’tibor markazini o’zimizga to’laqonli jalb qila olamiz. Yozma nutqda ma’nodosh so’zlarning ahamiyati juda salmoqlidir. Ular quyidagilardan iborat: Matnni yanada jozibador qiladi; Siz va boshqalar o’rtasidagi muloqotni yaxshilaydi; O’quvchilarning yaxshiroq tasavvur qilishlariga yordam beradi.2 Misol uchun matnda “ chiroyli”(beautiful) so’zini bir necha marta ishlatish o’rniga uning ma’nodoshlarini qidirib, tilingizni, yozma nutqingizni yaxshilash uchun “ajoyib” yoki “hayratlanarli”, “sohibjamol”(gorgeous) so’zlaridan foydalanish mumkin. Bir so’zni qayta-qayta ishlatish tinglovchining zerikishiga va ularning e’tiborini yo’qotishga olib keladi. Lug’at boyligini oshirish uchun jurnal yoki murojaat qilinadigan yangi so’zlar ro’yxatini yuritish foydali usuldir. So’zlar to’plamini yaratish orqali ma’nodosh so’zlarning juft shaklda yozib o’rganilishi ham maqsadga muvofiq hisoblandi. Yangi ma’nodosh so’zlarni esda saqlab qolish uchun undan gapirganda va yozganda tez-tez foydalanish yaxshi samara beradi. Chet tilini o’qitishda yana bir ma’nodosh so’zlarning ahamiyati shundaki, bu parafrazalash, ya’ni qayta hikoyalashdan iboratdir. Parafrazalash bizga bir xil xabarni yetkazish uchun kamroq so’zlardan foydalangan holda uzun iqtibosni qisqartirish imkonini beradi. Bunda ma’nodosh so’zlardan foydalangan holda matnni qayta hikoya qilinadi. O’qilgan matnni yoki xabarni qayta hikoya qilish jarayonida ma’nodoah so’zlarning o’rni beqiyosdir. Chunki olingan xabar mazmuni qisqa va lo’nda tinglovchiga yetkazib beriladi. Shunday qilib ma’nodoah so’zlar parafrazalashning tub mohiyatini kasb etadi. Parafrazalash qanday amalga oshiriladi? Bunda asl fikr jamlanib, asosiy g’oya sharhlab beriladi. Takroriylikdan saqlanish uchun, albatta, ma’nodosh so’zlardan foydalanish maqsadga muvofiq holda bajariladi. O’quvchilarni so’z boyligini oshirish, fikrlash qobiliyatini shakllantirish maqsadida ko’p ma’noli so’zlardan ularning og’zaki va yozma nutqida ishlatishga o’rgatish tilni yaxshi o’zlashtirilishiga qaratilgan asosiy tamoyillardan biri hisoblanadi. Qo’shimcha sifatida aytishimiz mumkinki, o’quvchilarning yozma nutqida, ayniqsa ijodiy-yozuvida, bir xil so'zlarni bir necha bor takrorlash yozishni zerikarli yoki qiziqtirmasligi mumkin. So'zni ekvivalenti bilan almashtirish, ularning fikrlarini yanada yorqinroq aks ettirishlariga, g’oyalarining aniq yetkazib berishlariga yordam beradi. Download 168.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling