O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti ingliz tilshunosligi kafedrasi
Download 168.7 Kb.
|
Hoshimova Ozoda
Sinonim-domino Yana bir ma’nodosh so’zlarni o’rgatishga qaratilgan mashqlardan biri bu “sinonim-domino” usulidir. Bu usul ham sinonimlarni o’rgatishda samaralidir, chunki o’quvchilar dars jarayonida jismoniy mashqlarni bajarsalar foydadan xoli emasligini ko’rishimiz mumkin. Ularning mavzuni chuqurroq va mustahkam o’zlashtirishlarida harakatlar orqali (kinetik usul) o’qituvchi tomonidan olib boriladigan mashqlar o’z samarasini ko’rsatmay qolmaydi. Harakat qilishga tayangan holda o’tkaziladigan mashqlar o’quvchilarning darsga bo’lgan diqqatlarini oshirishga yordam beradi va ularning tinglab tushunish va o’qish malakalari ham rivojlantirib boriladi. Bizga ma’lumki, chet tilida sinonimlarni o’qitish jarayonida turli xil interaktiv usullardan foydalaniladi. Bu usullardan foydalanganda, dars o’quvchilar uchun juda qiziqarli va quvnoq o’tadi. Buni bajarish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:
Kichkina bo’lakchalardan iborat kartochkalar ikkiga bo’linadi. Birinchi qismiga “start” yozuvi yoziladi. Ikkinchi qismiga esa, o’z sinonimiga ega bo’lgan so’z yoziladi. Ikkinchi kartochkaning birinchi qismiga o’sha so’zning sinonimi yoziladi. Ikkinchi qismiga esa, yana o’zining ma’nodoshiga ega bo’lgan so'zlar yoziladi.4 Bularning soni o’quvchilarning sonini hisobga olgan holda teng raqsimlanadi. Masalan: “start”- beautiful, gorgeous – important, essential – present, demonstrate – interesting, intriguing – wonderful, great – “finish”. Tayyor bo’lgan dominolar o’quvchilarga aralash tarzda tarqatiladi. Birinchi bo’lib “start” yozuvi bo’lgan o’quvchi mashqni boshlab berib, yozilgan so’zni o’qiydi va bir safda turadi. O’qilgan so’zning sinonimi topiladi. Qaysi o’quvchi topsa, safda ikkinchi bo’lib turadi va zanjir tizimini hosil qilinadi. Yana kartochkalarning ikkinchi qismida yozilgan so’zni keyingi o'quvchi o’qiydi, sinonimi topiladi. Shu tariqa o’yin davom ettirib boriladi. Sinonimlarni o’rgatishga qaratilgan yuqoridagi turli-tuman mashqlar o’z xususiyatlarini inobatga oladigan bo’lsak, o’quvchilar uchun qiziqarlidir. Bunday sinalgan mashqlardan foydalanish, darsni chuqur o’zlashtirilishiga va yaxshi mustahkamlanishiga yordam beradi. Sinonim – bu lug’at boyligi hamdir. Maktab yoshidagi o’quvchilarga qancha ko'p ko’lamda sinonimlar o'rgatilsa, shuncha so’z boyligi oshiriladi. Ham og’zaki, ham yozma nutqni ravonliligini ta’minlaydi. Og’zaki nutqda sinonimlar ishlatilsa, uning mazmundorliligi oshadi, takroriylikni oldini oladi. Bundan tashqari, yozma nutqda sinonimlardan foydalanish uning ko’rkamliligini namoyon etadi.5 Har bir til asosan o‘z lug‘at boyligi va grammatik qurilishi asosida o‘z taraqqiyot qonunlari bo‘yicha o‘sib, takomillashib boradi. Bundan tashqari,bir necha xalqlar orasidagi iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqalar natijasida bir til qurilishiga xos birliklar (asosan lug‘aviy birliklar, qismangina fonetik va grammatik birliklar) ikkinchi tilga o‘tadi, shu tilga singib, uning boyligiga aylanadi. Nutqning go‘zalligi va xilma-xilligi – kuchli qurol. Biz nutq orqali ta'sir ko‘rsatish, boshqarish va yo‘naltirishga qodirmiz. Aniq gapirish, noodatiy iboralarni qo‘llay olish kishilarda doimo taassurot uyg‘otadi. Ma’nodosh so’zlarning nutqdagi o’rni beqiyos ahamiyat kasb etadi. Dunyodagi barcha tillarning asosini so’z tashkil etadi. Shuningdek insonlarning nutqi ham aynan shu so’zlarning qo’llanilishiga bog’liq. Nutqimizning ravon bo’lishi va nutqimizda aks ettirgan so’zlarimizning takrorlanmasligi uchun so’z boyligimiz ko’p bo’lishi va sinonim so’zlarni qo’llashimizga bog’liq desak mubolag’a bo’lmaydi. Download 168.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling