O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti umumiy psixologiya


O‘smirlarning intellektual rivojlanishi


Download 0.65 Mb.
bet21/54
Sana11.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1190255
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54
Bog'liq
maruza matni

O‘smirlarning intellektual rivojlanishi
O‘smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so‘z boyligining oshishi hisobiga bo‘lsa, ikkinchi tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea va hodisalarning mazmun mohiyatini anglashlari hisobiga bo‘ladi. Bu davrda o‘smir til yordamida atrof-borliqni aks ettirilishi bilan bir qatorda inson dunyoqarashini ham belgilab berish mumkinligini his qila boshlaydi. Aynan o‘smirlik davridan boshlab, inson aynan nutq bilish jarayonlarining rivojlanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi. O‘smirni ko‘pincha muomalada so‘zlarni ishlatish koidalari - «Qanday qilib to‘g‘ri yozish kerak?», «qanday qilib yaxshiroq aytish mumkin?» kabi savollar juda qiziqtiradi. O‘smirlar maktabdagi o‘qituvchilar, kattalar, ota-onalar nutqidagi kamchiliklariga, kitob, gazeta, radio va televidenie diktorlari xatolariga tez e’tibor beradilar. Bu holat o‘smirning bir tomondan o‘z nutqini nazorat etishga o‘rgatsa, ikkinchi tomondan kattalar ham nutq koidalarini buzishlari mumkinligini bilishlariga va o‘zida mavjud xatoliklarni birmuncha barham toptirishlariga olib keladi.
O‘smir so‘zlarning kelib chiqish tarixiga, ularning aniq mazmuni va mohiyatiga juda qiziqadi. U endi o‘z nutqida yosh bola singari emas, balki katta odamlardan so‘zlarni tanlashga harakat qiladi. nutq madaniyatini egallash borasida o‘smir uchun o‘qituvchi, albatta, namuna bo‘lishi shartdir. Aynan maktab ta’limi o‘smir bilish jarayonlarini rivojlanish yo‘nalishini sifat jihatidan o‘zgarishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq ham ogzaki, ham yozma mavjud bo‘lishi bilan ham kuchli vosita hisoblanadi. Maktabdagi o‘quv jarayonlarining to‘g‘ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bilan o‘smir nutqining to‘g‘ri rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Nutqni o‘zlashtirishga harakat bu o‘smirning muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirishishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi.
O‘smirlik davrida o‘qish va yozma monologik nutq jadal rivojlanadi. 5-sinfdan boshlab to 9-sinfgacha o‘qish to‘g‘ri, tez va ifodali bo‘lish darajasidan, yoddan ifodali, ta’sirli aytib bera olish darajasigacha kutariladi. Monologik nutq, esa asardagi kichik bir parchani qayta so‘zlab berishdan, mustaqil ravishda nutq va chiqishlar tayyorlash, og‘zaki - mulohaza yuritish, fikr bildirish va ularni asoslab berishgacha o‘zgaradi. Yozma nutq ham yaxshilangan holda o‘smirlar endi ularga berilgan erkin mavzu bo‘yicha mustaqil holda insho yoza oladilar. O‘smirlarning nutqi tula tafakkur bilan bog‘liq holatida amalga oshiriladi. 5-6 sinflardagi o‘quvchilar og‘zaki va yozma matn uchun reja tuzib, unga amal. qila oladalar.
O‘smirlik davrida nazariy tafakkur yukori ahamiyatga ega bo‘la boshlaydi. Chunki bu davrdagi o‘quvchilar atrof-olamdagi bog‘lanishlar mazmunini yukori darajada bilishga harakat qiladilar. Bu davrda o‘smirning bilishga bo‘lgan qiziqishida progress sodir bo‘ladi. Ilmiy nazariy bilimlarning egallab olinishi tafakkurning rivojlanishiga olib keladi. Buning ta’sirida isbot, dalillar bilan fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Unda deduktiv xulosalar chiqarishga qobiliyat paydo bo‘ladi. Maktabda o‘qitiladigan fanlar o‘smir uchun o‘z taxminlarini yuzaga keltirish yoki tekshirish uchun sharoit bo‘lib xizmat qiladi.
11-12 yoshdan boshlab o‘smir endi mantiqiy fikrlab harakat qila boshlaydi. O‘smir bu yoshda xuddi kattalar singari keng qamrovli tahlil etishni o‘rgana boshlaydi. O‘smir tafakkurning nazariy darajaga qanchalik tez ko‘tarila olishi, o‘quv materiallarini tez va chuqur egallashi uning intellektini ham rivojlanishini belgilab beradi. O‘smirlik davri yukrri darajadagi intellektual faollik bilan farqlanadi. Bu faollik o‘ta qiziquvchanlik hamda atrofdagilarga o‘z layoqatlarini namoyish etish, shuningdek, ulardan yukori baxo olish ehtiyojining mavjudligi bilan belgilanadi. O‘smirning kattalarga beradigan savollari mazmunli, mulohazali va aynan usha masala doirasida bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar turli farazlarni keltira oladilar, taxminiy fikr yuritib, tadqiqot o‘tkaza oladilar hamda ma’lum bir masala bo‘yicha mukobil variantlarni taqqoslay oladilar. O‘smir tafakkuri ko‘pincha umumlashtirishga moyil bo‘ladi. Respublikamizning bozor iktisodiyoti sharoitiga o‘tishida kishilardagi amaliy tafakkurning ahamiyati oshmoqda. Amaliy tafakkur tizimiga quyidagi aqliy sifatlar kiradi:
- tadbirkorlik, tejamkorlik, hisob-kitoblik, yuzaga kelgan muammolarni tez echa olishlik va boshqalar.
Ko‘rsatilgan barcha sifatlar mavjud bo‘lgan takdirdagina amaliy tafakkurini rivojlangan deb hisoblash mumkin. Bu sifatlarni 1-sinfdanoq rivojlantira borish nihoyatda muhim. O‘smirlik davrida ishbilarmonlik sifatini o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarishni yo‘lga quyishi, umumiy foydali tadbirkorlik ishlarida ishtirok etishi orqali rivojlantirish mumkin. Bu borada o‘quvchi ijrochi rolida emas, balki boshqaruvchi, mustaqil yo‘l tanlovchi va tadbirkorlik munosabatlarida o‘zi ishtirokchi bo‘lgan taqdirdagina rivojlanish amalga oshishi mumkin. Bu yoshda tadbirkorlikni rivojlantirishda ko‘proq mustaqillikning berilishi o‘smir amaliy tafakkurining rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘smir yoshdagi bolalarda tejamkorlikni rivojlantirish aqlning boshqa sifatlariga nisbatan osonrok kechadi, buni ko‘proq ularni qiziqtiradigan narsalarga mustaqil ravishda hisob-kitob qilib borishga yo‘llash orqali amalga oshirish mumkin. O‘smirlarda yuzaga kelgan muammolarni tez va operativ holda echish malakasini shakllantirish birmuncha qiyinroq kechadi. Albatta, bu bolaning temperamentiga ham bog‘liq. Barcha o‘smirlarni ham tez yo‘llab, tez harakat qilishga o‘rgatish mushkul, lekin ularni biror muammo yuzaga kelishi bilan orqaga chekinmay, zudlik bilan echishning umumiy koidalariga o‘rgatib borish mumkin. O‘smirlik davrida intellektning yuqori darajada rivojlangan bo‘lishi qimmatli va obro‘li hisoblanadi. O‘smir shaxsida va uning bilishga qiziqishidagi o‘zgarishlar o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Ixtiyoriy psixik jarayonlariing rivojlanishi o‘smirdagi shakllanib kelayotgan shaxs mustaqilligiga tayanadi, o‘zining shaxsiy xususiyatlarini anglash va shakllantirish imkoniyatlari esa undagi tafakkurni rivojlanishi bilan belgilanadi.
O‘smirlik davrida diqqat, xotira, tasavvur to‘la mustaqillik kasb etib, endi ularni o‘z ifodasiga ko‘ra boshqara oladigan bo‘ladi. Bu davrda qaysi etakchi funksiya (diqqatmi, xotirami yoki tasavvur) ustunlik qilayotgani yaqqol namoyon bo‘lib, har bir o‘smir o‘zi uchun ahamiyatliroq bo‘lgan funksiyani e’tiborga olish imkoniyatita ega bo‘ladi. Ushbu funksiyalarning rivojlanish xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz:
Diqqat. Agar kichik maktab davrida ixtiyorsiz diqqat ustunlik kilsa, o‘smirlik davrida bola o‘z diqqatini o‘zi boshqara oladi. Dars davomida intizomning buzilishi aksariyat xollarda o‘quvchilar diqqatsizligidan emas, balki ijtimoiy sabablar bilan belgilanadi. O‘smir o‘z diqqatini to‘la ravishda o‘zi uchun ahamiyatli bo‘lgan va yukori natijalarga erishishi mumkin bo‘lgan faoliyatlarga qarata oladi. O‘smirning diqqati yaxshi boshqariladigan va nazorat etiladigan darajada rivojlangan bo‘lishi mumkin. Bolaning rivojlanayotgan ixtiyoriy diqqati o‘qituvchi tomonidan doimo qo‘llab-quvvatlanishi juda zarurdir. Pedagogik jarayonda ixtiyorsiz diqqatni ixtiyoriy diqqat darajasiga kutarish uchun bir qancha uslublar ishlab chikilgan. Shuningdek, o‘smirning dars jarayonida o‘z tengdoshlari orasida o‘zini ko‘rsatishi uchun sharoitni yaratilishi ham o‘smirdagi diqqatni ixtiyorsizdan ixtiyoriyga ailanishida zamin bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Lekin, o‘smirlik davrida juda qattiq charchash holatlari ham bo‘ladi. Aynan 13–14 hamda 16 yoshlarda charchash chizigi keskin ko‘tariladi. Bunday holatlarda o‘smir atrofdagi narsa va voqealarga to‘liq diqqatini qarata olmaydi, o‘smirlik erishish va yo‘qotish bo‘yicha to‘la qarama-qarshi bo‘lgan davr hisoblanadi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling