O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti umumiy psixologiya


-Mavzu. Katta guruhlar psixologiyasi


Download 0.65 Mb.
bet39/54
Sana11.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1190255
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54
Bog'liq
maruza matni

12-Mavzu. Katta guruhlar psixologiyasi
-Reja:

  1. Katta ijtimoiy guruh psixologiyasi mazmuni va tarkibiy tuzilishi.

  2. Yetnik guruhlarning psixologik xususiyatlari.

  3. Stixiyali guruhlar, ommaviy harakatlar va yoshlaming ulardagi ishtiroki.

  4. Ommaviy psixologik hodisalar haqida tushuncha va ilmiy tasawur hosil qilish.

Katta guruhlar. Bu umumiy fazo va makonda mavjud bo‘lgan ko‘p sonli kishilar uyushmasidir. Bunday katta guruhlarga korhonaning mehnat jamoasini, maktab pedagogik jamoasini misol qilish mumkin. Biroq, bu jamoadagi kishilar, masalan, ko‘pchilik o‘qituvchilar bir-birlari bilan bevosita o‘zaro aloqalarda bo‘lmasligi ham mumkin, lekin shu bilan bir vaqtda ularning barchasi ayni bir rahbarga bo‘ysunadi, bitta kasaba uyushmasi a’zosi hisoblanadi hamda maktab ichki hayotining barcha qoidalariga amal qiladi.

Insonning o‘zini qurshab turgan olam bilan o‘zaro birgalikdagi harakati odamlar o‘rtasida ularning ijtimoiy hayoti va eng avvalo, ishlab chiqarish faoliyati jarayonida tarkib topadigan ob’ektiv munosabatlar sistemasida yuz beradi. Ob’ektiv munosabatlar va aloqalar (bog‘langanlik, bo‘ysunganlik, hamkorlik, o‘zaro yordam munosabatlari va boshqalar) har qanday real guruhda muqarrar va qonuniyatli tarzda yuzaga keladi. Guruh a’zolari o‘rtasidagi ushbu o‘zaro ob’ektiv munosabatlarining in’ikosi shaxslararo sub’ektiv munosabatlardirki, ularni o‘rganish bilan social psixologiya shug‘ullanadi.


Munosabat odamlar o‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chikadigan boglanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir.
Munosabatning ikkinchi jihati - munosabatga kirishuvchilarning o‘zaro birgalikdagi harakati - nutq jarayonida faqat so‘zlar bilan emas, balki harakatlar, hatti - harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Do‘kon kassasi oldida hisob kitobni amalga oshirarkan, haridor bilan sotuvchi hatto ulardan birortasi hech qanday so‘z ishlatishmasa ham o‘zaro munosabatga kirishadi; haridor kassirga harid qilingan narsa uchun tovar cheki va pul taqcim eca, sotuvchi chek urib, qaytimini sanab beradi.
Nihoyat, munosabatlarning uchinchi jihati munosabatga kirishuvchiparning bir - birlarini idrok eta olishlarini taqozo qilishidir. Masalan, munosabat bo‘yicha sheriklardan biri boshqasini ishonsa bo‘ladigan, aqlli, tushunadigan, tayyorgarlik ko‘rgan kishi sifatida idrok etishi yo idrok etmasligi, balki oldindanoq u hech narsani tushunmaydi va habar qilingan narsaning fahmiga etmaydi, deb hisoblashi juda muhimdir.
Shunday qilib, yagona munosabat jarayonida shartli ravishda uchta jihatdan - kommunikativ (ahborot uzatish), interaktiv (o‘zaro birgalikda harakat qilish) va perceptiv (o‘zaro birgalikda idrok etish ) jihatlarini alohida ko‘rsatish mumkin.
Munosabatning birgalikdagi faoliyat bilan aloqasi aniq-ravshandir. Lekin shunday savol tug‘iladi: munosabat birgalikdagi faoliyatining bir qismi, tomoni, jihati hisoblanadimi yoki munosabat va faoliyat ikkita mustaqil to‘laqonli jarayonmi?
Kishi birgalikda faoliyat ko‘rsatayotganda zaruriyatga ko‘ra boshqa odamlar bilan birlashishi, ular bilan muomalaga kirishishi, ya’ni aloqa o‘rnatishi, o‘zaro hamjihatlikka erishishi, kerakli ahborot olishi va javob tariqasida ahborot berishi lozim va hokazo. Bu o‘rinda munosabat faoliyatning bir tomoni, bir qismi, uning eng muhim informativ jihati, kommunikasiya (birinchi turdagi munosabat) sifatida namoyon bo‘ladi.
Lekin odam kommunikasiya sifatida munosabatni o‘z tarkibiga olgan faoliyat jarayonida biron narsa yaratib (asbob yaratib, fikr bildirib, hisoblar qilib, mashinani tuzatib va shu kabilarni amalga oshirib), shu bilangina cheklanib qolmaydi: u yaratgan buyum orqali o‘zining xususiyatlarini, o‘zining induvidualligini boshqa odamlarga «uzatadi», o‘zini boshqa odamlarda (Shu jumladan, faoliyat maqsadiga erishish uchun u aloqa bog‘laydigan odamlarda ham va hatto «o‘zga odam» sifatida o‘zida ham) davom ettiradi.
Yaratilgan narsa (qurilgan bino, aniq she’riy satr, o‘tkazilgan daraht, yaratilgan yoki ijro etilgan qo‘shiq)- bu, tomondan faoliyat mazmuni bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa vosita sifatida namoyon bo‘ladiki, kishi uning yordami bilan ijtimoiy hayotda o‘zini qaror toptiradi. Negaki, bu narsa boshqa odamlar uchun yaratilgandir. Shu narsa orqali odamlar o‘rtasidagi munosabat bevosita o‘zini aksini topadi, ijod qilayotganlarga va bajarayotganlarga ham, iste’mol qilayotganlarga va o‘zlashtirayotganlarga ham bab-barobar tegishli bo‘lgan umumiy narsani ishlab chiqarish tariqasidagi munosabat hosil bo‘ladi.
Munosabatning o‘zaro birgalikda harakat qilishi va faoliyat ko‘rsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan umumiy narsa avvalo munosabat vositasi sifatidagi gashgdan iborat ekanligini bildiradi. Til munosabatga kirishuvchilar o‘rtasida aloqa bog‘lanishini ta’minlaydi. Negaki, uni bu maqsad uchun tanlangan so‘zlar mohiyatiga ko‘ra kodlashtirgan holda ahborotni ma’lum qilayotgan kishi ham, bu mohiyatning kodini ochgan, ya’ni uning ma’nosini oshkor etgan va ana shu ahborot asosida o‘z hulq-atvorini o‘zgartirgan holda bu ahborotni qabul qilayotgan kishi ham tushunadi.
Ahborotni boshqa kishiga yo‘llayotgan kishi va uni qabul qilayotgan kishi munosabat va birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va kodini ochishning bitta yagona sistemasidan foydalanishlari, ya’ni bitta tilda so‘zlashishlari kerak. Agar kommunikator va recipient kodlashtirishning turli xil sistemalarini qo‘llaydigan bo‘lsalar, bu holda ular o‘zaro hamjihatlikka va birgalikdagi faoliyat borasida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. Vaviloniya minorasi ko‘rilayotgan paytida ko‘ruvchilar kutilmaganda «aralash-quralash tilda» gaplasha boshlaganliklari oqibatida uning ag‘darilib tushganligi haqida Injilda keltirilgan afsona kodlashtirish va kodlarni ochish jarayonlarini bir-biriga bog‘lash chog‘ida o‘zaro birgalikda harakat qilinmasligini aks ettiradi. Negaki, turli hil tillarda so‘zlashadigan kishilar bir-birlari bilan murosaga kela olmaydilar, bu esa birgalikdagi harakatning amalga oshirilishini amri mahol qilib qo‘yadi. Qo‘llaniladigan belgilar zamiridagi mohiyat munosabatda ishtirok etayotgan shaxslarga tanish bo‘lgan taqdirdagina ahborot ayirboshlash mumkin bo‘ladi.
Harakter shakllanishida kishining jamiyatga va insonlarga munosabati hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Inson harakteri jamoadan tashqarida, do‘stlik, muhabbat va boshqalarsiz to‘la namoyon bo‘lishi mumkin emas.
Kishining boshqa insonlar bilan o‘zaro munosabati uning faoliyatga munosabatida - faollik kuchayishi, taranglik, ihtirochilik, yoki aksincha, og‘ir-vazminlik, tashabbussizlik orqali hal qiluvchi ahamiyatni namoyon etadi. Boshqa kishilar va faoliyatga munosabat o‘z navbatida kishining o‘z faoliyatiga, o‘z-o‘ziga munosabatini shartlaydi. Boshqa insonga nisbatan to‘g‘ri, baholovchi munosabat o‘z-o‘zini to‘g‘ri baholashning asosiy shartidir.
Boshqa kishilarga munosabat nafaqat harakterning muhim qismi, balki shaxs ongi shakllanishining asosini tashkil etadi.
Faoliyat o‘zgarganda bu faoliyatning nafaqat predmeti, metodi va operasiyalari, balki shu bilan birga kishining o‘z-o‘ziga nisbatan munosabati ham qayta quriladi.
Mohiyat - belgining tevarak-atrofdagi voqelikni bilishni ifoda etadigan qism sifatidagi mazmunga ega bo‘lgan jihatidir. Qurol odamlarning mehnat faoliyatini ifodalagani singari, belgilar ham ularning bilish faoliyati va munosabatini namoyon qiladi.
So‘zlar belgilari sistemasi hayot kechirish, ijtimoiy-tarihiy tajribani o‘zlashtirish va uzatish vositasi sifatidagi tilni tarkib toptiradi.
Til yordamida munosabatga kirishish tufayli borliqning alohida bir kishining miyasidagi in’ikosi boshqa odamlarning miyasida aks etayotgani yoki aks etgani bilan doimiy ravishda to‘ldirilib turadi - o‘y-fikrlarni ayirboshlash, ahborot uzatish ro‘y beradi.
Nutq - og‘zaki kommunikaciya, ya’ni til yordamida munosabat qilish jarayoni demakdir. Ijtimoiy tajribada biron-bir mohiyatni anglatadigan so‘zlar og‘zaki kommunikasiya vositasi hisoblanadi. So‘zlar eshittirib yo ovoz chiqarmasdan aytilishi, yozib qo‘yilishi, yoki kar-soqov kishilarda biron-bir mohiyatga ega bo‘lgan imo-ishoralar bilan almashtirilishi mumkin.
Quyidagi nutq turlari farq qilinadi: yozma va ogzaki nutc. Uz navbatida og‘zaki nutq dialogik va monologik nutqlarga ajratiladi. Og‘zaki nutqning eng sodda turi dialog, ya’ni allaqanday masalalarni birgalikda muhokama qilayotgan va hal etilayotgan hamsuhbatlar tomonidan olib boriladigan suhbat hisoblanadi. Gapirishayotganlarning bir-birlariga luqmalari, suhbatdoshidan keyin iboralarni va ayrim so‘zlarni takrorlash, savollar berish, qo‘shimchalar qo‘shish, izoh berish, faqat so‘zlashayotganlar tushunadigan sha’malar qilish, turli hil yordamchi so‘zlar va undovlar so‘zlashuv nutqi uchun hos xususiyatdir. Bu nutqning o‘ziga hos xususiyatlari ko‘p jihatdan hamsuhbatlarning hamjihatligi darajasiga, ularning o‘zaro munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. Aksariyat hamma joyda ham pedagog oilaviy muhitdagi dialogni hech qachon sinfda o‘quvchilar bilan munosabatda bo‘lgani kabi olib bormaydi. So‘zlashuv chog‘ida hissiy hayajonlanish darajasi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Iymangan, hayratlangan, quvongan, qo‘rqqan jahli chiqqan kishi hsotirjam holatidagi kabi gapirmaydi, o‘zgacha ohangdagina gapirib qolmasdan, balki ko‘pincha boshqa so‘zlarni, iboralarni ishlatadi.
Og‘zaki nutqning ikkinchi bir turi monolog nutq bo‘lib, uni bitta kishi boshqasiga yoki uni tinglayotgan ko‘plab kishilarga qarata gapiradi: bunga o‘qituvchining hikoyasi, o‘quvchining kengaytirilgan javobi, doklad va shu kabilar kiradi.
Odamlar munosabatga kirisharkan, ya’ni biron kimsaga savol, iltimos, buyruq bilan murojdat qilarkan, biron narsani tushuntirarkan yoki ta’riflarkan, boshqa bir kishiga ta’sir o‘tkazishni, undan o‘zi hohlagandek javob olishni, topshirig‘ining ijro etilishini, shu paytga qadar tushunmaganini tushunib etishni zarurat tarzida o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Munosabat maqsadlari odamlarning birgalikdagi faoliyati ehtiyojlarini aks ettiradi.
Birgalikdagi faoliyat va munosabat ijtimoiy qoidalar - odamlarning birgalikdagi harakati va o‘zaro munosabatlarini qat’iyan belgilab qo‘yadigan hamda jamiyatda udum bo‘lgan hulq-atvor namunalari asosida amalga oshiriladigan sosial nazorat sharoitida yuz beradi.
Jamiyat ijtimoiy qoidalar sifatida qabul qilgan, ma’qul topadigan, udumga aylangan va tegishli vaziyatda turgan har bir kishidan bajarilishini kutayotgan namunalarning o‘ziga hos sistemasini yaratadi. Ularning bo‘zilishi qoidadan chetga chiqadiganlarning hulq-atvori to‘g‘rilanishini ta’minlaydigan social nazorat mehanizmlarini o‘z ichiga oladi. Qoidalarning mavjudligi va qabul qilinishi haqida biron kishining barcha boshqa odamlar hulq-atvoridan farq qiluvchi hatti-harakatiga atrofdagilarning bir hilda munosabat bildirishi dalolat beradi. Ijtimoiy qoidalar doirasi behad darajada kengdirki, ular mehnat intizomi, harbiy burch va vatanparvarlik talablariga javob beradigan hulq-atvor namunalaridan to odoblilik qoidalariga qadar hammasini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy qoidaga mos keladigan hulq-atvorga po‘lat erituvchining o‘z ish joyidagi eng yuqori unumga erishuvi ham, birinchi sinf o‘quvchisining o‘qituvchi sinfga kirib kelishi bilan o‘rnidan turishga odatlangan qoidasining bajarilishi ham kiradi.
Shunday qilib, o‘zaro birgalikda harakat qilayotgan odamlar hulq-atvorining bir-birlaridan kutgan tahminlariga mosligi munosabat jarayonida muvaffaqiyatga erishishning zarur sharti hisoblanadi. Munosabatga kirisharkan, har bir kishi o‘zi bilan munosabatga kirishayotgan odamlarning hulq-atvori, so‘zlari va , hatti-harakatlari ko‘proq yoki ozroq darajada muayyan bir tarzda bo‘lishini kutadi. Kishining boshqalardan eshitishga yoki ularda ko‘rishga tayyor bo‘lgan narsani ulardan kutish mumkinligini behato va aniq tahmin qilish qobiliyati va malakasi odob deyiladi.
Bundan odobli kishi har doim va barcha hollarda bunday ehtimolga amal qilaverishi kerak, degan ma’no kelib chiqmaydi, albatta. Bordi-yu, sub’ektning prinsiplari va e’tiqodi uning nazarida atrofdagilar undan kutishayotganiga nisbatan keskin ravishda zid bo‘lgan vaziyat vujudga kelgudek bo‘lsa, u prinsipiallik ko‘rsatib, o‘z hulq-atvorining odobga qay darajada to‘g‘ri kelish-kelmasligi haqida qayg‘urib o‘tirmasligi ham mumkin.
Shaxs ijtimoiy mavjudot. U o‘zining hayoti davomida boshqa kishilar bilan bevosita muloqotda bo‘ladi va bu orqali o‘zining ijtimoiy mohiyatini amalga oshiradi. Bunday muloqot turli hil guruhlarda ro‘y beradi. Guruhlar bir necha asos bo‘yicha tasniflanishi mumkin. Bular:
1. Uzaro munosabatlarning yaqinligi va chuqurligiga qarab kichik va katta guruhlar farqlanadi.
2. To‘zilish tamoyili va usuli bo‘yicha - shartli, real, rasmiy va norasmiy guruhlar mavjud.
3. Shaxsning guruh normalariga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra referent guruhlar farqlanadi.
Bu guruhlar bilan tanishib chiqamiz.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling