O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti umumiy psixologiya


-Mavzu. Kichik guruhlar psixologiyasi


Download 0.65 Mb.
bet36/54
Sana11.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1190255
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54
Bog'liq
maruza matni

11-Mavzu. Kichik guruhlar psixologiyasi
Reja:

  1. Guruhning shakllanishi, guruhdagi ijtimoiy-psixologik muhit,

  2. Guruhlarda rahbarlik va liderlik, boshqaruv uslublari,

  3. O‘quv guruhida ijtimoiy mavqe muammosi,

  4. Pedagogik jamoaning ijtimoiy psixologik xususiyatlari haqida tushuncha va ilmiy tasavvur hosil qilish.

Kichik guruh - nisbatan barqaror, tarkibi jihatidan a’zosi unchalik ko‘p bo‘lmagan, umumiy maqsad bilan bog‘langan kyshilarning birlashmasi. Bunda kichik guruh a’zolari o‘rtasida bevosita aloqalar o‘rnatiladi va amalga oshiriladi. Bu guruhda umumiy maqsad mavjud bo‘lib, uning a’zolari bu maqsadga erishish yo‘lida o‘zlarining barcha kuchlarini safarbar etadilar. Kichik guruhga kiruvchi kishilar bir-birlarini shaxsan biladilar va guruh oldida turgan vazifalarni hal qilish uchun bir-birlari bilan muloqotda bo‘ladilar. Kichik guruh a’zolari soni 2 tadan kam, 40 tadan ko‘p bo‘lmasliklari lozim.
Oila, ishlab chiqarish brisadasi, samolyot yoki kosmik kema ekipaji, o‘quvchilar sinfi kichik guruh sifatida qaralishi mumkin. Ba’zi kichik, guruh ichida birlamchi guruhlar mavjud bo‘lishi mumkin. Bunday guruh unchalik katta bulmay, uning a’zolari 2-7 kishini tashkil etadi. Uning a’zolari kichik guruhning a’zolari bo‘lish bilan birga, mustaqil uyushma bo‘lishi mumkin.
Shartli guruh - faqatgina nom jihatdan mavjud bo‘lgan kishilarning uyushmasidir. Shartli guruhga kiruvchi kishilar bir-birlari bilan hech vaqt uchrashmasliklari ham mumkin, lekin shu bilan birga guruhga ajratish bo‘yicha umumiy, ijtimoiy va psixologik xususiyatlarga ega bo‘ladi. Masalan, o‘smirlar mamlakatimizning qaysi shahar va qishlog‘ida yashashidan, hech qachon bir erga to‘planmasliklaridan qat’iy nazar, shartli guruhga birlashtirilishi mumkin.
Real guruh - haqiqatan mavjud bo‘lgan kishilarning uyushmasidir. Bu guruhdagi kishilar real aloqa va munosabatlar, maqsad va vazifalar bilan o‘zaro bog‘langan bo‘ladilar. Real guruh qisqa davomida yoki uzoq muddat davomida mavjud bo‘lishi, son jihatdan ko‘p yoki oz bo‘lishi ham mumkin.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling