O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti umumiy psixologiya


Download 0.65 Mb.
bet46/54
Sana11.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1190255
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54
Bog'liq
maruza matni

Birinchidan, inson u yoki bu alokalar tizimiga binoan biologik maxsuli «Homo Sapiens» sifatida urganiladi.
Ikkinchidan, tarixiy jarayonning xam ob’ekti, xam sub’ekti tarikasida shaxs tadkik etiladi.
Uchinchidan, individ muayyan kulamda uzgaruvchan, taraqqiyotning genetik dasturiga asoslanuvchi aloxida xususiyatli jonzot tarzida ilmiy jixatdan tekshiriladi. Insonni jamiyat ishlab chikarishining etakchi tarkibi, bilish, kommunikatsiya va boshkaruv sub’ekti, tarbiya predmeti sifatida tadkik etilishi muhim axamiyatga ega. Inson va uning borlik bilan kup kirrali munosabatga xamda alokaga kirishishi kuyidagi tarzda namoyon bulishi mumkin:
- tabiatning biotik va abiotik omillari - inson;
- jamiyat va umumtarixiy taraqqiyoti - inson;
- inson - texnika;
- inson - madaniyat;
- inson va jamiyat - er va fazo.
XXIasrda xam odam individ, shaxs, sub’ekt, komil inson sifatida talkin kilinishda davom ettiriladi, lekin xar bir tushuncha moxiyatida sifat uzgarishlari yuz berishi mumkin.
Odamga individ sifatida tavsif berishda uning yosh davri, jinsiy va individual-tipologik xususiyatlariga asoslaniladi. Yosh davr sifatlari ontogenetik evolyusiya boskichlarida izchil ravishda namoyon bo‘ladi va takomillashuv jarayonida uz ifodasini topadi jinsiy dimorfizm xususiyati esa ularga mos tushadi. Individning individual-tipologik xususiyatiga konstitutsion (tana tuzilishi, bioximik individuallik) xolatlar, simmetriya va assimetriya juft retseptorlari, effektorlari funksiyasi kiradi. Bu xususiyatlar va xossalar birlamchi xisoblanib, xujayra va molekulir tuzilishning barcha darajalarida ishtirok etadi.
Yosh, jinsiy va individual tipoloshk xususiyatlar sensor, mnemik, verbal va mantik psixofiziologik funksiyalari dinamikasi xamda organik extiyojlar tuzilishini aniklaydi. Individning bu xususiyatlarini ikkilamchi deb atab, ularning integratsiyasi temperamentida va tutma mayllarda ifodalanilishini ta’kidlab o‘tish joiz. Yukoridagi sifatlar rivojining muhim shakli ontogenetik evolyusiyadan iborat bo‘lib, ular filogenetik dasturga asoslanib xukm suradi. Yosh va individual uzgaruvchanlik insoniyatning ijgamoiy-tarixiy taraqqiyoti ta’siri ostida xar xil kurinishda namoyon bo‘ladi. Individning dinamik xususiyatlariga shaxsning ijtimoiy sifatlari ta’sir etib, uning individual uzgaruvchanligi omilini kuchaytiradi.
Insonning shaxs sifatida tavsiflashning muhim laxzasi, uning dinamik xususiyatlari xisoblanib, jamiyatdagi statusi (iktisodiy, siyosiy, xukukiy, mafkuraviy, ya’ni uning jamiyatda egallagan urni) orkali ifodalanadi. Status negizida doimiy uzaro alokalar tizimi yotadi. Rolning ijtimoiy funksiyasi muayyan maqsadlarga va kadriyatlarga yunalganlik shaxsni faollashtiradi. Status, rol, kadriyatga yunalganlik shaxs xususiyatlarining birlamchilarini tashkil etadi va uning tuzilishida asos bo‘lib xizmat kiladi. Shaxsning ta’rifi xulk motivatsiyasi xususiyati va ijtimoiy fe’l-atvor tuzilishini belgilab, uning tarkibidan ikkilamchi alomatlar sifatida joy egallaydi. Shaxsning birlamchi va ikkilamchi sifatlarining uzaro ta’sirini birlashtiruvchi yuksak samara tarzida inson xarakteri va mayllari yuzaga keladi. Insonning shaxs xislatlarini rivojlantiruvchi asosiy shakl - uning jamiyatdagi xayot yuli va ijtamoiy tarjimai xoli xisoblanadi.
Individ, shaxs va sub’ekt taraqqiyotining tadqiqotida kuyidagi xolatlarga e’tibor kilishi zarur:
- inson rivojining asosi xisoblangan omiglar va shartsharoitlar (ijtimoiy, iktisodiy, siyosiy, xukukyy, mafkuraviy, pedagogik va yashash muxiti omillari);
- insoning uziga taallukli, asosiy tavsiflar, uning ichki konuniyatlari, mexanizmlari, evolyusiya boskichi, barkarorlashuvi va involyusiya;
- inson yaxlit tuzilishning asosiy tarkiblari, ularning uzaro alokalari, shaxsning tashki ta’sirlarga javobi va munosabati, taraqqiyot jarayonida ularning takomillashuvi kabilar,
Uch xil xususiyatli tadqiqot dasturining tarkibiy kismlari insonning amaliy va nazariy faoliyatining mezonlari xisoblanadi. Chunki, faoliyatda yashash muxiti tarixiy tajribani egallash interiorizatsiya va eksteriorizatsiya amalga oshadi.
Odamning maqsadga karatilgan ijtimoiy foydali faoliyati protsessida xayotiy deb ataladigan mexanizmlari va ongli faoliyatining funksional sistemasi protsesslari yuzaga keladi. Ana shular tufayli odam bilimlarni, Ko‘nikma va malakalarni, kishining sotsial tajribalarini uzlashtiribgina kolmay balki uzining idroki, tafakkuri, xayoli, xissiyotlari va irodasini bir suz bilan aytganda, vokelikka bo‘lgan ongli munosabatini xamda uz xarakatlari va xulk-atvorining motivlarini tarkib toptiradi.
Shaxsning barcha xususiyatlari, munosabatlari va xattixarakatlari shaxsning xayoti faoliyatida ma’lum rolni bajaruvchi va xar biri murakkab kurilmadan iborat bo‘lgan xamda shartli ravishda turtta uzaro mustaxkam boglangan funksional boskichlarga birlashtiriladi:

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling