O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti umumiy psixologiya
-Mavzu. Ta’lim jarayonining psixologik asoslari
Download 0.65 Mb.
|
maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tushuntiruv-kursatmalilik metodi
- Reproduktiv metod
- Kisman izlanish metodi
- Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
14-Mavzu. Ta’lim jarayonining psixologik asoslari
Reja: Ta’limning yosh va pedagogik psixologiya fanida tutgan o‘rni, Ta’lim va aqliy taraqqiyot, o‘qish faoliyati va uning turlari, Ta’lim va bilimlami o‘zlashtirishni boshqarish muammolari hamda imkoniyatlari, aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich tarkib toptirishning mohiyati, Muammoli ta’limning moyiyati, pedagogik bahova uning turlari, Ta’lim texnologiyalarining psixologik xususiyatlari haqida ilmiy bilimlami shaklliantirish Talimda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Ta’lim oluvchilarning ta’lim faoliyatiga kura ta’limning kuyidagacha metodlari ajratiladi: 1. Tushuntiruv-kursatmalilik metodi - bu metod reproduktiv metod bo‘lib, unda faoliyat o‘qituvchi tomonidan olib boriladi. o‘quvchilar ta’lim jarayonida bilim oladilar, tanishadilar. Bu metod juda keng tarkalgan metodlardan biri bo‘lib, uni takomillashtirilgan usullari mavjud, bu - programmalashtirilgan ta’limdir. 2. Reproduktiv metod - o‘quvchi faoliyat kursatib, unda o‘quvchiga berilayotgan bilimni kayta xotirada tiklab, olingan bilimni nusxa sifatida kabul kiladi. 3. Muammoli ta’lim metodi- o‘qituvchi tomonidan tashkil etilib, u produktiv xarakterga egadir. Ushbu metod orkali o‘quvchi bilim va malakalarini shakllantiradi, Ushbu metodning takomillashtirish yullaridan biri ishchan uyinlarni tashkil etishdan iboratdir. 4. Kisman izlanish metodi- o‘qituvchi nazorati ostida tashkid etiladigan metod bo‘lib, u produktiv xarakterga ega, bunda o‘quvchi ijod kiladi. 5. Tadqiqot metodi - o‘qituvchi ilm yordamisiz tashkil etiladigan ta’lim metodi bo‘lib, u o‘quvchining mustaqil izlanishi, fikrlashi va bilimlar transformatsiyasini talab etadi. Ta’lim jarayoni tashkil etishning uziga xos metodlaridan biri ishchan uyinlardir. Ishchan uyinlar munosabatlar sistemasini modellashtirish, faoliyat xarakteristikasini tashkil etishga yordam beradi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”data’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni kiritish ta’kidlanadi. Pedagogik texnologiya - bu ta’lim jarayoniga sistemali yondashuv bo‘lib, unda ta’lim jarayonining tashkil etishda texnika va inson imkoniyatlari xisobga olinadi va ularning uzaro munosabati ta’limning optimal formalari yaratilishiga zamin bo‘ladi. Pedagogik texnologiyalarni kuyidagi tarkibiy kismlarga bulish mumkin; - Ta’lim-tarbiya ishtirokchilari shaxsiga kuyiladigal ijtimoiy talablar; - Xamkorlik faoliyati a’zolarining kasbiy tayyorgarligi; - Ta’lim jarayoning maqsadi, mazmuni, moxiyati, amalga oshirish vositalari; - Ta’lim jarayonini differensiatsiyalashtirish; - Ijodiylik. Prezidentimiz I.A. Karimov aytganidek - «Demokratik jamiyatda bolalar, umuman xar bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi», O‘quvchini mustaqil ta’lim olishga uz-uzini rivojlantirishga tayyorlash bugungi kun maktabining asosiy vazifasidir. Ta’lim jarayonida o‘quvchining mustaqil ta’lim olishini faollashtirish zarur. Mustaqil ta’lim masalani kuyilishi, echish, uz-uzini nazorat va baholashning yullarini o‘quvchi tomonidan tanlanishi va bajarilishi bilan xarakterlanadi. O‘quvchilarda mantikiy tafakkurni rivojlantirish uchun fikrlash xususiyatlarini shakllantirish zarur. Fikrlash operatsiyalari asosida dars jarayoni faollashtiriladi. Bu o‘qituvchining: «Nima uchun?», «Kanday maqsadda?», «Sabablari kanday?», Natija nima uchun shunday buldi?» singari savollarning muxokamasi orkali amalga oshirilishi mumkin. O‘qituvchilarni evristik, muammoli vaziyatlarga tortish, tankid, gumon xolatlarini muxokama kilish, ulardagi muammolarni mustaqil xolda topish va ularni echish uchun uz loyixalarini tuzish va ximoya kilish o‘quvchilar tafakkurining ma’nodor va unumdor bulishiga xizmat kiladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling