O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti asrayev Z. R., Sariyev R. B. «Ehm ning tashqi qurilmalari»


Download 1.04 Mb.
bet71/91
Sana12.08.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1666560
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   91
Bog'liq
Asrayev Z. R., Sariyev R. B-fayllar.org

Raqamli kommunikaciyalar analogli kommunikaciyalarga nisbatan ishonchliroqdir, aloqa kanallarining katta yaxlitligini ta’minlaydi, ma’lumotlarni
shifrlash yo’li bilan ularni himoya qilish mexanizmini samaraliroq tatbiq qilish imkonini beradi.
ISDN ni yaratish uchun mavjud telefon tarmoqlarining infrastrukturasidan foydalanish mumkin, albatta, qo’shimcha uskunalarni o’rnatish va uni sozlashning murakkabligi hisobiga aloqa tizimlarini Tashkil еtishga ketadigan harajatlar ortadi. Lekin ISDN tarmoqlarining yuqori o’tkazish qobiliyatini hisobga olinsa, ular o’z- o’zini etarlicha tez qoplaydi.
Buni 6-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan aniq ko’rish mumkindir.

Mas’ul tadqiqotlarda sezilarli katta darajali harajatlarda ISDN bilan yaqin kelajakda sinxron-raqamli ierarxiyalik raqamli magistrallar SDN (Sunchronous Digital Hierarchy) raqobatlashishi mumkin. SDN sistemasida qiymatlarni uzatish tezligining butun bir ierarxiyasi bor: 155,52 Mbits (STM-1), 622,08 Mbits (STM-


  1. dan tortib to 2488,32 Mbits (STM-16) gacha va xattoki yaqin kelajakda va’da qilingan 10000 Mbits gacha (STM-64). SDN magistrallari optik tolali aloqa liniyasidan, ularni o’tkazish qiyin bo’lgan joylarda еsa radioliniyalardan foydalanadi.


MODEMLAR




MODEM (MOdulyator-DEModulyator) — aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilingan signallarni to’g’ri (modulyator) va teskari (demodulyator) o’zgartirish qurilmasidir.
Еng avvalo modem quyidagi vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan:

    • uzatishda: keng polosali impulslarni (raqamli kodni) tor polosaliga (analog signallarga) o’zgartirish;


  • qabul qilishda: qabul qilingan signalni holaqitlardan filtrlash va detektorlash uchun, ya’ni tor polosali analogli signalni raqamli kodga teskari o’zgartirish.


Ma’lumotlarni uzatishda bajariladigan o’zgartirish odatda ularning modulyaciyasi bilan bog’langan.



Modulyaciya — bu signalning biror parametrini aloqa kanalida (modulyaciya qilinadigan signalni) uzatilayotgan ma’lumotlarning joriy qiymatlariga mos ravishda (modulyaciya qiladigan signalni) o’zgartirishdir.

Demodulyaciya — bu modulyaciya qilingan signalni (balki aloqa kanalidan o’tish paytida halaqitlar bilan buzilgan signalni) modulyaciya qiladigan signalga teskari o’zgartirishdir.
Zamonaviy modemlarda ko’pincha modulyaciyaning uchta turi ishlatiladi:
•chastotali - FSK (Frequence Shift Keying);
  • fazali — PSK (Rpake Shift Keying);


  • kvadraturali amplitudali — QAM (Quadrature Amplitude Modulation).




Chastotali modulyaciyada modulyaciya qilinadigan signalning (uzatilayotgan ma’lumotlarning) joriy qiymatlariga mos ravishda fizik signalning (odatda sinusoidali) chastotasi o’zgaradi, bunda uning amplitudasi o’zgarmaydi. Еng sodda holda ma’lumotlar bitining 1 va 0 qiymatlariga, ma’lumotlarni uzatishning birinchi bayonnomalari V.21 da qabul qilingani kabi, chastotaning ikkita qiymati mos keladi, masalan, 980 Gc va 1180 Gc. CHastotali modulyaciya holaqitlarga juda turg’undir, uzatishda signalning faqat amplitudasi buziladi.

Fazali modulyaciyada modulyaciya qilinadigan kattalik bo’lib signal fazasi hisoblanadi, bunda uning chastotasi va amplitudasi o’zgarmaydi; faza-modulyaciya qilingan signalning halaqitlarga chidamliligi ham yuqoridir.
Signalning sof amplitudali modulyaciyasida uning halaqitlardan himoyalanganligi juda pastdir, shuning uchun halaqitlarga chidamliroq, lekin yanada murakkabroq kvadraturali amplitudali modulyaciya qo’llaniladi, bunda uzatilayotgan ma’lumotlar taktida bir vaqtning o’zida signalning ham fazasi, ham amplitudasi o’zgaradi.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling