Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro Davlat universitetining pedagogika instituti


Mavzu BOLALARDA NUTQ RIVOJLANISHI


Download 1.43 Mb.
bet33/84
Sana23.03.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1287456
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   84
Bog'liq
МАХСУС ПЕД КА кечки 2 КУРС МАЖМУА 2 (Восстановлен)

12. Mavzu BOLALARDA NUTQ RIVOJLANISHI
Reja
1. Nutqning rivojlanishi. Nutqning fonetik jihatdan o’sishi.
2. Dislaliya tovush talaffuzi buzilishi sifatida va uning shakllari. Dislaliya turlari
3. Dislaliyani bartaraf etishda logopedik ta`sir metodikasi


Logopediya, duduqlanish, logoped, anomal bola, dislaliya, nutq, korreksiya, dislaliya .

Mavzuga oid tayanch tushunchalar:


  1. Nutqning rivojlanishi. Nutqning fonetik jihatdan o’sishi.

Ma’lumki, chaqaloq tug‘ilgan zahoti chinqirib yig‘lashga tushadi.Chaqaloqning yig‘lashi ochlikka, og‘riqqa, sovuqqa, o‘zini bezovta qilayotgan boshqa ta’sirotlarga bo‘lgan aks ta’sirdir. Lekin buning chaqaloq o‘sishi uchun ijobiy ahamiyati ham bor: chinqirib yig‘lash tufayli chaqaloqning nafas va nutq apparati o‘sadi, mustahkamlanadi.Umuman, yosh bolaning chinqirib yig‘lashi keyinchalik nutqning o‘sishi uchun zarur sharoitlarning biridir. Chaqaloq ikki yo uch oylik bo‘lganida chinqirib yig‘lashdan tashqari “agu”, “a”, “u” kabi tovush birikmalarini chiqara boshlaydi, ayrim tovushlar chiqarishi uning nutq apparatini o‘stiradi, mustahkamlaydi, shuningdek unda bir qancha yangi tovushlar hosil bo‘lishiga yordam beradi.
Bola 3 –4 oylik bo‘lganda tili chiqa boshlaydi. Unda ayrim tovushlar paydo bo‘ladi. Go‘dakning til chiqarishida boshqa odamlar nutqining ta’siri sezila boshlaydi. Go‘dak tevarak-atrofdagi kishilarning nutqini eshitib, nutq brikmalariga o‘zi anglamagan holda taqlid qila boshlaydi. Kar-soqov (gung) bolalarda qichqirish va guvrash bo‘ladi, lekin nutq faqat sog‘lom bolalardagina odatdagicha rivojlanib boradi. Bolalarning til chiqara boshlashi nutqning o‘sish jarayonida tayyorgarlik rolini o‘ynaydi: til chiqarayotgan davrda turli tovushlar va bularning birikmalari hosil bo‘ladi, nutq apparati rivojlanib, mustahkamlanib boradi.
Bolalar 7-8 oylik bo‘lganida ularning boshqalardan eshitgan so‘zlari bilan shu so‘zlarda ifodalangan ma’no o‘rtasida dastlabki bog‘lanishlar ham hosil bo‘ladi. Bolalar o‘zlariga aytilgan so‘zga javoban harakat qiladigan bo‘lib qoladi. Masalan: “aya” so‘zini aytganimizda bola boshini onasi tomonga buradi. Bu passiv nutqni egallashning boshlanishidir. Keyinroq bola 9-10 oylik bo‘lganida, tovushlar birikmasini taqlid yo‘li bilan talaffuz etadi, lekin shu tovush birikmalarining talaffuzda bo‘lishi aktiv nutq boshlang‘ichi borligini ko‘rish mumkin. Xullas, bolalarning tug‘ilish paytidan to bir yoshga to‘lguncha tovushlar chiqarib, tovush birikmalarini talaffuz qilib turishi, nutq apparatining faoliyatiga tayyorgarlik davri bo‘lib hisoblanadi. Bola tovushlarini birga qo‘shib, narsalarning nomini va o‘z fikrlarini ifodalashga kirishgan paytidan boshlab, u nutqni egallay boshlaydi.
Tarbiyaning belgilovchi ta’siri ostida tafakkur o‘sib borib, u bilan chambarchas bog‘langan holda ongli nutq hamda umumlashtirib fikrlash, abstraksiyalash qobiliyati paydo bo‘lib boradi.
Bola tilga kira boshlagan dastlabki paytlarda nutq tovushlarini mukammal ayta olmaydi. Bolalar ba’zi so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qiladilar. Masalan, tovushlarni buzib, birining o‘rniga boshqasini qo‘yib talaffuz qiladilar (parta-payta, qand-and, oyoq-oloq).
Ko‘pincha so‘zlardagi ayrim tovushlarni va xatto butun-butun bo‘g‘inlarni tushirib qoldiradilar, tovushlarning o‘rnini almashtirib yuboradilar. Masalan, ber deyish o‘rniga be, olib kel o‘rniga abe, holva o‘rniga havla, sariyog‘ o‘rniga sayrog‘ deydilar. Endi tishi chiqib kelayotgan bolalar nutqining fonetik jihatdan to‘liq bo‘lmasligini sababi shuki, bunday bolalarda nutq (artikulyatsiya) apparati yetarli o‘smagan, yetilmagan bo‘ladi. Ayni vaqtda oliy nerv faoliyatining nomukammalligi ham bunga sabab bo‘ladi.Bundan tashqari ayrim so‘zlardagi tovushlarni bir-biridan ajratib yetarlicha farq qila olmaydi, umumlashtirish va so‘z tarkibiga kiritishni bilmaydi. Lekin bola o‘sib-unib borgan sayin lug‘atdagi so‘zlar soni tez ko‘paya boshlaydi.Masalan, ikki yashar bolalarning lug‘atidagi so‘z boyligi 250-400 ga yetadi. 7 yoshga to‘lgan bolalar lug‘atida so‘zlar soni 3000-3500 ga boradi. Shu bilan birga tengdosh bolalarda so‘z boyligining oz yoki ko‘p bo‘lishi asosan shu bola tarbiyalanadigan muhitga, shuningdek, bolaning voyaga yetib borishidagi o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liqdir.
Bolalar lug‘atidagi so‘z soni ko‘payib borgan sari bir tomondan, ular nutqning leksik jihati ham o‘sib borsada, ikkinchi tomondan, bolalarning so‘zlar ma’nosini tushunish layoqati, umumlashtirilgan holda idrok eta olish qobiliyati kengayib boradi. 
Tilga kira boshlagan bola o‘z nutqida dastlab bosh kelishikda keladigan ba’zi fe’llarni ishlatadi. Bolalarning dastlabki gaplari bir so‘zdan iborat bo‘ladi.Bu gap ularda bir necha ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, bola “koptok” der ekan, bunda “koptokni menga ber”, “ana koptok” degan va boshqa ma’nolarni ifodalashi mumkin.
Lekin bola bir yarim yoshga to‘lgandan keyin, ayniqsa 3 yoshga qadam qo‘yganda ona tilisining grammatik tuzilishini tezda egallay boshlaydi.
Bola “oz” va “ko‘p” tushunchasini juda erta farq qila boshlaydi, 2 yoshga yaqinlashganda “katta” va “kichik” tushunchasini ham farq qila boshlaydi. Ammo qaratqich kelishigi o‘rniga tushum kelishigi qo‘shimchasini ishlatadi (bizani uyimiz). Bolalar bu yoshda fe’llarni shaxs va zamon e’tibori bilan ham birmuncha to‘g‘ri ishlatadigan bo‘lib qoladilar. Bolalar buyruq fe’lini ancha tez va barvaqt o‘zlashtirib oladilar.
Bola ikki yoshga to‘lganida sodda gaplarni to‘g‘ri tuzib gapirishni o‘rganadi. Endi bola o‘zi turgan vaziyatdan tashqaridagi narsalar, shu paytdagi biron ish harakat bilan bilvosita bog‘langan narsalar haqida ham gapira boshlaydi, ya’ni o‘zi bevosita ko‘rib turmagan narsalar to‘g‘risida gapira boshlaydiki, bu xildagi nutq tasavvurlarga asoslanib fikr qilishning ifodasidir.
Ikki yarim yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan bolalarda aksari o‘zicha so‘z yasash hodisasi ko‘riladi, masalan, bu yoshdagi bolalar o‘zlari bilgan so‘zlarning shakllariga o‘xshatib so‘z tuza boshlaydilar: non-nanna, osh- ashsha va hokazo. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning kattalardan eshitgan so‘zlarnigina takrorlab qolmasdan, balki shu tariqa o‘zlaricha so‘z yasash grammatik shakllarini ham egallay boshlaganini ko‘rsatuvchi belgidir.
Bola yetti yoshga to‘lganida og‘zaki nutqning grammatikasini amaliy yo‘l bilan egallab oladi deyish mumkin. Bu esa keyinchalik savod chiqarish va til grammatikasini o‘rganishga imkon beradi.


  1. Download 1.43 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling