Ta’lim shakli – ta’lim jarayonining tashkiliy tuzilmasi.
Bradilaliya — nutqning patologik sekinlashgan sur’ati.
Dogmatik o’qitish – bu jamoa asosida idrok etish faoliyatining ilk turi bo’lib, u o’rta asrlarda keng tarqalgan.
Dastur – bajariladigan ish yoki biror faoliyat rejasi bo’lib, uning yordamida ta’lim oluvchilarga ta’lim – tarbiya berishda o’quv rejasi va dasturlarini og’ishmay amalga oshirilishida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Dars - aniq maqsadni ko'zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o'quvchi, yoshlar bilan o'qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg'ulotlardir. Dars - o'z oldiga qo'yilgan aniq maqsad va tugal mazmundan iborat.
Deprivatsiya— asosiy ehtiyojlarning yetarlicha qondirilmasligi (hissiy — sensor) tushuniladi
Innovatsion ta’lim – bu bo’lajak mutaxassislarni joylarda ishlashga tayyorlovchi jarayon bo’lib, u avval olgan bilimlar asosida ta’limni takomillashtirish va samarali yangicha yondashuv qilishdan iborat.
Ta’limning maqsadi mustaqil jamiyatimizning ravnaqiga nazariy va amaliy hissa qo'sha oladigan "barkamol avlod"ni tarbiyalash.
Ta’limning vazifasi - yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko'nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirish.
Taxilaliya — nutqning patologik tezlashgan sur’ati.
Darsning maqsadi o'qituvchining rejalashtirgan aniq bir mavzusini o'quvchilarga bildirishi va o'quvchilar o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarni tekshirib ko'rish hamda yangi mav- zuga zamin yaratish.
Darsning mazmuni - uni o'qituvchi tomonidan rejalashtirilgan tugal ma’noga ega matn tashkil etadi. Uni o'quvchilar ongiga singdirish jarayonida manba, xulosa va hikoyalardan foydalanadi.
Sinf - yoshi va bilim darajasi bir xil bo'lgan o'quvchilar guruhi tushuniladi.
Tashxis — bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash
Do'stlaringiz bilan baham: |