3.Ijtimoiy axvolingiz. Odamning ijtimoiy axvoli uning tashqi ko‘rinishidan yaqqol ko‘rinib turadi. Ijtimoiy ahvol va tashqi ko‘rinish masalasi odamning na faqat qaysi sohada ishlashi, oilasining to‘kinligi, uning boy yoki kambag‘alligi, shaharlik yoki qishloqlik ekanligini oydinlashtirishga xizmat qiladi. To‘kin yashash ramzlarining mavjudligi, biror guruhga taalluqlilik, boylik, mashina, zebu-ziynat kabilar siz to‘g‘ringizdagi ma’lum axborotlarni doimiy uzatib turadi. Ijtimoiy ahvol shuningdek, agar inson juda kam zebu-ziynat ishlatgan bo‘lsa ham, ammo kiyimining qanday bichuvda tikilganligi, materiallarning to‘la-to‘kisligi, uning o‘lcham masalalarda ham o‘zini namoyon qiladi. Zodagonlarga tegishli oilalarda juda sodda, zebu ziynatsiz, ammo xushbichim kiyinish targ‘ib qilinadi. Zebu ziynatning ortiqchaligi madaniyatsizlik va didsizlik alomati sifatida baxolanadi. Yangi boy bo‘lgan odamlar esa, o‘zining boylar qatoriga qo‘shilganligini namoyon qilish maqsadida, ko‘pincha zebu ziynatni ko‘p ishlatishadi. Demak, odamning tashki ko‘rinishi uning ijtimoiy mavqeini aniqlashga ko‘mak beradi.
4.Yaqinlikni ko‘rsatuvchi alomatlar.Inson boshqa insonlar bilan bo‘ladigan o‘z muloqotida ularning nechog‘li o‘ziga yaqinligini ko‘rsatuvchi alomatlarni ham bildirib turadi. Masalan, qo‘l berib salomlashish, quchoqlashish, yelkaga urib qo‘yish.Toshkentlik yigit-qizlar hech qachon o‘zaro qo‘l berib so‘rashmaydilar.Ammo viloyatlardan kelgan yigit-qizlar orasida qo‘l berib salomlashish urf-odati keng tarqalgan. SHu bois, viloyatdan kelgan yigit toshkentlik qizga qo‘lini o‘zatib, salomlashmoqchi bo‘lsa, qiz bola uning qo‘lini olmasligi tabiiy.CHunki toshkentlik qiz bu narsani behurmatlik alomati hisoblaydi. Viloyatdan kelgan yigit uchun esa qiz bola uning qo‘lini olmaganlik - uni mensimaganligi, hurmat qilmaganligi, o‘zini “katta” olganligi belgisi bo‘ladi. Aslida, qiz bola va har qanday ayolga erkak kishi birinchi bo‘lib qo‘l uzatishi madaniyatsizlik alomati hisoblanadi. SHu bois, bu narsa toshkentliklarda targ‘ib qilinmaydi. SHu bilan birga, ayol va erkak salomlashish qonun qoidalarida, ya’ni etiketda ham, faqatgina ayol kishi o‘zi birinchi bo‘lib ko‘l uzatsagina, unga ko‘l berib salomlashish mumkinligi ta’kidlanadi. Ya’ni, ayol kishi qarshisida turgan odamning o‘ziga yaqinligi me’yorlarini uzi belgilaydi. Demak, insonlararo munosabatlarni ko‘rsatib turuvchi maxsus makon mavjud. Mana shu makon insonlarning o‘zaro yaqinligiga qarab turib, qisqarishi yoki kengayishi, tabiiy holdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |