O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakul`teti pedagogika va psixologiya yo'nalishi Pedagogik konfliktologiyafanidan mustaqil ishi mavzu: Pedagogik konfliktologiyada tana zaboni


Tana zabonida quyidagi turdagi xatti-harakatlar ajratiladi


Download 49.16 Kb.
bet5/12
Sana22.04.2023
Hajmi49.16 Kb.
#1380789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b

Tana zabonida quyidagi turdagi xatti-harakatlar ajratiladi:
yaqin tanishlarning o‘z xatti-harakatlari;
rasmiy xatti-harakatlar;
doimiy xatti-harakatlar;
kichik bir guruhda qabul qilingan xatti-harakatlar.
Masalan, xozir, yoshlar o’rtasida o‘g‘il bolalarning salomlashishida boshining bir chekkasini o‘zaro urishtirib qo‘yish urf bo‘lgan. Ammo, katta yoshdagilar hech qachon boshini urishtirib, salomlashmasligi ayon.Begona odamlar o‘zaro yaqinlik alomatlarini ko‘rsatuvchi harakatlarni ishlatmaydilar. Begona odam dabdurustdan sizning yelkangizga urib, salomlashsa, “bu — odam jinni ekan”, - deb o‘ylashingiz tabiiy. Ammo sizga yaqin, ammo uzoq vaqt siz ko‘rmagan odam siz bilan o‘z yaqinligini ko‘rsatuvchi alomatlardan xoli bo‘lgan rasmiy salom- alik yo‘lini tanlasa hamda sizga “sovuq”, yoki “rasmiy” munosabat bildirsa, siz uni yoki biror narsa bo‘lgan, yoki “u kekkayib ketibdi”, degan xulosalarni qilasiz.
5. Tana harakatlari. Tana zabonida juda katta axborot yuz mimikasi va tana harakatlari orqali uzatiladi. Yuz mimikasi inson psixologiyasi, insonning ichki kechinmalari va his-tuyg‘ulari bilan kuchli bog‘langan bo‘ladi. SHu bois, insonning nima deyayotganligiga qaramay, yuz mimikasi o‘ziga xos tabiiy munosabatlarni bildirib turadi. Yuz mimikasi orqali juda katta ochiq, aniq va to‘g‘ri axborot uzatiladi va qabul qilinadi. SHu bilan birga tana harakatlari ham insonlararo yaqinlikni ko‘rsatib turadi. Siz, o‘zingizga yaqin odamga yaqinroq turasiz, uning tanasiga vaqti vaqti bilan qo‘l tekkizib turasiz, u bilan o‘pishasiz, orqasini silab qo‘yasiz, ammo sizga uzoq bo‘lgan va tanimagan odamga nisbatan hech vaqt bunday tana harakatlarini ishlatmaysiz. Yuz ifodasi, mimika, ko‘z qarashlar, qanday qadam tashlashingiz, imo- ishoralaringiz, qo‘l harakatlaringiz - bularning barchasi tana harakatlari bo‘lib, ular o‘zaro munosabatlar borasida aniq ma’lumot beradi. Inson mimikasi juda katta axborot tashuvchi hisoblanadi.Hayrat, esankirash, xursandlik, shodlik, jahl, sevinch, savol bilan qarash, tushkunlik, o‘ylanish, g‘azab, xafagarchilik, yig‘i, tanglik kabi hissiyotlar inson qiyofasida to‘liq, darrov va adekvat, ya’ni to‘laqonli aks etadi hamda boshqalar aynan mana shu xususiyatlarini, aynan mana shu kayfiyatlarni qabul qiladi. SHu bois, sizning jahlingiz chiqayotgan bo‘lsa-yu, opponentingiz “Mana jahling chikayotibdi” desayu, siz “Yo‘q, mening jahlim chiqmayapdi, senga shunday ko‘ringandir”, deb aytsangiz ham, opponentingiz sizning so‘zlaringizga emas, balki o‘z ko‘zlariga ishonadi.

Download 49.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling