O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakul`teti pedagogika va psixologiya yo'nalishi Pedagogik konfliktologiyafanidan mustaqil ishi mavzu: Pedagogik konfliktologiyada tana zaboni
Download 49.16 Kb.
|
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b
6. Shaxsiy makon. Inson uchun o‘z shaxsiy makonini muhofaza qilish muhimdir. SHaxsiy makonning himoya qilinganligi insonni tinch va havfsiz muloqot olib borayotganligini ko‘rsatuvchi xususiyat hisoblanadi. Muayyan bir vaziyatda sizning va sizning suxbatdoshingizning qanchalik bir biringizdan uzoqlikda turishingiz, siz bilan suxbatdoshingiz o’rtasidagi makon shaxsiy makon hisoblanadi. Har bir insonning esa o‘z shaxsiy makoni bo‘ladi. Bu makonga boshqalarning kirib borishi ularning sizga aloqadorligi, yaqinligiga bog‘liq bo‘ladi. Agar notanish odam sizga juda yaqin kelsa, siz tabiiy ravishda undan chetlashishga harakat qilasiz.Siz tanimagan odam hech qachon sizning shaxsiy makoningizni buzishga harakat qilmaydi. Agar tanimagan odam sizning shaxsiy makoningizni buzib kirishga intilsa, sizning ko‘nglingizda xavf uyg‘onadi, siz sezgir tortasiz. Masalan, siz tanimagan odam birdaniga sizni quchoqlab ketmaydi. Demak, muloqot olib borilganda inson shaxsiy makoni borligi va uni buzib bo‘lmasligi tamoyillariga rioya qilmoq zarur. Agar siz birovning o‘z shaxsiy makoniga ruhsatsiz kirib borsangiz, uning shaxsiyatiga bosim o‘tkazganingiz, uning xavfsizligiga tahdid ko‘rsatganingiz bo’ladi.
SHaxsiy makon tarkibiy qismlari: 1. Intim zona (eng yaqin odamlaringiz kira oladigan zona). 2. SHaxsiy zona (do‘stlaringiz, dugonalaringiz, aka-opalaringiz). 3. Ijtimoiy zona (ish yuzasidan bo‘ladigan muomalalar). 4. Jamoat zonasi (ma’ruzalar, nutqlar). Bu zonalar inson madaniyati, tafakkuri, dunyoqarashi bilan bog‘liq xolda o‘zgarishi mumkin. Agar sizning yoningizda kimlar o‘zini noqulay sezsa, demak zonalar chegarasi buzilgan bo‘ladi. 7. Ovoz. O‘qituvchilik kasbi bevosita o‘qituvchining ovoz xususiyatlari bilan bog‘liq. Yoqimli va jarangdor ovozga ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘z talabalarini ovozining shiradorligi bilan asir eta oladi. Bunday muvaffaqiyatga erishish uchun o‘qituvchi o‘z ovozini kuchini, shiradorligini, yoqimliligini bilishi zarur. Lozim bo‘lganda undan foydalana bilish malakasiga ega bo‘lishi kerak O‘z ovozida kamchilik sezgan o‘qituvchi uni yo‘qotishga harakat qiladi. Buning uchun ovozdan foydalanish va uni yaxshilash texnikasi ustida hamma vaqt uzluksiz mashq qilib borishi lozim bo‘ladi CHunki bir-ikki mashq bilan ovozni yaxshilab bo‘lmaydi. Insonlararo axborotning eng katta foizi so‘zlar, nutq, til orqali bayon qilinar ekan. Ovoz orqali eng boy, rang-barang, hissiyotlarga to‘la axborotlar uzatiladi va qabul qilinadi. Inson so‘zlaganda uning ovozi berilayotgan informatsiya mazmuni va o‘z ichki hissiyotlari bilan uzviy aloqadorlikda bayon qilinadi.Demak, ovoz faqatgina axborotni o‘zida mujassam etmaydi, balki shu bilan birga, ovozning o‘zi ham axborotni uzatishda faol ishtirokchiga aylanadi. SHu bois, konflikt sharoitida sizning nimaga urg‘u berayotganligingiz, ovozingiz pastu balandligi, uning samimiylik darajasi, ovoz toni, qanday so‘zlarni ishlatayotganligingiz, ya’ni axborot mazmuni bilan bir qatorda ko‘proq shu axborotni qanday intonatsiyada aytayotganingiz ham ahamiyat kasb eta boshlaydi. Intonatsiya sizning gapirish uslubingizdir. Intonatsiya — ovoz kuchi, uning iliqlik darajasi, samimiyati, qanday so‘zlardan tashkil topgani, so‘zlarga qanday hissiyotlarni yuklayotganligingizga bog‘liq. Masalan, “Men seni yaxshi ko‘raman” degan so‘zlarni jahl va do‘q bilan aytib ko‘ring-chi. Aytolmaysiz. CHunki so‘zlar mazmuni ovoz orqali ham uzatiladi va inson hissiy-emotsional holati bilan uzviy bog’langan bo‘ladi. Ammo siz janjal ustida, o‘z xotiningizga, “Bo‘ldi endi, bas. Men seni yaxshi ko‘raman, endi ko‘ngling to‘ldimi?!”, - deb baqiringchi, xotiningiz “Ha, albatta, meni judayam yaxshi ko‘rarkan” deb xulosa qilarmikin. Xotiningiz sizga ishonarmikin yoki o‘z ko‘zi bilan ko‘rgani va qulog‘i bilan eshitgani ya’ni sizning mimikangiz va ovozingiz orqali berilgan haqiqiy informatsiyaga ishonarmikin. Demak, muloqot olib borish talablariga binoan ovoz ham muhim rol o‘ynaydi hamda konflikt yechimida tana harakatlari qatorida inson o‘z ovozi hamda mazkur ovoz orqali uzatilayotgan axborotni ham nazoratda ushlashi talab etiladi. Tana zabonini to‘g‘ri anglamaslik oqibatlari: Konflikt yechimida tana zabonini to‘g‘ri anglash juda katta ahamiyat kasb etadi. Tana zabonini to‘g‘ri anglamaslik oqibatlari sizni qiyin ahvolga solib qo‘yishi va noto‘g‘ri xulosalarning qilinishiga olib kelishi mumkin. Masalan, quyida hikoya qilib beriladigan voqeada tana zaboni bo‘yicha ma’lumotlarning noto‘g‘ri talqin qilinishi oqibatida ro‘y bergan holat ko‘rsatiladi. Download 49.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling