O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti qo’lyozma huquqida qo`chqorova dilfuza o`ktam qizi aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish


Materiallarga gul bosishning umumiy masalalari


Download 249.29 Kb.
bet9/30
Sana23.04.2023
Hajmi249.29 Kb.
#1392267
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti-fayllar.org

1.1. Materiallarga gul bosishning umumiy masalalari 

1.1.1. Matolarga gul bosish jarayoni 
Gul bosishning bo`yashdan farqi shuki, bo’yashda bo`yovchi modda 
mato yuzasining ayrim qismlariga gul sifatida tushiriladi. Gul bosish
jihozlari, jarayon sharoitlari, bo’yovchi modda tarkibi murakkabroq bo’lsa 
ham, lekin fizik- kimyoviy qonuniyatlar xuddi bo`yashdagidek o`tadi.
Matoga gul tushiruvchi aralashma bo`yoq deb ataladi va bo`yash 
eritmasidan o`zining quyuqligi bilan farq qiladi. Gul bosish bo`yog’i
tarkibiga: bo`yovchi modda, quyultiruvchi va yordamchi moddalar kiradi. 
Bo`yovchi moddalar to`qima materiallar yuzasida ravshan va mustahkam
rang berishi lozim, bu talablarga quyidagi sinf bo`yovchi moddalari javob 
beradi:
-
sellyulozali mahsulotlarga gul bosilganda – aktiv, kub, suvda 

erimaydigan azobo`yovchi moddalar va pigmentlar;


-
oqsil tolali mahsulotlar uchun - aktiv, kub, xromli, kislotali, 

metallkompleks bo`yovchilar va pigmentlar;


-
atsetat va sintetik tolalar uchun – asosan dispers bo`yovchi 

moddalar va pigmentlar.


Bo’yash jarayonida sodir bo’ladigan bo’yovchi modda va tolali 

materiallar holati, hamda ularning ta’sirini belgilovchi asosiy fizik-


kimyoviy qonuniyatlar gul bosish jarayonida ham saqlanib qoladi, lekin 
bo’yashda farqli o’laroq matolarga gul bosishda bo’yovchi moddalarning
eritmadagi diffuziyasi va ularning tola yuzasiga shimilishi o’z ma’nosini 
yo’qotadi. Mato yuzasiga gul shaklida tushirilgan bo’yovchi modda
quritish 
mashinasidan chiqqach, quyultiruvchi molekulalari bilan
molekulalararo 
bog’lanishlar
yordamida 
mustahkam
ushlanib, 
quyultiruvchi plyonkasida qotib qoladi va tola ichiga diffuziyasi to’xtaydi.



15
Bo’yash jarayonida sodir bo’ladigan va uzluksiz boradigan fizik kimyoviy 
bosqichlar ketma-ketligi buziladi. Quyultiruvchi plyonkasida qotib qolgan
bo’yovchi moddaning tola ichki qatlamlari tomon harakatlanishi uchun 
bo’yovchi moddani o’z ichiga qamrab olgan plyonkani yumshatish lozim.
Shu maqsadda gul bosib quritilgan mato bug’lanadi yoki qizdiriladi. 
Qaynoq bug’ yoki havo ta’sirida plyonkani yumshatishni osonlashtirish
maqsadida gul bosish bo’yog’i tarkibiga yuqori harorat ta’sirida tola 
g’ovaklarida suyulib, bo’yovchi modda diffuziyasini tezlashtiruvchi muhit
hosil qiluvchi moddalar qo’shiladi. Bo’yoq tarkibidagi bo’yovchi modda va 
quyultiruvchi orasidagi o’zaro ta’sir kuchsiz bo’lgani sababli gul bosishda
bo’yovchi moddaning tola ichiga diffuziyasi ancha sust bo’ladi. Shu sabali, 
turli sinf bo’yovchi moddalari bilan gul bosishda ularning o’ziga xos
bo’lgan jadallashtirish usullari ma’lum. Gul bosish jarayoni quyidagi 
bosqichlardan iborat: matoni gul bosishga tayyorlash

gul bosish 


quritish 



bo’yovchi moddani tola ichiga singdirish



yuvish


quritish. 


Gul bosishda paydo bo’ladigan nuqsonlar ayrim joylardagina 

uchraydigan va butun gazlama to’piga tarqalgan xillarga bo’linadi. Ba’zi


gazlamalar maxsus pardozlanishi mumkin.



Download 249.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling