O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti qo’lyozma huquqida qo`chqorova dilfuza o`ktam qizi aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish


 Aralash tolali matolarni bo`yash va gul bosishga tayyorlash


Download 249.29 Kb.
bet12/30
Sana23.04.2023
Hajmi249.29 Kb.
#1392267
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti-fayllar.org

1.2.1. Aralash tolali matolarni bo`yash va gul bosishga tayyorlash 
Aralash tolali matolarni bo`yash jarayonida asosiy hal qiluvchi 
parametrlardan biri bu ularning miqdoriy tarkibi hisoblanadi. Bu
tolalarning bo`yovchi moddalarga bo`lgan moyilligi har xilligi tufaylidir, 


23
bunday aralashmali tolalarni bir vannada bo`yash natijasida juda rang-
barang tusda bo`yalgan mato (yoki mahsulot) olish mumkin.
Yaponiyalik olimlar tolalarning bo`yalishini yaxshi yoki yomon 

bo`lishi aralashma tarkibidagi u yoki bu tolaning miqdoriga bog`liqdir.


Aralash tolali matolardan to`qimachilik sanoatida keng miqyosda 
foydalaniladi.
1986-yilda tarkibida 15, 17, 20, 29, 88, 100, 101, 102, 103, 104,105- 
sexlari bo’lgan ―Nitron‖ zavodi tashkil etildi.[25] 2007 yilda esa ushbu
zavod Nitron ishlab chiqarishiga aylantirildi. Nitron ishlab chiqarish tashkil 
etilgandan buyon nitron tolasidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot
assortimenti 3-4 xildan 80-100 xil turgacha ortadi. Nitron tolamiz chet el 
bozorini, jumladan, Turkiya, Eron, Pokiston va Xitoy bozorlarini egalladi.
―Nitron‖ ishlab chiqarishidagi yigiruv pardozlash sexida sun’iy nitron 
tolasi poliakrilonitrilli nitron tolasi ishlab chiqariladi. U tuzli suv holatda
olinadi. Ishlab chiqarish jarayonida tolali uzluksiz yoki kesilgan iplar 
ko’rinishidagi mahsulot olinadi. Sexning mahsuloti sun’iy tolani qayta
ishlaydigan iste’molchilarning talabiga ko’ra har xil assortimentlarda, 
ranglangan, oqartirilgan holda ishlab chiqariladi. Poliakrilonitril tola bir
qancha xossalariga qarab jun yoki paxta tolasi o’rnini bosa oladi. Shuning 
uchun ham u quyidagi sanoat korxonalarida qimmatbaho xom ashyo
sifatida ishlatiladi, jumladan tekstil, qog’oz ishlab chiqarishda, matolar 
to’qishda, har xil gilamlar ishlab chiqarishda hamda sanoat uchun kerak
bo’ladigan texnik matolar tayyorlashda,xalq iste’mol mollari tayyorlashda 
qo’llaniladi.
Hozirda bozor iqtisodiyoti sharoitida inqirozga uchramaslik maqsadida 
jahon bozori talablariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarish uchun
texnologik qurilmalar yangilanib bormoqda. Qurilmalarni yangilash, 
almashtirish 90-yillardan boshlandi. Chet ellik hamkorlar talabi va
iltimosiga ko’ra yangi ―Lendiman‖ markali qadoqlash mashinasi o’rnatildi. 
U har biri 250-300 kg bo’lgan nitron tolasi joylashgan toylarni qadoqlaydi.



24
So’ngra maxsus loyiha asosida kimyoviy aralashmalarni tayyorlash 
bo’limida barcha qurilmalar sovitgichlar, isitgichlar almashtirildi.
Bir qancha vaqtdan so’ng maxsus ―Mexotronika- TES‖ loyihasi asosida 
pardozlash sexining ancha eskirib qolgan, ko’p elektr energiya iste’mol
qiladigan elektr dvigatellarning o’rni zamonaviy kam energiya 
sarflaydigan elektrodvigatellarga almashtirildi. [25]
Bo`yalgan PAN tolasi quyidagi usullar bilan olinadi:
- sintezlangan rangli sopolimerdan tola shakllantirish orqali;
-erimaydigan 
bo`yovchi
moddalar 
va
pigmentlardan 

foydalanib


sopolimerni massada bo`yash yo`li bilan; 
- yangi shakllangan tolani bo`yash orqali;
- tayyor quritilgan tolani bo`yash yo`li bilan. 
Yuqoridagi birinchi uch usul tola olish zavodlarida amalga oshirilsa,
tayyor tolani bo`yash esa to`qimachilik korxonalarining pardozlash 
fabrikalarida tola sifatida va mato ko`rinishida amalga oshiriladi.
Nitron tolasi tarkibida kislotali xarakterdagi funksional guruhli 
monomer itakon kislotasi borligi tufayli tola kation bo`yovchi moddalar
bilan bo`yalish qobiliyatiga ega. Tayyor PAN tolasini bo`yash mexanizmini 
o`rganishga ko`p ilmiy ishlar bag`ishlangan. L. Risovskaya, B.Melnikov
kation bo`yovchi moddalarni PAN sopolimeri bilan bog`lanishi bo`yovchi 
modda kationi tolaning kislotali guruhlari bilan o`zaro kimyoviy ta`sir
hisobiga bo`lishini ko`rsatdi. Keyinroq bajarilgan M.Kazlovaning 
izlanishlarida [27] kation bo`yovchi moddalar nitron tolasida kimyoviy
bog` hosil bo`lishi va kation bo`yovchi moddalarni tola yuzasi bilan hosil 
qiluvchi elektrostatistik kuchlari hisobiga ham bog`lanishini ko`rsatdi:
kimyoviy o`zaro ta`sir kuchlari hisobiga kation bo`yovchi moddalarning 
asosiy qismi tolaga bog`lanadi.
Tolalar

aralashmasidan


tayyorlangan 
matolar
pardozi

murakkablashadi. Umuman olganda, matolarni pardozlash jarayoni ko`p


bosqichli bo`lib, quyidagilardan iborat: 


25
- xom mato yuzasini mexanik va issiqlik usullari bilan tozalash; 
- matolarni ohordan tozalash va qaynatish ;
- matolarni oqartirish; 
- matolarni bo`yash yoki ularga gul bosish;
- yakunlovchi pardoz berish. 
Ko`rsatilgan jarayonlarda mato tolasi kimyoviy eritmalar ta`sirida 

ishlov oladi, bo`yovchi moddalar eritmasi yoki gul tarkibidagi bo`yovchi


modda yaxshi shimilishi va tola tarkibida mustahkamlanishi uchun esa 
bug`lanadi yoki havo muhitida yuqori haroratda qizdiriladi. Yakunlovchi
ishlov berish ham kimyoviy moddalar ta`siri va yuqori haroratda kechadi, 
bu jarayon mexanik ta`sir bilan yakunlanishi mumkin. Shuning uchun
pardozlash jarayonida mato mustahkamligini saqlab qolish muhim vazifa 
hisoblanadi, bunga erishish uchun jarayonning ratsional sharoitini
ta`minlash va shu orqali yuqori sifat ko`rsatkichlariga erishish talab 
qilinadi.
Bunga

har
bir

jarayon
mexanizmini 
o`rganish
va

foydalanilayotgan


muhit

ta`sirida


tola

stukturasida


kechayotgan 
o`zgarishlarni tahlil qilish zarur bo`ladi. Shu nuqtai nazardan paxta tolasi
qurilmasini, xossalarini ko`rib chiqish va uning asosini tashkil etuvchi 
sellyuloza stukturasiga oid bo`lgan ma`lumotlarga murojaat etish zarur
[28,29].
Paxta tolasidan tayyorlangan matolarni pardozlashda ishqor 

eritmasida ishlov berish muhim o`rin egallagan, chunki sellyulozaning


glyukozid bog`lari past kontsentratsiyali ishqor eritmasi ta`siriga ancha 
chidamli, ammo bu sharoitga uning yo`ldoshlari chidamli emas. Ishqoriy
ishlov yordamida mato tozalanishi natijasida sellyulozaning reaksiyaga 
kirishish qobiliyati ham oshadi. Oldin, eritmada bo`kish darajasi oshadi va
sellyuloza stukturasiga kimyoviy moddalar kirishi pardozlash jarayonlari 
tezligini oshishiga olib keladi. Pardozlash jarayoni tarkibiga matoga
kislotali muhitda ishlov berish ham kiradi. Shuning uchun sellyulozani 
kislotali muhitga bo`lgan munosabatini hisobga olish zarur. Ayniqsa,



26
kislota ta`siri tolani har xil joylarida bir tekisda ketmasligi sellyuloza 
xossalarining notekisligiga olib keladi. Bu hodisa gidroliz mahsulotlari
tarkibi murakkabligida ham o`z tasdig`ini topgan. 
Sellyulozaning polimerlanish darajasi pasayishi unga ishqor, kislota 

va oksidlovchilar ta`sirining pirovard natijasi bo`lib hisoblanadi [30]. Bu


o`z navbatida mato mustahkamligini pasayishiga olib keladi. 
PAN tolalari (shu jumladan nitron) issiqbardoshligi, nurbardoshligi, 

atmosfera ta`siriga chidamliligi bo`yicha hamma sanoat miqyosida ishlab


chiqariladigan (ftorlon tolasidan tashqari) sintetik tolalardan yuqori turadi. 
Ularning
yumshoqligi, 
yuqori
hajmga

egaligi,


kam

issiqlik


o`tkazuvchanligi, moy va yog` ta`siriga chidamliligi, oson tozalanishi va 
qator oksidlovchilar ta`siriga chidamliligi tola afzalligini tashkil etadi.
Kamchiliklariga esa ishqor va kislotalarga, ayniqsa yuqori haroratda 
chidamsizligi, sirtmoq sharoitida mustahkamligining pastligi, oson
elektrlanishi kiradi. 
Yangi shakllantirilgan kimyoviy tola katta solishtirma yuzaga (30-80 

m
2


/g) va g`ovaklikka (umumiy hajmi 0,06-0,6 sm

g
/g) egaligidan maxsus 


xossalarga ega bo`lgan nitron tolalarini olishda keng foydalaniladi [31-34].
Bu jarayonlar yangi shakllangan tolaga ishlov berishga asoslangan 

bo`lib uning nazariy asoslari professorlar A.B.Pakshver va B.E.Geller


tomonidan ishlab chiqilgan [35]. 
Shu usuldan foydalanib nitron tolasini gigiyenik xossasi va uni

bo`yaluvchanligini oshirish uchun I.A. Nabiyeva tabiiy ipak chiqindilari


eritmasi bilan yangi shakllangan tolaga ishlov berishni taklif etdi [36,37]. 
Natijada tolani to`qimachilik jarayonlarida elektr zaryadlanishi kamaydi va
tolani bo`yash uchun ishlatiladigan bo`yovchi moddalar assortimentini 
kengaytirishga erishiladi.
PAN tolasi ishlab chiqarishni o`sish tendensiyasi to`qimachilik 

sanoati xom-ashyo balansida kimyoviy tolalar ulushini oshib borishi bilan


bog`liq. Dunyo miqyosida to`qimachilik tolalarini ishlab chiqarish 


27
jarayonini tahlili shuni ko`rsatmoqdaki, sintetik tolalarini ulushi oshib, 
sellyuloza tolalarining ulushi esa kamayib bormoqda.
Poliakrilonitril tolasi juda zich strukturaga ega ekanligi hammamizga 
ayon. Tola hosil bo`lish jarayonida PAN makromolekulalari bir-biriga
nisbatan juda yaqin joylashgan bo`ladi. Bu esa ulariing yuqori kristallik 
darajasiga ega ekanligidan dalolat beradi. Jahon ishlab chiqarish sanoatida
sintetik tolalarni bo`yashni maxsus usullari ishlab chiqarilmoqda: 
1. Kichik molekulyar massaga ega bo`lgan maxsus assortimentli
bo`yovchi moddalardan foydalanish. 
2. Jarayonni jadallashtiruvchi tashuvchilardan foydalanish.
3. Bosim ostida yuqori temperaturali bo`yash jarayoni. 
4. Termozol usuli (termofiksatsiya jarayoni 200°C temperaturada
kechadi). 
Har bir usulning o`ziga yarasha afzalligi bilan bir qatorda
kamchiliklari ham mavjud. Oxirgi uch usul nitron tolani bo`yash uchun 
amalda keng qo`llanilmoqda. Lekin hozirgi vaqtga kelib bunday tolalarni
bo`yashda ijobiy natijaga erishish uchun yangi-yangi usullar ishlab 
chiqarilmoqda. Paxta va nitron tolalaridan iborat aralash tolali matolarni
uzlukli, uzluksiz, davriy, bir va ko`p vannali usullarda bo`yash jarayonlari 
taklif etilgan [38].
Gidrofil xossaga ega sellyulozali tolalar bilan gidrofob xossaga ega 
sintetik tolalar aralashmasidan tayyorlangan matolar yuqori gigiyenik va
fizik-mexanikaviy xossalarga ega bo`ladi. Ayniqsa, paxta va PE 
tolalarining har xil nisbatdagi (50:50; 37:63) aralashmalari ko`ylakbop,
kastyumbop va niqoblangan matolar assortimentini kengaytirishda keng 
qo`llaniladi [39]. Keyingi paytlarda paxta tolasini PAN tolasi bilan
aralashmasi ham to`qimachillik sanoati xom ashyo bazasida o`z o`rnini 
topmoqda [40].
Sellyulozali va sintetik tolalar aralashmasidan tayyorlangan 
to`qimalarni bo`yashdagi qiyinchilik tolalar tabiati, qurilmasi va



28
xossalaridagi qarama-qarshilik asosida yotadi. Hozirda sanoat miqyosida 
bir tekisda ravon bo`yalgan va mustahkam rangli mato olish uchun ikkala
tolani ham bir xilda bo`yaydigan bo`yovchi moddalarni va kerakli bo`yash 
sharoitini tanlab olish zarur. Ammo, tolalar tuzilishi va xususiyatlarini
inobatga olsak, bu muammo ancha murakkab ekanligi namoyon bo`ladi. 
Paxta va sintetik tolalar aralashmasidan tayyorlangan matolarni
bo`yash quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi: 
– bir vannali;
– ikki vannali. 
Bu to`qimalarni ikki sinfga yoki bir sinfga mansub bo`yovchi
moddalar bilan bo`yash mumkin. Bu borada bir qancha ishlar olib borilgan. 
Chet el olimlari Yang Y. va Li S. Paxta va PE aralash tolali matolarni
dispers va aktiv bo`yovchi moddalar bilan bo`yashni bir vannali usulini 
ishlab chiqdilar [41]. Tajriba bu usulni yuqori harorat va ishqoriy muhitda
olib borish mumkinligini ko`rsatdi. Afzalligi esa vaqt, suv va energiyani 
tejalishidir.
J. Zgibneva va E. Umurzoqovlar tarkibi 67:33 bo`lgan nitron – paxta 
aralashmasidan tayyorlangan matoni bo`yash uchun kation va bevosita
bo`yovchi moddalar aralashmasidan foydalanganlar [42]. Kation va 
bevosita bo`yovchi moddalarni bir vannada o`zaro mos kelishi ustida olib
borilgan tajribalar shuni ko`rsatdiki, kation oltin – sariq 43 va bevosita 
zangori bo`yovchi moddalar 40:60 nisbatda olganlarida 1-5 g/l
kontsentratsiya chegarasida o`zaro mos tushishar ekan. Shunday bo`yash 
vannasida aralash tolali materialni bo`yashni bir va ikki vannali usullari
mualliflar tomonidan chuqur tahlil qilingan. Lekin bu bo`yovchi moddalar 
bilan suvli ishlovlarga va atmosfera ta`siriga chidamli ranglar olib
bo`lmasligi ham ma`lum. Shu bilan birga, bunday matolarni boshqa sinfga 
mansub bo`yovchi moddalar bilan bo`yash jarayoni o`rganilgani yo`q.
Undan tashqari aralashmada tolalar nisbati o`zgarishi bilan bo`yash
mexanizmi qay darajada o`zgarishiga javob berilgani yo`q.



29
Nemis olimlari sellyuloza (lyosell) va jun tolali aralash matolarni 
bo`yash ustida ish olib borganlar [43]. Sellyuloza tola va matolarni
kationlash yordami bilan modifikatsiyalash orqali ularni 5 daqiqa davomida 
60°C haroratda kislotali va aktiv bo`yovchi moddalar bilan bir tekis
bo`yash mumkinligini aniqladilar. 
Paxta va PE tolalari aralashmasidan tayyorlangan matolarni bo`yash
texnologiyasiga oid bo`lgan izlanishlarni ko`rib chiqish va foydali 
natijalardan paxta va nitron tolalari aralashmasidan tayyorlangan
mahsulotlarni bo`yashda foydalanish maqsadga muvofiq bo`lardi. Bu 
sohada bo`yovchi moddalarni tanlash eng muhim hisoblanadi.
Paxta va PE tolalari aralashmasidan tayyorlangan matolarni termozol 
usulida faqat dispers bo`yovchi modda bilan bo`yash ham ahamiyatga ega.
Masalan, prof. G. Krichevskiy [44] dispers bo`yovchi moddani 
sellyulozaga
PEG

ishtirokida


bog`lash 
mexanizmini
o`rgangan. 
Muallifning fikricha, bu jarayon PEG ning bo`yovchi moddalarni yuqori
haroratda (200
0
C) eritish qobiliyati bilan bog`liq. Erigan dispers bo`yovchi 

modda PEG bilan to`lgan tola mikrog`ovaklariga diffuziyalanadi.


Bo`yovchi 
moddaning
PEG

da
erish

temperaturasidan
pastroq

temperaturadagi mato yuvilganda PEG chiqib ketadi, bo`yovchi modda


erimagan shaklda tola qurilmasi g`ovaklarida qoladi va molekulalararo 
ta`sir kuchlari bilan ushlanib turadi.
Rang mustahkamligini oshirish uchun qo`shimcha yakunlovchi 
ishlov berish tavsiya qilinadi. Bo`yashning termozol usuliga boshqa
mualliflarning izlanishlari ham bag`ishlangan [45]. Prof. V. Androsov 
sellyulozali tola va PAN tolasi aralashmasini kation va kub bo`yovchi
moddalar bilan bo`yashni uch usulini taklif etgan [46]. Yana shu muallif 
PAN va atsetat tolalari aralashmasini dispers va kation bo`yovchi moddalar
bilan bir vannali ikki bosqichli uch usul bilan bo`yashni ham tavsiya etgan. 
Bu usulda ham oldin PAN tolasi kation bo`yovchi modda bilan bo`yaladi,
so`ng yana shu vannaning o`zida atsetat tolasi dispers bo`yovchi moddasi 


30
bilan bo`yaladi. Ammo to`q rang olish uchun ikki vannali usuldan 
foydalanish ma`qulroq. Yuqorida ko`rib o`tilgan termozol bo`yash usulini
bir va ikki vannali variantlari PAN va paxta tola aralashmalari uchun 
ham ahamiyatli [47]. Bir vannali usul iqtisodiy jihatdan ustunroq turadi. Bu
usulda bir vaqtning o`zida bo`yovchi moddalarning aralashmasi tolalarda, 
matolarda yuqori haroratda qizdirish orqali bog`lanadi. Dispers va aktiv
bo`yovchi moddalar aralashmasidan foydalanilganda termozol usulda 
dispers bo`yovchi moddalar pH = 6-6,5 bo`lganda maksimal bog`lanish
darajasiga erishadi, ammo aktiv bo`yovchi moddalarning bog`lanishi uchun 
esa ishqoriy muhit zarur. Bu muhitda dispers bo`yovchi moddaning
yo`qotilishi 10% ni tashkil etishi mumkin, to`q ranglar olishda bu miqdor 
30-40 % ni tashkil etishi ham mumkin [48]. AQSH da ishlab chiqariladigan
orlon PAN tolasi va paxta aralashmasi (tolalar nisbati 80:20, 75:25) trikotaj 
mahsulotlarini tayyorlashda ishlatiladi. Bu aralashmadagi sintetik tolani
bo`yash uchun dispers yoki asosli bo`yovchi modda tanlangan bo`lsa, 
sellyulozali tola qismi uchun esa bevosita yoki kub bo`yovchi modda taklif
etilgan. Bo`yovchi moddalar tanlov tarkibi rang to`qligi va zarur rang 
mustahkamligiga bog`liq. Bunday tolalar aralashmasidan tayyorlangan
mato uzluksiz usulda bo`yaladi. Bunday matoga bir tekis rang berish uchun 
suspenzion-shimdirish, quritish bilan yoki shimdirish-bug`lash usuli
qo`llanilishi mumkin. 
Prof. K.Ergashev paxta va nitron tolalari aralashmasidan (33:67)
olingan matolarni bo`yash jarayoniga tayyorlash ustida sistematik 
izlanishlar olib borib quyidagi ishlov sharoitini taklif etganlar [49]:
- gazli mashinada mato yuzini tukdan tozalash — ishqoriy eritmani 
shimdirib bug`lash - yuvish -kislotali vannada ishlov berish - oqartirish
vannasini shimdirib bug`lash - yuvish - quritish -rolikka mahsulotni o`rash.
Pardozlangan matoning 1 m

2
ning massasi 170 gramm, kengligi 1100 


mm ni tashkil etgan. Olib borilgan izlanishlar aralashmada nitron tolasining
miqdori 67% ni tashkil qilgani uchun, matoning fizik-mexanikaviy


31
xossalarini saqlab qolish va shu bilan birga yetarli kapillyarlikka va 
oqlikka ega bo`lgan mahsulot olishga erishish uchun avvalo ohordan
tushirish jarayonini qaynatish jarayoni bilan birga olib borish zarurligini va 
«kuchli ishqoriy muhit» ni natriy karbonat hisobiga hosil qilish maqsadga
muvofiqligini tasdiqladi. Ammo katta kenglikka va zichlikka ega 
hisoblangan matoni olish uchun tarkibida paxta tolasi ko`p bo`lgan
aralashma ma`qul bo`ladi. Bunday aralashmani tayyorlash, bo`yash va gul 
bosish jarayonlari ustida izlanishlar olib borilmagan.
Aralash tolali matolar bir qator yangi qimmatli xususiyatlarga ega 
bo`lgani uchun, bunday assortimentlarga bo`lgan talab va ehtiyoj kundan-
kunga ortib bormoqda. Bunday matolar xossalarining turli-tuman bo`lishi, 
aralash mato tarkibidagi tashkil etuvchi tolalar miqdorlarining qanday
nisbatda bo`lishiga bog`liq. 
Tabiiy
va

kimyoviy


tolalar

aralashmasidan


tayyorlangan 
assortimentlar yaratish orqali quyidagilarga erishiladi:
1. Tabiiy tolalar defitsitining oldi olinadi 
2. Hozirgi kun talablariga muvofiq, universal xossali va yuqori sifat
ko`rsatkichlariga ega bo`lgan arzon, xaridorgir to`qimachilik materiallari 
ishlab chiqariladi.
Lekin, bunday tolali matolarni pardozlash bir qator muammolarni 
keltirib chiqaradi, sababi hozirgacha pardozlash jarayonlari ham yetarlicha
o`rganilmagan. Paxta-nitron aralashmali matolar tayyorlash, bo`yash va gul 
bosish uchun taklif etilgan jarayonlar miqyosi adabiyotlarda keng emas.
Shuning uchun bu jarayonlarni chuqur o`rganib va shu asosida yaxshi 
texnologiyalar yaratish dolzarb vazifa hisoblanadi.
Mazkur magistrlik ilmiy ishida paxta va tabiiy ipak chiqindilari bilan 
modifikatsiyalangan nitron tolalari aralashmasini mahsulotlarni bo`yash va
gul bosishga tayyorlash, hamda bo`yash jarayonlari ustida izlanishlar olib 
boriladi. Lekin adabiyotlar tahlili shuni ko`rsatadiki, nitron tolasini tabiiy
ipak chiqindilari bilan modifikatsiyalash, hamda uning asosida paxta tolasi 


32
bilan birgalikda mahsulotlar olish, ularni pardozlashga tayyorlash, hamda 
bo`yash bo`yicha umuman izlanishlar olib borilmayapti.
Sadriddinov B.B. [50] paxta va nitron tolasili aralashma 

mahsulotlarini bo`yash va gul bosishga tayyorlash hamda ularni bir sinfga


mansub bo`lgan bo`yovchi moddalar bilan bo`yash imkoniyatlarini 
yaratish ustida izlanishlar olib bormoqda.
Demak xulosa qilib, Paxta-ipak tolali matolarni ishlab chiqarishda 
tabiiy ipakdan foydalanish, to`qimalarning texnologik ko`rsatkichlarini
yaxshilashga, fizik-mexanik xususiyatlarini oshishiga va matolarni 
qo`llanish xususiyatlarini yaxshilashga olib kelishi ma`lum bo`ldi,
Paxtadan foydalanish esa matoni arzonlashtirishga olib kelindi. Ipak 
matolari, asosan kuchsiz ishqoriy muhitda bo`yash va gul bosishga
tayyorlanadi. Paxta matosi ipak texnologiyasi bo`yicha qaynatiladi va 
oqartiriladi. Aralash tolali matolar bir qator yangi qimmatli xususiyatlarga
ega bo’lgani uchun, bunday assortimentlarga bo’lgan talab va ehtiyoj 
kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday matolar xossalarining turli-tuman
bo’lishi, aralash mato tarkibidagi tashkil etuvchi tolalar miqdorlarining
qanday nisbatda bo’lishiga bog’liq.


Download 249.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling