O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti qo’lyozma huquqida qo`chqorova dilfuza o`ktam qizi aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish


 Gul bosish jarayoni texnologiyasi


Download 249.29 Kb.
bet14/30
Sana23.04.2023
Hajmi249.29 Kb.
#1392267
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti-fayllar.org

1.3. Gul bosish jarayoni texnologiyasi 
Hozirgi vaqtda gul bosishning quyidagi usullari qo`llaniladi: dastaki 
gul bosish, aerografiya usuli, to`rli qoliplar va naqshband metall valli.
Birinchi usul jun sanoatida ro`mollarga gul bosishda qisman ishlatiladi, 
aerografiya usuli yuqori badiiy bezakli mahsulotlar ishlab chiqarishda
qo`llaniladi. Amalda turli to`qima mahsulotlarga asosan naqshband valli va 
to`r qolipli mashinalarda gul bosiladi. To`r qolipli mashinalar o`z navbatida
ikki turli bo`ladi: yassi va silindrik to`r qoliplar. Gul bosish va quritishdan 
keyin bo`yoq plyonka ichiga joylashib mato ustiga o`tadi. Bo`yoqning
plyonkadan tolaning mag’ziga o`tishini osonlashtirish uchun, mato 
yuqori haroratda namli muhitda maxsus uskunada - zrelnikda ishlov
beriladi. Bu mashinada par sovuq mato yuziga o`tib suyuq nam holatga 
kelib, tolaning shishishiga imkon beradi. Tolaga yutilgan suv gul bosish
bo’yog’i tarkibiga kiruvchi bo`yoq va yordamchi mahsulotlarini eritadi. 
Qoida bo`yicha yordamchi mahsulotlar eriganda issiqlik chiqadi va bunda
quyilma shishadi. Bu paytda bo`yoq tolaga kirib u bilan bog’ hosil qilib 
birikadi.[51]
Bug’latishdan keyin mato yaxshilab yuviladi va ortiqcha birikmagan 
bo`yoqlar matodan chetlashtiriladi.
Turli qo`shma tolalardan tayyorlangan matolarga gul bosish. 


39
Sellyuloza tolalaridan tayyorlangan matolarga gul bosishda quyidagi 
bo`yoqlar qo`llaniladi:
faol, kubli, kubozollar, erimaydigan azobo`yoqlar oqsil tolalaridan 
tayyorlangan matolarga gul bosishda faol, kislotali metall saqlovchi, KMK
1:2 bo`yoqlari katta ahamiyatga ega. Kubli bo`yoqlar bilan ham ba`zida gul 
bosiladi.
Sintetik (PAN) va asetilsellyuloza tolalaridan tayyorlangan matolarga 
asosan dispers bo`yoqlardan tayyorlangan gul bosish bo’yog’i bilan gul
bosiladi. Asetilsellyuloza tolasidan tayyorlangan matolarga gul bosishda 
dispers faol bo`yoqlar ham qo`llaniladi.
Gul bosish usullaridan biri matolarni yuqori badiiy - kaloristik bezash 
xususiyatiga ega bo`lgan termik ishlov berish asosida murakkab
tasvirlarni o`tkazadigan usul. Bu usul ikki bosqichdan iborat bo`lib,
birinchisida tasvir qog’ozga o`tkaziladi va ikkinchi bosqichda tasvirni
qog’ozdan matoga o`tkaziladi. Bu uchun tasvir o`tkazilgan qog’ozning 
yuza tomoni matoning yuziga yopishtirib qo’yiladi va maxsus uskunada
yuqori haroratda bosim bilan bosiladi. Bunaqa sharoitda bo`yoq qog’ozdan 
matoga o`tadi.
Amalda bu usulga katta qiziqish uyg’ondi, chunki bu usulda juda 
murakkab tasvirlar hosil qilish mumkin va juda ko`p tonli ranglar 12
minggacha olish mumkin. Undan tashqari bu usul bilan gul bosish arzon 
bo`lib, bo`yoq, kimyoviy yordamchi mahsulotlarga ehtiyoj yo`q va gul
bosish jarayoni qisqa bo`lib, murakkab uskunalar kerak bo`lmaydi, 
bug’lash va yuvishga ham ehtiyoj yo`q.


Download 249.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling