O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti qo’lyozma huquqida qo`chqorova dilfuza o`ktam qizi aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish


 Paxta-nitron matolarni bo’yash va gul bosishga tayyorlash


Download 249.29 Kb.
bet22/30
Sana23.04.2023
Hajmi249.29 Kb.
#1392267
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti-fayllar.org

3.2. Paxta-nitron matolarni bo’yash va gul bosishga tayyorlash 

texnologiyasi
Yangi assortimentlarni yaratish asosan tolalar aralashmasidan 
foydalanishga asoslangan. Bunda kelib chiqishi, fizik-mexanikaviy va
kimyoviy xossalari bo`yicha bir-biridan keskin farqlanadigan tolalardan 
aralashma mahsulot komponentlari sifatida foydalanish o`ta talabchan
xaridorni ham qoniqtirishi mumkin, lekin bunday aralashmani pardozlash 
jarayoni murakkab hisoblanadi. Tarkibida tabiiy va kimyoviy tolalar
aralashmasi bo`lgan assortimentli mahsulotlar o`ziga xos pardozlash 
jarayonlarini talab etadi. Hozirgi kunda bunday aralashmani bo`yash va gul
bosishga tayyorlashning optimal sharoitlarini yaratish muhim vazifa 
hisoblanadi. Dunyo tajribasida to`qimachilik mahsulotlarini aralash
tolalardan tayyorlashda quyidagi tarkiblar keng qo`llaniladi: Paxta-lavsan, 
Paxta-viskoza, paxta-poliakrilonitril, jun-poliakrilonitril, Paxta-kapron,
lavsan-zig`ir tola, jun-lavsan, jun-kapron, lavsan-paxta. 
Respublikamizda poliakrilonitril - nitron tolasini ishlab chiqarilishi,
hamda undan ratsional foydalanish davlatimizning ustivor vazifalaridan 
biridir. Nitron tolasini ishlatilish sohasini kengaytirish maqsadida uni
modifikatsiyalash va boshqa tolalar bilan aralashma mahsulotlarning 
komponenti sifatida foydalanish vazifani yechimi yo`llaridan biridir.
O`zbekiston Paxta va tabiiy ipak tolalarini ishlab chiqaruvchi davlatlar 
qatorida turadi. Bu tolalardan olinadigan mahsulotlarning sifatlarini



53
yaxshilash, hamda xizmat qilish muddatini cho`zish orqali iqtisodiy 
samaradorlikka erishish mumkin.
Tabiiy ipak chiqindilarini chet elga eksport qilishdan uni Respublika 
to`qimachilik sanoatida qo`llash orqali xaridorgirligini oshirishga, hamda
undan foydalanish sohasini kengaytirishga erishiladi. Nitron tolasini tabiiy 
ipak chiqindilari eritmasi bilan modifikatsiyalash orqali tolaning
gigroskopligi, elastikligi, sorbsion xossalari yaxshilanadi, elektrlanishi 
kamayadi. Tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikatsiyalangan nitron tolasini
nafaqat kation bo`yovchi moddalari bilan, balki bir qator anion bo`yovchi 
moddalar bilan bo`yash imkoniyati paydo bo`ladi. Bu esa o`z navbatida
bunday toladan Paxta tolasi bilan birgalikda aralashma mahsulot ishlab 
chiqarishda qo`llash imkonini beradi[36].
Paxta-nitron tolalari aralashmasidan iborat mahsulotlarini ishlab 
chiqarish, ularni bo`yash va gul bosishga tayyorlash, bo`yash hamda gul
bosish jarayonlarini o`rganishga ko`pgina ishlar bag`ishlangan bo`lib, bu 
ishlarda aralashma mahsulotlarni bo`yash uchun bo`yovchi aralashmasi va
bir sinfga mansub bo`yovchi modda taklif etilgan. 
Mazkur magistrlik ilmiy ishida nitron xususiyatini tabiiy tolanikiga
yaqinlashtirish maqsadida tola tabiiy ipak chiqindisi eritmasi bilan 
modifikatsiyalandi va uning ishlatilish sohasini kengaytirish yo`lida
modifikatsiyalangan nitron tolasi bilan paxta aralashmasidan yangi turdagi 
assortimentlar yaratilib, ularni pardozlash muammolari o`rganildi.
Paxta tolasini bo`yash va gul bosishga tayyorlash kuchli ishqoriy 
sharoitda olib boriladi. Lekin bu sharoitda nitron tolasi destruktsiyaga
uchraydi va uning modifikatori tabiiy ipak ham yuqori haroratda, ishqoriy 
sharoitda erib ketadi. Shunga ko`ra, Paxta va modifikatsiyalangan nitron
tolalari aralashmasidan iborat yangi assortimentdagi mato namunalarini 
bo`yash va gul bosishga tayyorlash kuchsiz ishqoriy va kislotali muhitda
olib borildi. Oqartirish jarayonida vodorod pereoksidning stablizatori 
sifatida arzon, ekologik toza, kam silikatli stablizator ishlatildi. Aralashma



54
tarkibidagi har bir komponentni kimyoviy reagentlarga bo`lgan ta`sirini 
o`rganish maqsadida tajribalarni birinchi bosqichi quyidagi kalavalar
ustida olib borildi: 
- tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikatsiyalangan nitron tolasi;
- Paxta + modifikatsiyalangan nitron; 
- Paxta+nitron
- ipak;

- Paxta;


- nitron. 
Nitron tolasi modifikatori tabiiy ipakni, aralashmani bo`yash va gul
bosishga tayyorlash jarayonidan so`ng, saqlanib qolganligini aniqlash 
maqsadida barcha kalava namunalari azot kislotasi eritmasiga solindi.
Olingan natijalar 3.1- jadvalda keltirilgan. 
Jadval 3.1.
Azot kislotasi eritmasini tola rang intensivligiga ta`siri 
Namunalar
Rang intensivligi, K/S 
Modifikatsiyalangan nitron
2
Paxta / modifikatsiyalangan nitron 

1,7
Paxta+nitron 


0
Ipak

15
Paxta

0
Nitron

0
Jadvaldagi ma`lumotlardan ko`rinishicha nitron tolasi 0,5% li tabiiy 


ipak chiqindisi (TICH) eritmasi bilan modifikatsiyalanganda ham tolaning


rang intensivligi o`zgarar ekan. 
Aralashma mahsulot tarkibida Paxta tolasini borligi hamda asosiy
yog` va yog` birikmalari, azot moddalar, tabiiy rang pigmentlari Paxta 
tolasida bo`lishini inobatga olib aralashmani bo`yash va gul bosishga
tayyorlash jarayonini ip-gazlamalarni shu jarayonlarga tayyorlash kabi olib 


55
borish maqsadga muvofiq keladi. Shu bilan birga ma`lumki, ishqor 
eritmasida (3-5% li) tabiiy ipak erib ketadi. Modifikatsiyalangan nitron
tolasi tarkibidagi tabiiy ipakni ishqor ta`sirida aralashma tarkibida saqlanib 
qolishini tekshirish maqsadida nitron, TICh bilan modifikatsiyalangan
nitron, hamda tabiiy ipak tolalari 3 % li NaOH eritmasida qaynatildi va 
eritmaga qo`rg`oshin atsetat solindi. Bunda tabiiy ipak NaOH ta`sirida
darhol erib ketdi va qo`rg`oshin atsetat solingach oq cho`kmalar hosil 
bo`ldi. Nitron tolasi sarg`ayib ketdi (K/S=18) va cho`kma hosil bo`lmadi.
Modifikatsiyalangan nitron tolasining rangi yanada intensivroq (K/S=36) 
bo`lib, bunda qo`rg`oshin atsetat solingach eritmada cho`kma hosil
bo`lmadi. Demak, bundan nitron tolasi TICh bilan modifikatsiyalanganda 
oqsil va nitron orasida mustahkam kimyoviy bog`lar vujudga kelishi
mumkin degan xulosaga kelish mumkin. 
Ma`lumki yigirish jarayonida hamda mato va trikotaj polotnolarini
tayyorlashda iplarga ohorlovchi moddalar surtiladi. Pardozlashda esa 
ohorsizlantirish jarayoni olib boriladi. Ohorsizlantirish jarayoni ishqoriy va
kislotali muhitlarda olib borilishi mumkin. Ishqoriy muhitda nitron va 
modifikatsiyalangan nitron tolasini sarg`ayib ketishini inobatga olgan holda
namunalar kislotali sharoitda ohorsizlantiriladi. 
To`qimachilik mahsulotlarini oqartirish uchun vodorod peroksiddan
keng foydalaniladi. Vodorod pereoksid bilan ishqoriy va kislotali 
muhitlarda oqartirish jarayonni olib borish mumkin, yuqorida keltirilgan
mulohazalar asosida oqartirish jarayoni kislotali muhitda olib borildi. 
Mahsulotlarni bo`yash va gul bosishga tayyorlash jarayoni uch yo`l bilan,
ya`ni faqat ohorsizlantirish, faqat oqartirish, oldin ohorsizlantirish so`ng 
oqartirish ketma-ketligida olib borildi.[46] Qaynatish-oqartirish jarayonlari
bir vannada olib boriladi. Ma`lumki, bo`yash va gul bosishga tayyorlash 
jarayonlarining
sifati

kapillyarlik,


oqlik

darajasi


va

uzilishdagi


mustahkamligi orqali baholanadi. Olingan natijalar natijalar shuni 
ko`rsatadiki, ya`ni to`qimachilik mahsulotlarini kislotali usullarda tajribalar



56
olib borilganda yetarli miqdordagi oqlik darajasiga erishildi. Yuqoridagi 
tajribalarning natijalari 3.2 — jadvalda keltirilgan.

Jadval 3.2.


Tayyorlash sharoitini mahsulot sifatiga bog`liqligi
Namuna

Tayyorlash


sharoiti 
Oqlik
darajasi % 

Kapillyarlik,


mm / soat 
Uzilishdagi
mustahkamligi, N 
Modifika
tsiyalangan 
nitron




2
3
84,51 

84,43
85,56

85,32
o`lchanmadi 
o`lchanmadi
Ipak


1



3
79,67

80,87
83,48

82,27
o`lchanmadi 


o`lchanmadi
Paxta


1



3
77,11

79,70
81,06

83,74


100 

80
100

3,69
3,72

5,14
3,90

Nitron


2
3


81,61 

80,84
82,88

83,0
o`lchanmadi 
o`lchanmadi
Paxta+

nitron



2
3


80,29 

80,73
81,90

80,98
95

115
115

110
5,1

7,96
8,09

8,24
Paxta+mod 
nitron




2
3
79,08 

83,33
82,33

82,00
40

70
65

60
1,3

6,61
7,83

8,18



57
Lekin ularning kapillyarligi mutlaqo qoniqarli emas. Shunisi 
qiziqarliki, Paxta — nitron tolalari aralashmasidan iborat kalavalarni
kapillyarligi qoniqarli bo`lmasada, lekin ular katta qiymatga ega. 
Aralashma tarkibini komponentlaridan biri gidrofob tola bo`lsada, bunday
natijaga erishish g’ayritabiiy hodisadir. Bunga sabab, silindr tuzilishidagi 
nitron va (buralgan tuzilishdagi) Paxta tolasidan aralashma tayyorlanganda
kalavada sun`iy ravishda bo`shliqliklar hosil bo`ladi (3.3.-rasm) va bu 
aralashmaning kapillyarligini ortishiga sabab bo`lishi mumkin.

3.3.-rasm. Nitron va Paxta tolalari aralashmasidan iborat kalava.


Nitron tolasini tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikatsiyalash 
natijalasida tolani yuzasida turli bo`shliq va g`adir-budurliklar hosil bo`ladi
[3]. Natijada modifikatsiyalangan nitron bilan Paxta aralashmasi hosil 
qilinayotganda Paxta + nitron aralashmasi kabi bo`shliqlar hosil bo`lmaydi,
shuning uchun ham bunday aralashmaning kapillyaligi Paxta+nitrondagiga 
nisbatan kamdir, bu ham gidrofil tola Paxtadagiga nisbatan yuqori. Olingan
natijalar qoniqarli bo`lmagach izlanishlar boshqa eritmalar bilan olib 
borildi.
Namunalar 
sifatida
faqat

Paxta,
Paxta+nitron, 


hamda
Paxta+modifikatsiyalangan nitron qoldirildi. 

Yetarli darajadagi kapillyarlikka aralashma tarkibidagi yog`


moddalarni chiqarish orqali erishish mumkin. Shuni inobatga olgan holda, 
har uchchala namuna oldin ishqoriy muhitda ohorsizlantiriladi, so`ngra
kislotali muhitda oqartiriladi. Bunda tajriba quyidagicha olib borildi. 
Namunalarga uch hil tarkibga ega bo`lgan eritmalar bilan 15-20 minut
80°C ishlov beriladi, ya`ni: 


58
1. H

2
SO


4

-7 g/l (pH=1)


2. Na

2
CO


3

- 5 g/l (pH=11)


3. NaHSO
3
- 5 g/l (pH=9) 

Ishlov berilgan namunalar yaxshilab yuvilgach bir hil tarkibli


eritmalarda ishlanadi, ya`ni tarkibida massaga nisbatan % larda bo`lgan 
quyidagi tarkibli eritmada ishlov beriladi:
MgC1

2
- 0,05 H


2
O

2


- 2,0
Na
2

SiO
3


- 5,0 OP - 10 - 1 g/l

pH = 5
Olingan natijalar 3.3 — jadvalda keltirilgan.





Download 249.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling