2.6. Rangni ishqalanishga bo`lgan chidamliligini tekshirish
Namuna ho`l va quruq holatda ishqalanishga chidamlilik darajasini
o`lchovchi asbobning old qismiga kiydirilib, metall uzuk bilan mahkamlab
qo`yiladi. Sterjenga oq rangdagi aralash mato namunasi kiydiriladi va
bo`yalgan mato yuzasida 10 marotaba bir tarafga va ikkinchi tarafga 10
marotaba yurgiziladi. Baholash natijasida ikkita sondan iborat bo`lgan ball
qo`yiladi. Birinchisi bo`yalgan matoni rangsizlanishiga va ikkinchisi oq
mato namunasini bo`yalganlik darajasiga tegishli ekanligini bildiradi.
Ho`l ishqalanishga chidamlilik tekshirilganda, sterjendagi oq mato
namunasi oldin ho`llanadi va ish yuqorida ko`rsatilgan tartib bo`yicha
davom etadi[44]
2.7. Aralash quyultiruvchilar tayyorlash uslubiyoti
Hajmi 250 ml bo’lgan kolbada 8 ml 30 % li gidrolizlangan akril
emulsiyasi eritmasi va 0,15% li uniflokdan o’lchab oldik. Ikkinchi xuddi
shunday kolbaga 58 ml suv o’lchab olib, ustiga texnik tarozida 5 g
karboksimetillangan kraxmal tortib olib, yaxshilab aralashtirdik. Hosil
bo’lgan eritmaga natriy metasilikat qo’shib kleyster hosil qilib,
gidrolizlangan akril emulsiyasi va uniflok eritmalarini quyib aralashtirdik.
Hosil bo’lgan aralashmani 85-90
0
C atrofida 15-20 minut aralashtirib turgan
holda qizdirdik. Aralashma bir jinsli bo’lgandan so’ng uni xona
haroratigacha sovutdik. So’ng turli nisbatlarda aralash quyultiruvchilar
tayyorladik.
49
II bob bo’yicha xulosa
Aralash tolalar asosida olingan matolar bo’yash, gul bosish va
yakunlovchi pardozlash jarayonlaridan o’tkazib, ularning xossalarini
o’rganish yuqorida ko’rsatilgan usullar yordamida aniqlandi,tajriba
natijasida xulosalarning bir-biriga yaqinligidan dalolat beradi.
Olib borilgan tajriba ishning natijasini tahlil qilib berishga qulayliklar
yaratadi. Matoning qator mustahkamliklar bo’yicha tajribalari metodik
jihatdan tahlil qilindi. Olib borilgan tadqiqot natijalaridagi tajriba xatoligi
1-2% ni tashkil qiladi.
50
Do'stlaringiz bilan baham: |