O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti 3-2iqt-21 guruh talabasi Azamatov Javlonbekning “Raqamli iqtisodiyot” fanidan mustaqil ishi
Download 140.74 Kb.
|
BURIYEV SODIKJON IBROYIMOVICH
Soliq tizimida qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksizlar o‘ziga xos bo‘lgan o‘ringa ega. Qo‘shilgan qiymat solig‘i Evropa Ittifoqining barcha mamlakatlarida amal qiladi. Etakchi xorijiy mamlakatlardan faqat AQSH va YAponiyada bu soliq qo‘llanilmaydi. Byudjet daromadlarini shakllantirishda bojxona bojlari ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular tovarlar eksporti va importida olinadigan soliqlardir. Keyingi yillarda dunyo xo‘jalik hayotining baynalminallashuvi va xalqaro mehnat taqsimotining yanada rivojlanishi natijasida bojxona bojlarining byudjet daromadlarini shakllantirish manbai sifatidagi roli ham birmuncha pasayib bormoqda. Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar byudjetlari daromadlarining o‘rtacha 14% shu soliq hisobidan tarkib topayapti. Davlat fiskal monopoliyalari yoki fiskal monopol soliqlarda davlat ommaviy iste’molga ega bo‘lgan qandaydir bir mahsulotni (aroq, sigaret va shunga o‘xshashlar) ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilish ustidan monopoliyani o‘rnatadi va o‘rnatilgan monopol bahodan tadbirkorlik daromadi bilan bir qatorda yirik soliqlarni ham undiradi. Davlat byudjetiga kelib tushadigan fiskal monopol soliqlar Fransiya, Italiya, GFR va YAponiya kabi mamlakatlarda qo‘llaniladi. Mahalliy byudjetlarga fiskal nuqtainazardan etarli darajada samarali bo‘lmagan va ikkinchi darajali ahamiyat kasb etuvchi soliqlar biriktiriladi. Mahalliy byudjetlarning ixtiyoriga kelib tushadigan soliqlarning eng asosiysi molmulk solig‘idir. Federativ tuzilishga ega bo‘lgan davlatlarda federatsiya a’zolari byudjetlarining daromadlariga tegishli bo‘lgan masala turlicha hal qilingan. Masalan, AQSHda shtatlarning byudjetlari egri (bilvosita) soliqlarga tayangan bo‘lib, ularning orasida sotuvdan olinadigan soliq bosh rolni o‘ynaydi. GFRda esa aholidan olinadigan daromad solig‘i va korporatsiyalar foydasidan olinadigan soliq bo‘yicha tushumlar ma’lum foizlarda federal byudjet va erlarning byudjetlari o‘rtasida bo‘linadi. Juda ko‘p mamlakatlarda mahalliy byudjetlarga yo‘naltiriladigan soliqlarga nisbatan ustamalar (qo‘shilmalar) qo‘llash amaliyoti joriy etilgan. SHunday bo‘lishiga qaramasdan, mahalliy hokimiyat organlarining o‘z funksiyalarini to‘liq amalga oshirishlari uchun soliqlar, aksariyat hollarda, etarli emasdir. SHu sababli mahalliy byudjetlarga yuqori byudjetdan dotatsiya, subvensiya, kredit va boshqalar shaklida mablag‘lar yo‘naltiriladi. Hozirgi paytda O‘zbekiston hududida qirqdan ortiq soliq va yig‘imlar undiriladi. Ular sonining ana shunday ko‘pligi xilmaxil vazifalarni echish va turlituman funksiyalarni bajarish (amalga oshirish) imkonini bersada, bir vaqtning o‘zida bu narsa, ularni undirish bo‘yicha xarajatlarning ortishiga olib keladi va soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga sharoit yaratadi. Zamonaviy soliq tizimi quyidagilarga qaratilgan bo‘lishi kerak: 1) byudjet daromadlarini to‘liq va o‘z vaqtida mobilizatsiya qilinishini ta’minlash. CHunki busiz davlatning ijtimoiyiqtisodiy siyosatini amalga oshirish mumkin emas; 2) yoppasiga va xo‘jalik yuritishning alohida sohalari bo‘yicha ishlab chiqarish va iste’molni tartibga solish uchun sharoit yaratish. Bunda aholi turli guruhlari daromadlarini shakllantirish va qayta taqsimlashning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinishi kerak. O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi:Download 140.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling