O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti 3-2iqt-21 guruh talabasi Azamatov Javlonbekning “Raqamli iqtisodiyot” fanidan mustaqil ishi
Download 140.74 Kb.
|
BURIYEV SODIKJON IBROYIMOVICH
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Osiyo xalqaro universiteti “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi Bajardi: Talaba: Buriev Sodikjon IbroyimovichMavzu: Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari.Kirish 1bob. Byudjet daromadlari Byudjet daromadlarining mazmunmohiyati va ularni shakllantirish prinsiplari Byudjet daromadlarining tarkibiy tuzilishi va ularning klassifikatsiyasi Soliqlar va soliq tizimi 2bob. Byudjet xarajatlari 2.1. Byudjet xarajatlari: mazmunmohiyati, tarkibi,tuzilmasi va klassifikatsiyasi 2.2. Byudjetdan moliyalashtirish: ta’rifi, prinsiplari,usullari, shakllari va metodlari 2.3. Byudjet normalari (me’yorlari), xarajatlar smetasi 2.4. Byudjet xarajatlarini sarflash masalalariva vazifalari Foydalanilgan Adabiyotlar.Hozirgi paytda byudjet jahondagi har bir davlatning eng muhim institutlaridan biri hisoblanadi. Uning samarali faoliyat ko‘rsatishi iqtisodiy o‘sishning sifatiga va ijtimoiy farovonlikning darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Xuddi shuning uchun ham keyingi yillarda byudjet masalalariga (muammolariga) katta e’tibor bilan qaralayapti. Byudjetda akkumulyasiya qilinayotgan (to‘planayotgan) mablag‘lar davlat hokimiyat organlari va mahalliy o‘zo‘zini boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, ular davlat va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tegishli funksiyalar va vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi. Byudjetning maqsadi resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida ijtimoiy yo‘naltirilgan jamiyatni barpo etishdir. Byudjetning barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning sotsial sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko‘rsatkichlardan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida: “...Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni — 1,6 baravar va 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSH dollaridan oshirish hamda «daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar» qatoriga kirish uchun zamin yaratish. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va yillik inflyasiya darajasini 2023 yilgacha bosqichmabosqich 5 foizgacha pasaytirish. Davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish va 2023 yildan yalpi ichki mahsulotga nisbatan uning 3 foizdan oshib ketmasligini ta’minlash. Har bir tuman byudjetining kamida 5 foizini «Fuqarolar byudjeti» dasturi doirasida aholining takliflari asosida eng dolzarb muammolarni echishga sarflashni tashkil qilish”. Bizning mamlakatimizda zamonaviy byudjetni barpo etish mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq boshlangan edi. Bu narsa mamlakat iqtisodiyoti oldida turgan juda keskin o‘zgarishlarni amalga oshirish sharoitida sodir bo‘lib, ular o‘z navbatida, byudjetning oldida turgan birinchi darajali vazifalarni ham aniqlab berdi. Ularning orasida O‘zbekiston iqtisodiyotini xo‘jalik yuritishning bozor sharoitlariga moslashtirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va milliy iqtisodiyotda investitsion faollikni rag‘batlantirish alohida o‘rinni egallaydi.Download 140.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling