O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti 3-2iqt-21 guruh talabasi Azamatov Javlonbekning “Raqamli iqtisodiyot” fanidan mustaqil ishi
Download 140.74 Kb.
|
BURIYEV SODIKJON IBROYIMOVICH
b) yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun byudjet kreditlari sifatida beriladigan mablag‘lar; v) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar; g) amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo‘lgan mulkni oshirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajatlar; d) byudjet xarajatlarining iqtisodiy turkumlanishiga muvofiq byudjetning kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar kiradi. Byudjetining kapital xarajatlari tarkibida Taraqqiyot byudjeti shakllantirilishi mumkin. Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘zo‘zini boshqarish organlari, byudjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan byudjet xarajatlari, boshqa byudjetlar va iqtisodiyot alohida tarmoqlariga dotatsiya, subsidiya va subvensiya shaklida ko‘rsatiladigan davlat tomonidan qo‘llabquvvatlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar va byudjet xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar byudjetning joriy xarajatlari deyiladi. Aniqroq ravishda byudjetning joriy xarajatlari tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: davlat iste’moli xarajatlari (iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmani, milliy xo‘jalikning davlat darmoqlarini saqlash, fuqarolik va harbiy xarakterdagi tovarlar va xizmatlarni sotib olish, davlat muassasalarining joriy xarajatlari); hokimiyatning quyi organlari, davlat korxonalari va xususiy korxonalarga joriy subsidiyalar; transfert to‘lovlari; davlat qarzlari bo‘yicha foizlarni to‘lash; va boshqa xarajatlar. Bu xarajatlar oddiy byudjetda yoki joriy xarajatlar va daromadlar byudjetida aks etgan chiqimlarga asosan, mos keladi. Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko‘ra, byudjet xarajatlari milliy iqtisodiyotga (xo‘jalikka) qilinadigan xarajatlar va ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo‘llabquvvatlash xarajatlariga bo‘linadi. Bu xarajatlarga, eng avvalo, davlat korxonalari va davlat ulushi bor bo‘lgan korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish, ularni yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy zaxiralarini yaratish xarajatlari kiradi. Byudjetning ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo‘llabquvvatlash xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur bo‘lgan xarajatlardir. Bu xarajatlar iste’mol fondlarini shakllantirish bilan bog‘liq. Ularning bir qismi jamiyat a’zolarining individual ehtiyojlarini, boshqa bir qismi esa butun jamiyatning ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan. Bu erda byudjet xarajatlari ijtimoiy iste’mol fondlarini (mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotlar fondi va boshqalar) shakllantirishni to‘liq, shaxsiy ist’mol fondlarini esa qisman (nomarkazlashtirilgan moliyaviy resurslar bilan birgalikda) ta’minlaydi. SHu bilan birgalikda, byudjet mablag‘larining katta qismi shaxsiy iste’mol fondlarining ijtimoiy iste’mol fondlariga (maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosi o‘rtasidagi farqlarni qoplash, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar fondlari va boshqalar) tegishli bo‘lgan qismini shakllantirishda keng foydalaniladi.Download 140.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling