O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti 3-2iqt-21 guruh talabasi Azamatov Javlonbekning “Raqamli iqtisodiyot” fanidan mustaqil ishi


Byudjet daromadlarining tarkibiy tuzilishi


Download 140.74 Kb.
bet4/11
Sana07.05.2023
Hajmi140.74 Kb.
#1441205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BURIYEV SODIKJON IBROYIMOVICH

    • Byudjet daromadlarining tarkibiy tuzilishi

    • va ularning klassifikatsiyasi
      Byudjet daromadlari o‘zlarining manbalari, ijtimoiyiqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to‘lovlarning turi, mablag‘larning tushish shakli, ularni byudjetga undirish metodlari va hokazolarga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin.
      Eng avvalo, byudjet daromadlari o‘zlarining manbalariga ko‘ra quyidagi uch guruhga bo‘linadi:
  • soliqli daromadlar;
  • nosoliqli daromadlar;
  • tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o‘tkaziladigan pul mablag‘lari.

  • Byudjetning soliqli daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig‘imlari, mahalliy soliqlar va yig‘imlar, bojxona bojlari, boj yig‘imlari va boshqa boj to‘lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat.
    Nosoliqli daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
  • davlat mulkini foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng);
  • byudjet tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan haqli (to‘lovli) xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng);
  • fuqarolikhuquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo‘llash natijasida olingan mablag‘lar, jumladan, jarimalar, konfiskatsiyalar, kompensatsiyalar va davlat sub’ektlariga etkazilgan zararlarni tiklash bo‘yicha olingan mablag‘lar va majburiy undirilgan boshqa mablag‘lar;
  • moliyaviy yordam ko‘rinishidagi daromadlar (byudjet ssudalari va byudjet kreditlaridan tashqari);
  • boshqa soliqsiz daromadlar.

  • Byudjet daromadlarining tarkibiga tushumlarning quyidagi ko‘rinishlari hisobga olinishi mumkin:
  • davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara haqi yoki boshqa ko‘rinishda olinadigan mablag‘lar;
  • kredit muassasalaridagi hisob varaqlarida byudjet mablag‘larining qoldig‘i bo‘yicha foizlar ko‘rinishida olinadigan mablag‘lar;
  • davlat mulkiga tegishli bo‘lgan molmulkni garovga yoki ishonchli boshqaruvga berishdan olinadigan mablag‘lar;
  • qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan byudjet mablag‘laridan foydalanganlik uchun haq;
  • davlatga qisman tegishli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalining hissasiga yoki aksiyalar bo‘yicha dividentlarga to‘g‘ri keladigan foyda ko‘rinishidagi daromadlar;
  • davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng);
  • davlatga tegishli bo‘lgan molmulkdan foydalanish natijasida olinadigan qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa daromadlar.

  • Byudjet daromadlar qismini to‘ldirishning manbalaridan biri byudjet tizimida boshqa darajada turgan byudjetdan dotatsiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar yoki mablag‘larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag‘larni oluvchi byudjetning daromadlarida o‘z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan shaklda o‘tkazilayotgan mablag‘lar ham byudjetning shunday daromadlari tarkibiga kiradi.

    Download 140.74 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling