O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti 3-2iqt-21 guruh talabasi Azamatov Javlonbekning “Raqamli iqtisodiyot” fanidan mustaqil ishi
Download 140.74 Kb.
|
BURIYEV SODIKJON IBROYIMOVICH
Soliqlar va ularning funksiyalari bazis munosabatlarini o‘zida aks ettiradi. Ular soliq mexanizmini tashkil etadigan turli xildagi instrumentlar (soliq stavkalari, soliqqa tortish usullari, soliq imtiyozlari va shunga o‘xshashlar) orqali soliq siyosatini yurgizishda davlat tomonidan foydalaniladi. Soliqlarning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: soliq sub’ekti – qonun bo‘yicha soliqni to‘lovchi shaxs (yuridik yoki jismoniy); soliq ob’ekti – mavjudligi uning egasini soliqqatortishga asos bo‘ladigan predmet (molmulk, er va boshqalar); soliq manbai – hisobidan soliq to‘lanadigan daromad (ish haqi, foyda, foiz va boshqalar); soliqqa tortish birligi soliq – ob’ektini o‘lchash birligi (masalan, er solig‘i bo‘yicha erning bir gektari); soliq stavkasi – soliqqa tortish birligiga nisbatan o‘rnatilgan soliqning miqdori (o‘lchami). Ular regressiv, proporsional va progressiv stavkalarga bo‘linganligi uchun soliqlar ham regressiv, proporsional va progressiv bo‘ladi. Regressiv soliqlarda daromadning o‘sib borishi bilan uni soliqqa tortish foizi kamayadi. Tovarlarning bahosidan undiriladigan egri (bilvosita) soliqlar doimo regressivdir. Proporsional soliqlarda daromadning miqdoriga (o‘lchamiga) bog‘liq bo‘lmagan holda ular bir xil stavkada undiriladi. Progressiv soliqlarda esa daromadlarning ortib borishiga qarab soliqning stavkasi ham ortib boradi. Progressiyalar oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Oddiy progressiyada soliqning stavkasi daromadning barcha qismi uchun ortadi (oshadi). Murakkab progressiyada esa soliq to‘lovchining daromadi qismlarga bo‘linadi va uning har bir qismiga nisbatan tegishli soliq stavkasi qo‘llaniladi; soliq imtiyozlari – amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda soliq to‘lovchini soliq to‘lashdan to‘liq yoki qisman ozod qilish; soliqqa tortiladigan baza (asos, negiz) unga nisbatan soliq stavkasi qo‘llaniladigan daromad. Soliq to‘lovchining yalpi daromadidan amaldagi qonunchilik bo‘yicha taqdim etilgan soliq imtiyozlarini chegirish orqali aniqlanadi; soliq okladi – uning sub’ekti tomonidan to‘lanadigan soliq summasi; soliq tizimi – mamlakat territoriyasida amal qiladigan soliqlar, ular tuzilishining metodlari va prinsiplari majmui. Soliqqa tortishni boshqarishning tashkiliyhuquqiy normalari va metodlarining jami majmuiga soliq mexanizmi deyiladi. Davlat soliq mexanizmiga soliq qonunchiligi orqali yuridik shakl beradi va u orqali iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatib, uni tartibga solib turadi. Soliq mexanizmidan foydalanishning samaradorligi davlat tomonidan soliqlarning ichki mohiyati, ularning harakatlanish qonunlari va qaramaqarshiliklari qanday hisobga olinganligiga bog‘liq. Bir tomondan soliqlar va ular funksiyalarining, ikkinchi tomondan, soliq siyosati va soliq mexanizmining chegaralanganligi soliqlarning ob’ektivligini va davlat faoliyatining sub’ektivligini tushunishga imkon beradi. Soliq siyosati va soliq mexanizmi jamiyatda soliqlarning o‘rnini aniqlab beradi va bu narsa davlatning faoliyati bilan uzviy bog‘langandir. Ularning har ikkalasi doimiy harakatda bo‘lib, davlatning iqtisodiy siyosatiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. YAngi iqtisodiy konsepsiyalarga muvofiq ravishda soliq siyosati va soliq mexanizmi qayta ko‘rib chiqiladi. Umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig‘imlar, ularni o‘rnatish, o‘zgartirish va bekor qilishning prinsip, shakl va metodlari, to‘lash va ularning to‘lanishini ta’minlash bo‘yicha choralarni qo‘llash, soliq nazoratini amalga oshirish, javobgarlikka tortish va soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik choralari majmuiga soliq tizimi deyiladi. Zamonaviy soliq tizimi ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining talablariga asoslanadi.Download 140.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling