O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti 3-2iqt-21 guruh talabasi Azamatov Javlonbekning “Raqamli iqtisodiyot” fanidan mustaqil ishi
Download 140.74 Kb.
|
BURIYEV SODIKJON IBROYIMOVICH
Byudjet daromadlari davlatning markazlashtirilgan moliyaviy resurslari bir qismidan iborat bo‘lib, davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarurdir. Ular pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarni o‘zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat organlarining ixtiyoriga kelib tushadi. Qayd etilganlarni inobatga olgan holda, unga byudjet daromadlarining ma’nomazmunini ifodalovchi quyidagicha ta’rif berish mumkin: pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keluvchi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarni o‘zida ifoda etadigan, hokimiyat organlarining turli darajalari ixtiyoriga kelib tushadigan, davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan davlat markazlashtirilgan moliyaviy resurslarining bir qismi byudjet daromadlari deyiladi. Mamlakatlarning davlat tuzilishiga bog‘liq ravishda byudjet daromadlari quyidagicha farqlanadi: markaziy (davlat) byudjet(i) daromadlari; unitar (yagona) davlatlardagi mahalliy byudjetlar daromadlari. Federativ (ittifoqchilik) tuzilish(i)ga ega bo‘lgan davlatlarda byudjet daromadlarining bu ikki ko‘rinishi federatsiya a’zolari byudjetlarining daromadlari bilan to‘ldiriladi. Byudjet daromadlari davlatning daromadlariga nisbatan torroq bo‘lgan tushunchadir. CHunki davlat daromadlari hokimiyat barcha darajalari byudjetlarining moliyaviy mablag‘lari bilan birgalikda yana o‘zining tarkibiga davlat nobyudjet fondlari va barcha davlat sektoriga tegishli bo‘lgan boshqa resurslarni ham qamrab oladi. Byudjet daromadlarining asosiy moddiy manbai milliy daromaddir. Agar davlatning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun milliy daromad etarli bo‘lmasa, davlat bunday ehtiyojni qondirishga milliy boylikni jalb etishi mumkin. Bu erda milliy boylik deyilganda ma’lum bir davrda jamiyatning ixtiyorida bo‘lgan, hozirgi va o‘tgan avlodning mehnatlari evaziga yaratilgan moddiy ne’matlar hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan tabiiy resurslar majmui nazarda tutilayapti. Milliy daromadni davlat tomonidan davlatlashtirish (davlat ixtiyoriga o‘tkazish) turli metodlar yordamida amalga oshiriladi. Soliqlar, davlat krediti va pul emissiyasi davlat hokimiyat organlari tomonidan milliy daromadni qayta taqsimlash va byudjet daromadlarini shakllantirish uchun foydalanilayotgan metodlarning asosiylari bo‘lib hisoblanadi. Bu metodlar o‘rtasidagi nisbat mamlakatlar va davrlar bo‘yicha turlicha bo‘lib, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat, ijtimoiyiqtisodiy va boshqa qaramaqarshiliklarning o‘tkirlik darajasi, davlatning moliyaviy siyosati va moliyaviy ahvoli bilan belgilanadi. Milliy daromadni qayta taqsimlashning asosiy metodi soliqlar hisoblanadi. Ular yordamida byudjet daromadlarining asosiy salmog‘i ta’minlanadi. Turli mamlakatlar markaziy byudjetlarining daromadlarida soliq tushumlari qariyb 90%ni tashkil etadi. Federatsiya a’zolari va mahalliy byudjetlar daromadlarida soliqlarning salmog‘i nisbatan pastroqdir. Bu byudjetlar biriktirilgan (tegishli byudjetlarning o‘z daromadlari) va tartibga keltiruvchi (byudjet tizimining yuqori bo‘g‘inidan quyi bo‘g‘iniga beriladigan daromadlar) daromadlar hisobidan shakllantiriladi.Download 140.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling