O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti 3-2iqt-21 guruh talabasi Azamatov Javlonbekning “Raqamli iqtisodiyot” fanidan mustaqil ishi


Download 140.74 Kb.
bet11/11
Sana07.05.2023
Hajmi140.74 Kb.
#1441205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BURIYEV SODIKJON IBROYIMOVICH

Funksional nuqtainazardan byudjet xarajatlarining klassifikatsiya qilinishi ijtimoiy faoliyat sohalariga pul mablag‘larining yo‘naltirilganligini aks ettiradi. Bunda byudjet xarajatlari quyidagi yirik guruhlarga bo‘linishi mumkin: davlat boshqaruvi va mahalliy o‘zo‘zini boshqarish; sud hokimiyati; xalqaro faoliyat; milliy mudofaa; huquqni muhofaza qilish va davlat xavfsizligini ta’minlash; fundamental tadqiqotlar va ilmiytexnika taraqqiyotini ta’minlash; sanoat, energetika va qurilish; qishloq xo‘jaligi va baliqchilik; atrofmuhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish, gidrometeorologiya, xaritashunoslik va geodeziya; transport, yo‘l xo‘jaligi, aloqa va informatika; uyjoy kommunal xo‘jaligi; maorif; sog‘liqni saqlash va jismoniy tarbiya; madaniyat, san’at va kinematografiya; ommaviy axborot vositalari; davlat qarziga xizmat qilish; boshqa darajadagi byudjetlarga moliyaviy yordam; maqsadli byudjet fondlari; davlat zaxiralari va rezervlarini to‘ldirish; ijtimoiy siyosat; va boshqa xarajatlar. Byudjet xarajatlarining yuqoridagi tartibda klassifikatsiya qilinishi ijtimoiy hayotning turli jabhalarida davlatning rolini ko‘rsatadi. Byudjet xarajatlarining tarmoq belgisi bo‘yicha guruhlarga ajratishning asosiga milliy iqtisodiyot (xo‘jalik)ning umume’tirof etilgan tarmoqlarga bo‘linishi qabul qilingan. SHunga muvofiq ravishda byudjet xarajatlari sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa, maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi, mudofaa va h. k. xarajatlariga bo‘linishi mumkin. Byudjet xarajatlari milliy iqtisodiyot (xo‘jalik) tarmoqlarining pul fondlarini shakllantirishda mustahkam moliyaviy asosni yaratish bilan birgalikda, xarajatlarning tarmoqlararo bo‘linishi moliyaviy resurslarni taqsimlashdagi nisbatlarni aniqlashga ham imkon beradi, milliy xo‘jalikning tarmoq tarkibiy tuzilishini kerakli yo‘nalishda o‘zgartiradi.

Masalan, hozirgi paytda mamlakatimizda yaratilgan milliy daromadning hajmi byudjet mablag‘larining katta qismini ijtimoiy soha va aholini bevosita ijtimoiy qo‘llabquvvatlashga yo‘naltirish imkonini berayapti. Bir vaqtning o‘zida iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarining (mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, elektroenergetika va boshqalar) katta masshtablarda byudjetdan moliyalashtirilishi ham ta’minlanayapti. Idoraviy belgiga ko‘ra, byudjet xarajatlarining klassifikatsiya qilinishi byudjet assignovaniyalarini oluvchi vazirlik, boshqa davlat muassasasi yoki yuridik shaxsning ajratib olinishiga imkon beradi. Byudjet xarajatlarining ana shunday klassifikatsiya qilinishi natijasida boshqaruv tizimining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar tuzilmasidagi o‘zgarishlar o‘z vaqtida ko‘rsatiladi. Ijtimoiy mo‘ljallanganligi bo‘yicha byudjet xarajatlarining iqtisodiy guruhlarga ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarni o‘zida aks ettiradi. Ana shunga muvofiq ravishda byudjetning barcha xarajatlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: ijtimoiy soha va aholini ijtimoiyqo‘llabquvvatlash xarajatlari; milliy xo‘jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar; harbiy (mudofaa) xarajatlar(i); boshqaruv xarajatlari; rivojlanayotgan mamlakatlarga subsidiyalar va kreditlar taqdim etish xarajatlari. Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llabquvvatlash xarajatlari o‘z tarkibiga maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga ijtimoiy nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funksiyasini o‘zida aks ettirib, bu guruhdagi byudjetning xarajatlari xalq ta’limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga, fan va madaniyatni moliyalashtirishga, aholining tibbiy xizmatga bo‘lgan talabini (ehtiyojini) qondirishga, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishga keng yo‘l ochib beradi. Ta’lim va sog‘liqni saqlashning tekinligi hamon ustuvorligicha qolayapti. Umumiy ta’limni tekin va kasbiy ta’limni tanlov asosida olish kafolatlanganligicha qolmoqda. Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishga katta e’tibor berilmoqda. Ish haqining eng kam darajasini oshirish, ishsizlik bo‘yicha berilishi lozim bo‘lgan nafaqalarning miqdorini ko‘paytirish, maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar, maktab o‘quvchilari, studentlarning ovqatlanish xarajatlarini kompensatsiya qilish, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqini tartibga solish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Milliy xo‘jalikka (iqtisodiyotga) byudjetdan xarajatlarning qilinishi davlatning hamon xo‘jalik yurituvchi asosiy sub’ektlardan biri ekanligidan darak beradi. Aynan bu xarajatlar katta masshtablarda yangi sanoat korxonalarini qurish, zamonaviy industrial asosda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyot boshqa tarmoqlarining texnikaviy qayta qurollanishini ta’minlashga imkon yaratadi. SHuning uchun ham hozirgi sharoitda byudjetning bu xarajatlari orasida iqtisodiyotga xarajatlar va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari alohida o‘rinni egallaydi.


E`TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT!...
Download 140.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling