O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti 3-2iqt-21 guruh talabasi Azamatov Javlonbekning “Raqamli iqtisodiyot” fanidan mustaqil ishi
bob. Byudjet xarajatlari 2.1. Byudjet xarajatlari: mazmunmohiyati, tarkibi, tuzilmasi va klassifikatsiyasi
Download 140.74 Kb.
|
BURIYEV SODIKJON IBROYIMOVICH
2bob. Byudjet xarajatlari 2.1. Byudjet xarajatlari: mazmunmohiyati, tarkibi, tuzilmasi va klassifikatsiyasi Davlatning o‘z funksiyalari va vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq ravishda vujudga kelgan chiqimlar byudjet xarajatlari deyiladi. Bu chiqimlar davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag‘larini turli yo‘nalishlar bo‘yicha foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarini ifodalaydi. Byudjet xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya sifatida byudjetning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, unga tegishli bo‘lgan umumiy xususiyatlarga egadir, ya’ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bog‘langan va davlat tomonidan tashkil qilinadi. SHu bilan birgalikda byudjet xarajatlari bir butunning o‘ziga xos qismi bo‘lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag‘laridan foydalanish va tegishli fondlarni shakllantirish bilan bog‘liqdir. Bu taqsimlash munosabatlarining moddiybuyumlashgan shakli turli sohalarga yo‘naltirilayotgan byudjet mablag‘larining harakatidan iborat. Byudjet xarajatlarining iqtisodiy mohiyati uning turlituman ko‘rinishlari (turlari) orqali namoyon bo‘ladi. Xarajatlarning har bir turi esa o‘zining miqdoriy va sifat xarakteristikasiga ega. Bunda ularning sifat xarakteristikasi voqelikning iqtisodiy tabiatini ifodalab, byudjet xarajatlarining mo‘ljallanganligini, miqdoriy xarakteristikasi esa ularning o‘lchamini (miqdorini, hajmini) aniqlashga imkon beradi. Byudjet xarajatlari chiqimlarning konkret turlari orqali namoyon bo‘ladi. Byudjet xarajatlari konkret turlarining xilmaxilligi esa, o‘z navbatida, quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisodiy tabiati va funksiyalari; mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot darajasi; byudjetning milliy iqtisodiyot bilan bog‘langanligi; iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganlik darajasi; byudjet mablag‘larining namoyon bo‘lish shakllari va h. k. Bu omillarning qo‘shilishi ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida har qanday davlat byudjet xarajatlarining u yoki bu tizimini vujudga keltiradi. Jamiyatning iqtisodiy hayotida byudjet xarajatlarining roli va ahamiyatini aniqlash uchun ularni ma’lum belgilarga ko‘ra turkumlashtirish maqsadga muvofiq. Nazariya va amaliyotda byudjet xarajatlarini klassifikatsiya qilishning bir necha belgilari mavjud. Ular o‘zlarining iqtisodiy mazmuni, funksionalligi, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari yoki idoraviy bo‘linishi, ijtimoiy mo‘ljallanganligi bo‘yicha hududiy turkumlanishi, ma’lum maqsadlari va yuridik nuqtainazardan yoki davlat boshqaruvi darajasiga ko‘ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin. Eng avvalo, o‘zining iqtisodiy mazmuniga ko‘ra byudjet xarajatlari kapital va joriy xarajatlarga bo‘linadi. Bu xarajatlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga ularning qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ifoda etadi. Byudjetning kapital xarajatlari innovatsion va investitsion faoliyatga yo‘naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga: a) tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun mo‘ljallangan xarajatlar;Download 140.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling