O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti 3-2iqt-21 guruh talabasi Azamatov Javlonbekning “Raqamli iqtisodiyot” fanidan mustaqil ishi
Download 140.74 Kb.
|
BURIYEV SODIKJON IBROYIMOVICH
Soliqlarning fiskal funksiyasi ularning asosiy funksiyasi bo‘lib, bu barcha davlatlar uchun xarakterlidir. Bu funksiya yordamida davlat pul fondlari, ya’ni davlatning faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy asos yaratiladi. Xuddi shu funksiyaning o‘zi milliy daromad qiymatining bir qismini jamiyatning eng kam ta’minlangan ijtimoiy qatlamlari foydasiga qayta taqsimlash uchun real imkoniyatni vujudga keltiradi. Jamiyat rivojlanishi iqtisodiy darajasining oshib borishiga muvofiq ravishda soliqlar fiskal funksiyasining ahamiyati ham o‘sib boradi. Insoniyat taraqqiyotining XX asri va XXI asrining boshlari soliqlarni undirish hisobidan davlat daromadlarining juda katta o‘sishi bilan xarakterlanadiki, bu narsa, o‘z navbatida, davlat funksiyalarining kengayishi va hokimiyat tepasida bo‘lgan ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan ma’lum bir siyosatning hayotga tatbiq etilishi bilan bog‘liqdir. Keyingi yillarda davlat iqtisodiy va ijtimoiy (sotsial) tadbirlarga, mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va boshqaruv apparatini saqlashga katta miqdordagi moliyaviy mablag‘larni sarflamoqda. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan so‘ng dunyoning rivojlangan mamlakatlarida soliqli daromadlar o‘sishining yuqori sur’atlari xos bo‘lib, bu narsa faqatgina iqtisodiyotning tiklanishi bilan emas, balki o‘tgan asrning 6070yillarida G‘arbning juda ko‘p mamlakatlarida takror ishlab chiqarish sharoitlarining yomonlashuvi bilan ham izohlanadi. XX asr 80yillarining o‘rtalarida soliq tushumlari sekinlashdi va ularning milliy daromaddagi salmog‘i barqarorlashdi. Ammo, shunday bo‘lishiga qaramasdan, milliy daromadni qayta taqsimlashda davlat salmog‘ining yuqoriligi hamon saqlanib qolmoqda. Soliqlarning fiskal funksiyasi iqtisodiy munosabatlarga davlatning aralashuvi uchun ob’ektiv shartsharoitni yaratadi, ya’ni u tartibga solish funksiyasini taqozo etadi. Tartibga solish (rahbatlantirish) funksiyasi qayta taqsimlash jarayonlarining faol ishtirokchisi sifatida soliqlarning takror ishlab chiqarishga uning sur’atlarini rag‘batlantirib yoki to‘sqinlik qilib, kapitalning jamg‘arilishini kuchaytirib yoki susaytirib, aholining to‘lovga qobiliyatli talabini kengaytirib yoki qisqartirib keskin ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini anglatadi. Milliy daromadni mobilizatsiya qilishning soliq metodini davlat tomonidan kengaytirilishi orqali soliqlarning ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilari bilan doimiy ravishda to‘qnash kelishiga sabab bo‘lib, bu narsa unga mamlakat iqtisodiyotiga va takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlariga ta’sir ko‘rsatish uchun real imkoniyat yaratadi. Ilmiytexnika taraqqiyoti sharoitida ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi ishlab chiqarish jarayoniga davlatning aralashuvi uchun ehtiyojni vujudga keltiradi. Bu narsa soliqli tartibga solishni (rahbatlantirishni) yangi pog‘onaga ko‘tardi. Daromadlarni soliqqa tortishning kengayishi bilan korxonalarning foydasi va aholining daromadlari asosiy soliq ob’ektlariga, jismoniy va yuridik shaxslar esa, asosiy soliq sub’ektlariga aylanadi. Soliqlar jami talab darajasi va uning tuzilmasiga ta’sir ko‘rsatadi. Ular, bir vaqtning o‘zida, talabning bozor mexanizmi orqali ishlab chiqarishning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi yoki uning rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Soliqlarning miqdori (hajmi) mehnatga haq to‘lashning darajasini aniqlashga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. CHunki ular soliq to‘lovlarining tarkibiga kiritiladi. Tadbirkorlar uchun ishlab chiqarish quvvatlarini realizatsiya qilish yoki ulardan foydalanish jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlar bahosi bilan ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi nisbat ham soliqlarga bog‘liq.Download 140.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling