Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tаъlim vаzirligi buxoro dаvlаt universiteti
Download 174.69 Kb.
|
Loyiha hayot davri. Ilhomiddin
Loyixa obʼektlari va subʼektlari.
Loyixa raxbari – yuridik shaxs boʼlib, unga buyurtmachi va investor loyixani boshqarishda, ishlarni boshqarishda xisobot beradi: rejalashtirish, nazorat va loyixaning barcha ishtirokchilari ishlarini boshqarish. Loyixaning raxbarining vazifalari va javobgarliklari tarkibi buyurtmachi bilan boʼlgan shartnoma asosida aniqlanadi. Lekin loyixa raxbari va uning jamoasi oldida odatda belgilangan muddatlar, byudjet va sifatga amal qilib loyixaning maʼlum maqsad va natijalariga erishguncha loyixaning xayotiy sikli davomida umum faoliyat raxbarligi va ishlar koordinatitsiyasi vazifasi qoʼyiladi. Loyixa jamoasi – maxsus tashkiliy struktura boʼlib, loyixa raxbari tomonidan boshqariladi va loyixani amalga oshirish davrida shakllantiriladi. Loyixa jamoasi vazifasi – loyixaning maqsadlari samarasiga erishishda loyixaning boshqaruv vazifalarini amalga oshirish. Loyixa jamoasi tarkibi va vazifalari loyixaning koʼlami, murakkabligi va boshqa xarakteristikalarga bogʼliq; lekin xar qanday xolatda jamoa oʼzlariga yuklatilgan barcha majburiyatlarni yuqori professional darajada taʼminlab berishi kerak. Shartnomachi – loyixaning tomoni yoki ishtirokchisi boʼlib, buyurtmachi bilan oʼzaro munosabatda boʼladi, shartnoma boʼyicha ishlarni bajaralishi uchun javobgarlikni oʼz boʼyniga oladi – bu loyixaning toʼliq yoki bir qismi boʼlishi mumkin. Shartnomachi maqsadi – mumkin boʼlgan eng yuqori foyda olish. Аsosiy shartnomachi vazifalariga buyurtmachi bilan shartnoma tuzish, subshartnomalar bilan shartnoma tuzish va tanlash, ularning ishlarini boshqaruvini taʼminlash, bajaruvchilar ishlarini qabul qilish va toʼlash. Shartnomachi sifatida loyixa raxbari yoki loyixaning boshqa aktiv ishtirokchilari chiqishi mumkin. Subshartnomachi – yuqoriroq darajadagi shartnomachi yoki subshartnomachi bilan shartnoma aloqalariga kirishida. Shartnoma boʼyicha ish va xizmatlarni bajarishga javobgardir. Loyixalovchi – yuridik shaxs boʼlib, loyixa doirasida loyixaviy izlanish ishlarini shartnoma boʼyicha bajaradi. Loyixaning asosiy shartnomachisi yoki bevosita buyurtmachi bilan shartnoma aloqalariga kirishadi. Аsosiy vositachi – yuridik shaxs boʼlib, uning taklifi buyurtmachi tomonidan qabul qilingan. Shartnoma asosida ishlarni bajaralishiga javobgar. Аloxida ishlar va xizmatlarni bajarishga subvositachilar bilan shartnomalar tuzadi va tanlaydi. Qurilish loyixalarida asosiy vositachi vazifasini odatda qurilish yoki loyixa-qurilish firmalari va tashkilotlari bajaradi. Taʼminotchilar – subshartnomachilar, ular shartnoma asosida turli xil yetkazib berish ishlari – materiallar, uskunalar, transport vositalari va boshqalarni amalga oshiradi. Ruxsatnoma beruvchilar – tashkilotlar boʼlib, yer maydoniga egalik qilish xuquqi, savdo qilish, maʼlum turdagi ish va xizmatlar va xokazolar uchun ruxsat beradi. Xukumat tashkilotlari – oʼz manfaatlarini loyixa ishtirokchilarida soliq solish yoʼli bilan qondiruvchi tomon boʼlib, loyixani amalga oshirish bilan bogʼliq. Ekologik, ijtimoiy va boshqa umumiy va davlat talablarini olgʼa suradi va qoʼllaydi. Yer maydoni egasi – yuridik yoki jismoniy shaxs boʼlib, loyixa jalb qilingan yer maydoni egasidir. Yerga egalik qilish yoki foydalanish xuquqini shartnoma asosida beradi va buyurtmachi bilan aloqaga kirishadi. Loyixaning yakuniy maxsuloti ishlab chiqaruvchisi – xosil boʼlgan asosiy foizlardan foydalanishni amalga oshiradi va yakuniy maxsulotni ishlab chiqaradi. Аsosiy maqsad – tayyor maxsulotni isteʼmolchilarga sotishdan daromad olish. Loyixaning barcha bosqichlarida ishtirok etadi va loyixaning asosiy ishtirokchilari bilan oʼzaro munosabatga kirishadi. Uning roli va vazifasi loyixaning yakuniy natijalarida mulk xissasiga bogʼliq. Koʼp xollarda loyixa buyurtmachisi va investordir. Yakuniy maxsulot isteʼmolchilari – yuridik va jismoniy shaxslar boʼlib, maxsulot sotib oluvchilari va foydalanuvchilaridir, ishlab chiqarilayotgan maxsulot va koʼrsatilayotgan xizmatlarga talablarni belgilab unga talabni shakllantirishadi. Loyixa xarajatlari isteʼmolchilar vositalari xisobiga qoplanadi va loyixaning barcha ishtirokchilari foydasi shakllanadi. Loyixaning boshqa ishtirokchilari. Loyixani amalga oshirishga loyixa muxitining boshqa tomonlari xam taʼsir koʼrsatib, ular loyixa ishtirokchilari boʼlishi xam mumkin, bu: asosiy ishtirokchilarning raqiblari; loyixani amalga oshirishda iqtisodiy manfaatlari toʼqnashadigan ijtimoiy guruxlar va noiqtisodiy loyixa xomiylari; turli injenerlik tashkilotlari, (loyixaga jalb etilgan) va boshqalar. 1)fan soxasi – maqsadlar, vazifalar, ish va asosiy natijalar yaʼni «loyixani amalga oshirish» uchun nima qilish kerak? xamda uning qulayliklari va murakkabligi, belgilangan muddatlari. 2)Loyixani amalga oshirish jarayoniga jalb qilingan mulkiy aloqalar (nima, qancha turadi va kimga tegishli?). 3)Loyixani amalga oshirishning asosiy gʼoyalari (qanday bajarish?) 4)Loyixaning asosiy aktiv ishtirokchilari (kim bajaradi ?) 5)Loyixaning asosiy passiv ishtirochilari. (loyixa kimga tegishli?) 6)Loyixa ishtirokchilari ragʼbati qanday? (taxliliy daromad, zarar, xatarchilik va xokazo). Bu savollarga javob topish orqali loyixa ishtirokchilarini aniqlab olish mumkin, ularning maqsadlari, ragʼbati va oʼzaro munosabatlarini belgilaydi va bu asosda loyixani tashkillash va boshqarish boʼyicha asosli qarorlarni qabul qilishga yordam beradi. Loyixa bilan bogʼliq markaziy tushunchalardan biri loyixaning maqsad va vazifalari xisoblanadi. Maqsad – bu maʼlum vaqt oraligʼida erishilgan qoniqarli faoliyat natijasi. Vazifa – bu miqdoriy maʼlumotlar yoki bu natija paramertlari toʼlanishi bilan xarakterlanadigan va belgilangan vaqt oraligʼida erishiladigan faoliyatning qoniqarli natijasidir. Demak, agar maqsadning erishishi muddati belgilangan va qoniqarli natijaning miqdoriy xarakteristikalari berilgan boʼlsa, maqsad vazifaga aylanadi. Bundan tashqari shu narsa aniqki, maqsad vazifaga nisbatan umumiyroq kategoriya: unga bir qator masalalarni yechish natijasida erishish mumkin. Bundan kelib chiqadiki, maqsadlarni vazifalarga nisbatan tartiblash mumkin. Maqsad – bu «loyixaning umumiy vazifasini amalga oshirishning isbotlanadigan natijasi va berilgan shartlari». Xar bir loyixa uchun bir qator oʼzaro maqsadlarini qurish mumkin. Bu esa loyixa strukturasi va uning ishtirokchilarini aks ettiradi. Loyixaning maqsadlariga erishish darajasi aniqlash imkoniyatlari uchun mos oʼlchov (kriteriya)larni tanlash zarur. Bu oʼlchovlar asosida loyixa maqsadlariga erishish maqsadlarida alьternativ qarorlarni baxolash mumkin. Maqsadlar loyixaning «yoʼl qoʼyilgan qarorlar soxasi»da boʼlishi kerak. Bir marta shakllantirilgan maqsadlar oʼzgarmas bir narsa deb qaralmasligi lozim. Loyixani amalga oshirish davomida oʼzgarishlar taʼsiri ostida loyixa va olingan oraliq natijalar atrofida loyixa maqsadlari oʼzgarishlarga duchor boʼlishi mumkin. Shuning uchun maqsadning qoʼyilishini uzluksiz dinamik jarayon deb qaralib, unda mavjud xolatlar tendentsiyalar taxlil qilinadi va zarur vaqtda maqsadlar toʼgʼrilanishi mumkin. Loyixaning maqsad taʼrifi, loyixaning natijalari tugash muddati, xarajatlar va maqsadning oʼzgarish tartibi, oʼzaro bogʼliq maqsadlari,ierarxiyasi aniq bir tomonlama belgilangan shaklda oʼz aksini topishi kerak. Loyixaning maqsad taʼrifi loyixaning muximligini belgilaydi. Maqsadlarini, loyixaning tarkibi, maqsadlari loyixani amalga oshirish jarayonlarini rejalashtirish va nazorat qilishni aniqlash va tushunib yetish uchun loyixa strukturasini aniqlash va qurish zarur. Buning asosida turli darajada detallashtirish bilan taqdim qilingan loyixaning oʼzaro bogʼliq elementlari va jarayonlarining jami tushiniladi. Loyixa strukturasi oʼzining turli ishtirokchilari uchun loyixani rejalashtirish va nazorat qilishga zarur va yetarli boʼlgan loyixani tarkibiy qismlariga (element, modul) boʼlimning ierarxik shaklini bildiradi. Download 174.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling