Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tаъlim vаzirligi buxoro dаvlаt universiteti


Download 174.69 Kb.
bet4/12
Sana17.06.2023
Hajmi174.69 Kb.
#1524271
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Loyiha hayot davri. Ilhomiddin

Iqtisodiy loyixalar.
Korxonalarni xususiylashtirish, auditorlik tizimini tashkillashtirish, yangi soliq tizimini kiritilishi – bu oʼzining xususiyatlariga ega boʼlgan barcha iqtisodiy loyixalar: loyixaning maqsadi tizimning iqtisodiy koʼrsatkichlari ishlashining yaxshilanishi xisoblanadi, shuning uchun ularni avvalroq koʼrib chiqilgan xolatlarga nisbatan baxolash qiyinroqdir; maqsadlar taxminan belgilanadi, lekin loyixani siljib borishi boʼyicha toʼgʼrilanishini (korrektirovka) talab qiladi; loyixa muddatlari xam xuddi shunday, loyixa uchun resurslar zaruriyat yuzasidan imkoniyat doirasida taqdim etiladi; xarajatlar taxminan aniqlanadi, iqtisodiyligi nazorat qilinadi va loyixani siljib borishi aniqlanadi. Bu shuni bildiradiki, iqtisodiy natijalarga belgilangan muddatlarda oʼrnatilgan xarajatlar asosida erishilishi kerak, resurslar talab boʼyicha taqdim etiladi.
Ijtimoiy loyixalar.
Ijtimoiy taʼminot tizimini qayta qurish, sogʼliqni saqlash, axolining kam taʼminlangan tabaqalarini ijtimoiy ximoya qilish, tabiiy va ijtimoiy siljishlar oqibatlarini yengib oʼtish – bularning barchasi oʼz xissasiga ega ijtimoiy loyixalardir: maqsadlar faqat oraliq natijalarga erishish doirasida toʼgʼrilanishi kerak va koʼzda tutiladi, ularni miqdor va sifat jixatdan baxolash ancha murakkablashgan; loyixaning muddati va davomiyligi taxmininy omillarga bogʼliq yoki faqat belgilanadi va oqibatda aniqlanishi zarur; loyixa xarajatlari, odatda byudjet assignatsiyalariga bogʼliq; resurslar talab boʼyicha imkoniyat doirasida ajratiladi. Ijtimoiy loyixalar yuqori aniqlikka ega.
Loyixaning amalga oshirilishi maʼlum ichki dinamik va tashqi muxit qurshovida yuz berib, unga maʼlum taʼsirini oʼtkazadi. Shu bilan birga, qurilish loyixalarida bino etilayotgan qurilma konstruktsiyalariga tushadigan barcha turdagi statistik va dinamik yuklarni aniqlay olish va xisoblay olish zarurligi kabi, kengroq koʼlamdagi loyixada xam, loyixaga va uning muxitiga taʼsir qilishi mumkin boʼlgan barcha jismoniy, iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy tashkiliy va x. omillarni aniqlash va xisobga olish muxim, maʼlum sharotlarda bunday omillarning xar biri loyixa uchun xavfli boʼlib chiqib ,uning buzilishiga olib kelishi mumkin.
Loyixa atrof muxit oʼrtasidagi munosabatni maʼlum bir maxsulot ishlab chiqaradigan korxona uchun maxsulotni rivjlantirish loyixasi misolida koʼrib chiqish mumkin. Oddiy, uzoq muddat faoliyat tashkilot oʼzgarishlar va yaegilanish sharoitida talabning yuzaga chiqishiga asos boʼlib xizmat qiladi. Bu esa, natijada loyixaning paydo boʼlishiga olib keladi. Qachonki loyixa xaqiqatdan boshlangan boʼlsa, u mustaqil rivojlana boshlaydi. Loyixani amalga oshirish jarayonida uning ishtirokchilari oʼz vazifalarini bajarishga diqqat qaratadilar. Ular oʼz loyixalari olamida yashashadi, fikrlashadi va xarakat qilishadi. Korxonani uzoq muddat doirasida tashkil qilishda, kichik nisbatan qisqa muddatli «loyixa» tashkiloti paydo boʼldi.
Loyixani amalga oshirish davomida korxonaning ishlab chiqarish, sotish, boshqaruvdagi oddiy xayoti davom etaveradi. Xuddi shu xolat loyixaning muxitiga xam tegishli. Bu yerda xam oʼzgarishlar yuz berib, ular korxona orqali loyixaga taʼsir etadi. Loyixaning mavjud shart-sharoit va ularni rivojidan ajralib boʼlmaydi. Demak, oldindan loyixaning bevosita muxitini (yaʼni, korxonaning oʼzini) va atrof muxitini (yaʼni, korxona atrofini) xisobga olish kerak.
Ularning oʼzgarishi, natijasida, loyixa muvaffaqiyati uchun xal qiluvchi oʼrinni egallashi mumkin.

Download 174.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling