Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tаъlim vаzirligi buxoro dаvlаt universiteti


Download 174.69 Kb.
bet7/12
Sana17.06.2023
Hajmi174.69 Kb.
#1524271
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Loyiha hayot davri. Ilhomiddin

Tayyorlash soxasi – ishlab chiqarish vositalari bozori bilan bogʼliq va oʼzining maxsus talablarini oldinga suradi, masalan: texnologiya va uskunalardan foydalanish boʼyicha tavsiyalar, turib qolgan ishlab chiqarish maydonlarini ishga tushirish talabi, maʼlum texnologik jarayonlardan voz kechish, ishlab chiqarish vositalari bozori imkoniyatlarining loyixa talablariga mos kelishi va xakazo.
Moddiy taʼminot soxasi – xom ashyo va yarim tayyor maxsulotlar bozori bilan bogʼliq va maqbul narxlarda xom ashyo, material va uskunalar bilan taʼminlash imkoniyatidan kelib chiqib, loyixaga oʼzining talablarini qoʼyadi.
Infrastruktura soxasi – turli xizmatlar bozori bilan bogʼliq va loyixaga va uning taʼminotiga oʼz talablarini qoʼyadi. Bunga, reklamaga, transportga, aloqa telekommunikatsiyaga, informatsion va boshqa tur taʼminotga boʼlgan talablar kiritiladi.
Ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish va ulardan foydalanish soxasi – atrof muxit ximoyasi xizmati va talablari xamda ishlab chiqarish chiqindilaridan oqilona foydalanish bilan bogʼliq.
Korxonaning boshqa boʼlinmalari tomonidan xam boshqa talablar xam boʼlishi mumkin.
Loyixa raxbari, uning jamoasi va loyixa menejmenti va vazifalariga quyidagilar kiradi: loyixaga boʼlgan jami talablarni yigʼish; barcha aloqador qatnashchilar loyixa maʼlumotlari bilan taʼminlash; talablarni qondirish imkoniyatlari va darajasini aniqlash; loyixa talablari va ularning oʼzgarishlari toʼgʼrisida maʼlumotlarni yigʼish shakli va koʼlamini aniqlash; loyixa muxiti dinamikasi bashoratining shakllanishi; prioritetlarni baxolash meʼyorlari va talablar ierarxiyasining shakllanishi; bajarish uchun majburiylarda «mayda istaklar»gacha.
Korxona muxiti xam loyixaga xam korxona ichidan xam bevosita katta taʼsir koʼrsatadi. Korxona muxitiga quyidagilar kiradi:
Siyosiy xarakteristikalar va omillar: siyosiy barqarorlik; loyixaning xukumat tomonidan qoʼllab-quvvatlanishi; milliylining yuzaga chiqishi; jinoyatchilik darajasi; ishtirokchi mamlakatlar bilan savdo balansi; xarbiy birlashmalarda ishtirok etish.
Iqtisodiy omillar: milliy xoʼjalik strukturasi;javobgarlik va mulkiy xuquqlar turlari, jumladan, yer xuquqi; tarif va soliqlar, sugʼurtalash; inflyatsiya darajasi va valyuta barqarorligi; bank tizimining rivojlanganligi; investitsiyalar va kapital qoʼyilmalar manbalari; tadbirkorlik erkinligi va xoʼjalik mustaqilligi darajasi; bozor infrastrukturasi rivojlanganligi; baxolar darajasi; bozorlar xolati; savdo, investitsiyalar, ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va maxsulotlar, ishchi kuchi va boshqalar.
Jamiyat – uning xarakteristikalari va omillari: xayot darajasi va sharoitlari,taʼlim darajasi; koʼchib yurish erkinligi, «kirish-chiqish», mexnat qonuniyligi, chiqish (zabastovka)larni taqiqlash; sogʼliqni saqlash va meditsina, dam olish sharoitlari; jamoat tashkilotlari, pressa, televidenie; maxalliy axolini loyixalarga munosabati.
Qonun va xuquq: inson xuquqlari; tadbirkorlik xuquqlari; mulkka egalik xuquqlari; sugʼurta va imtiyozlar berish toʼgʼrisidagi qonun va normativ aktlar.
Fan va texnika: fundamental va yordamchi fanlarning rivojlanish darajasi; informatsion texnologiyalar va kompьyuterlashtirish darajasi; sanoat va ishlab chiqarish texnologiyalari; energetik tizimlar; transport tizimlari; aloqa va kommunikatsiya.
Madaniyat: savodxonlik darajasi; tarix, madaniyat, urf-odatlar, din; madaniy talablar; xayot taʼlimoti, ish, dam olish, sport va boshqalar.; natijalar sifatiga va mexnat sharoitlariga boʼlgan talablar darajasi.
Tabiiy va ekologik omillar: tabiiy iqlim sharoitlari; xarorat, yogʼinlar, namlik, shamollar, dengiz satxidan balandlik, seysmiklik, landshaft va monografiya va boshqalar; tabiiy resurslar, transport tizimlari bilan aloqa va joylashuv; sifat boʼyicha standartlar; xavo yoʼllari, suv manbalari va tuproq qatlami; atrof muxitga sanitar talablar; atrof muxitni muxofaza qilish boʼyicha qonunchilik; tendentsiyalar tasnifi va ekologik tizimlarning xolati: xavo, suv va tuproq.
Infrastruktura xarakteristikalari va omillari: transport vositalari. Аloqa va kommunikatsiya, yuk tashish, EXM tarmoqlari va informatsion tizimlar; energiya taʼminoti; aloqa xizmatlari; xom ashyo va xizmatlar; xoʼjalik tarmoqlari, logistika va material texnik taʼminot; sanoat infrastrukturasi; xizmat koʼrsatuvchi tizimlar va boshqalar.
Loyixaning oʼziga va xususan uning muvaffaqiyatli amalga oshirilish jarayoni loyixaning ichki muxitiga katta taʼsir koʼrsatadi. Ushbu omillar quyidagilardir:
Maxsus tashkillashtirilganlik: loyixaning asosiy ishtirokchilari, xuquqlar, taqsimot, javobgarlik va majburiyatlar orasidagi oʼzaro aloqani aniqlab beradi, xamda loyixani amalga oshirish muvaffaqiyatiga taʼsir qiladi.
Loyixa ishtirokchilari – loyixani amalga oshirish jarayonida turli xil qiziqishlarni va amalga oshirib, maqsad va ragʼbatga mos ravishda oʼz talablarini shakllantiradi va oʼzlarini qiziqishlari, qobiliyatlari va loyixa «jalb qilinganlik» darajasi bilan loyixaga taʼsir koʼrsatadi.
Loyixa jamoasi – loyixaning «aql markazi», motori va ishni bajaruvchi aʼzosi boʼlib, loyixaning rivoji va muvaffaqiyati koʼp jixatdan unga bogʼliq.
Loyixani boshqarish uslubi – loyixa jamoasida psixologik klimat va atmosferani aniqlaydi, uning ijodiy aktivligi va ishchanligiga taʼsir qiladi.
Kommunikatsiya usullari va vositalari – loyixada jalb qilingan ishtirokchilar orasida informatsiya almashinuvining toʼlaligi, ishonchliligi va tez xamda samaradorligini aniqlab beradi. Аslida bu «loyixaning nerv tizimi» boʼlib uning muvaffaqiyati koʼp jixatdan mukammallashtirish darajasiga bogʼliq.
Loyixaning iqtisodiy shartlari – loyixa byudjeti va xarajatlari, loyixa ichida amal qiluvchi va uning asosiy qiymat xarakteristikalarini aniqlovchi baxolari, soliq va tariflari, Xatarchilik va sugʼurta, ragʼbat va imtiyozlari va boshqa iqtisodiy omillar bilan bogʼliq.
Loyixaning ijtimoiy shartlari - quyidagilar bilan xarakterlanadi: loyixa ishtirokchilariga standart xayotiy shartlarini taʼminlab berish; maosh darajasi; kommunal xizmatlar taʼminlash; ijtimoiy shartlar (maktab, bogʼcha, tibbiy xizmatlar va b.) bilan taʼminlash, mexnat shartlari va texnik xavfsizligi; sugʼurta va ijtimoiy taʼminot va b.
Qolgan omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Аtrof muxitga loyixa natijalarining taʼsiri;

  • Texnik shartlar:loyixaning qabul qilingan asosiy texnologiyalari;uskuna,mashina va b.

  • Loyixannig kompьyuterlashtirish va informatizatsiyalashtirish darajasi.

Tashkillash, loyixaning xujjatlashtirish tizimi yuqorida keltirilgan maʼlumotlardan koʼrinib turibdiki, loyixani atrof muxit bilan aloqalari chuqurlashib bormoqda, lekin muxim omillarni taʼsir qilish darajasi turli xil loyixalar uchun xar xildir. Loyixaning solishtiriladigan koʼlamlarda asosiy tur va koʼrinishlari uchun loyixaning muxim omillari taʼsiri darajasi toʼgʼrisidagi ekspert maʼloʼmotlar keltirilgan.
Taʼsir qilish baxolari: 0-taʼsir qilmaydi; 1-kuchsiz taʼsir qiladi; 2-oʼrtacha taʼsir qiladi; 3-kuchli taʼsir qiladi.
Ushbu maʼlumotlar taxlilidan quyidagi qiziqarli xulosalarin chiqarish mumkin:

  • tashqi muxit taʼsiriga eng koʼp ijtimoiy va investitsion loyixalar, keyin tashkiliy, iqtisodiy, eng kam darajada – innovatsion loyixalar duchor boʼlgan;

  • loyixaga eng koʼp quyidagilar taʼsir etadi: iqtisodiyot va qonun va xuquq, keyin madaniyat, faqat keyingina, siyosat va jamiyat;

  • loyixa eng kam tabiat, ekologiya va infrastrkturaga taʼsir qiladi.

Loyixa ishtirokchilarining tarkibi. Ularning roli, loyixaning turi, qurilish koʼlami va murakkabligiga bogʼliq xolda vazifa va javbgarlikni taqsimlash xamda loyixaning xayotiy sikli fazalariga bogʼliq xolda shunday qilib, loyixaning vazifalari boʼyicha uning butun xayotiy sikli davomida amalga oshirish doimiy boʼlib xisoblanadi, ishtirokchilar tarkibi esa uning roli javobgarlik va majburiyatlarni taqsimlash oʼzgarishi mumkin. Bu yerda umum qabul qilingan qattiq reglamentlar yoʼq. Quyida loyixa ishtirokchilari va ularning vazifalari sanab oʼtilgan.
Tashabbuskor – loyixaning bosh gʼoyasi boʼlgan tomon, uning loyixani amalga oshirish boʼyicha boshlangʼich asoslari va takliflari. Tashabbuskor sifatida loyixaning kelajakdagi ishtirokchilaridan deyarli xar qaysi maydonga chiqishi mumkin, lekin natijada loyixani amalga oshirish boʼyicha ishbilarmonlik tashabbusi loyixa buyurtmachisidan kelib chiqishi kerak.
Buyurtmachi – asosiy tomon boʼlib, u loyixani amalga oshirish va uning natijalariga erishishdan manfaatdor. Loyixaning yangi egasi va natijalardan foydalanuvchidir. Buyurtmachi loyixaning asosiy talablari va koʼlamini aniqlab beradi, oʼz vositalari yoki jalb qiluvchi investorlar vositalari xisobiga loyixani moliyalashtiradi, loyixani asosiy bajaruvchilari bilan shartnomalar tuzadi. Bu shartnomalar boʼyicha javobgar boʼladi, loyixaning barcha ishtirokchilari orasidagi oʼzaro munosabatlari jarayoni boshqaradi. Loyixa boʼyicha butun jamiyat va qonun oldida javobgar xisoblanadi.
Investor(lar) – loyixaga investorlar kirituvchi tomonlar, masalan, kredit yoʼli bilan. Investorlar maqsadi loyixani amalga oshirishdan oʼz investitsiyalari boʼyicha maksimal foyda. Аgar buyurtmachi va investor bitta shaxs boʼlmasa, unda investor sifatida odatda banklar, investitsion fondlar va boshqa tashkilotlar chiqadi. Investorlar buyurtmachi bilan aloqaga kirishadi, kontraktlar bajarilishini nazorat qiladi va loyixani amalga oishirish boʼyicha boshqa tomonlar bilan xisob-kitoblarni bajaradi. Investorlar loyixaning teng xuquqli sherigi va uning mulklari egasi boʼlib, buyurtmachi bilan shartnoma yoki kredit kelishuvi boʼyicha, ularga barcha vositalar toʼlanmaguncha, oʼz investitsiyalari xisobiga xosil qilinadi.



  1. Download 174.69 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling