Investitsion loyixalar
Uylarni qurish, tashkilotlarni qayta qurish yoki asoslarni barpo qilish – bu shunday loyixalarni, ular uchun quyidagilar aniqlangan va belgilangan: loyixa maqsadi (masalan, uy maydonining kv.m. maxsulotning ishlab chiqarish xajmi, oʼlchami va profili): bitimning muddati va davomiylik; loyixa xarajatlari, loyixaning talab qilingan resurslari va xaqiqatdagi qiymati birinchi oʼrinda ishlarning bajarilish yoʼnalishi va xar bir loyixaning ilgarilab borishiga bogʼliq boʼladi. Talab qilinayotgan quvvat bu tur loyixalar uchun bosqichlar jadvali va tayyorgarlik muddati xamda loyixaning yakunlanishi asosida taqdim qilinishi kerak.
Ilmiy izlanish va rivojlanish loyixalari.
Yangi maxsulotni ishlab chiqarish, qurilish soxasidagi izlanishlar yoki yangi informatsion boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi: loyixaning bosh maqsadi aniq belgilangan, lekin aloxida maqsadlar xususiy natijalarga erishishi doirasida aniqlanishi kerak; loyixaning yakunlanishi va davomiyligi muddati oldindan aniqlangan, ularga iloji boricha aniq rioya etish zarur, ammo ular olingan oraliq natijalar va loyixaning umumiy siljib borishiga bogʼliq xamda toʼgʼrilanishi xam kerak; loyixaning xarajatlar rejasi odatda ajratilgan assignatsiyalar va oz miqdorda loyixani xaqiqatda siljib borishiga bogʼliq; asosiy cheklashlar quvvatlardan foydalanish imkoniyatlarini cheklanganligi bilan bogʼliq (uskunalar va mutaxassislar). Qoidaga asosan, mavjud quvvatlar loyixaning xarajatlari va uning tayorgarlik muddatini aniqlab beradi.
Tashkiliy masalalar.
Korxonani qayta qurish, yangi boshqaruv tizimining kontseptsiyalarini realizatsiya qilish, yangi tashkilotni tuzish yoki xalqaro forum oʼtkazish – loyixa sifatida quyidagicha xarakterlanadi: loyixaning maqsadlari oldindan aniqlangan, biroq loyixa natijalarini sifat va miqdor jixatdan birinchi ikkita xolatga nisbatan aniqlash qiyinroq, chunki ular tizimning tashkiliy jixatdan yaxshilashi bilan bogʼliq; muddat va davomiylik taxminan belgilanadi; resurslar imkoniyat doirasida belgilanadi; loyixa xarajatlari aniq belgilanadi va iqtisodiy nazoratga qoʼyiladi; biroq loyixaning siljib borishi yuzasidan toʼgʼrilanish (korrektirovka)ni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |