Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tаъlim vаzirligi buxoro dаvlаt universiteti


Download 174.69 Kb.
bet10/12
Sana17.06.2023
Hajmi174.69 Kb.
#1524271
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Loyiha hayot davri. Ilhomiddin

Loyixa taxlili tuzilmasi.
Loyixa taxlilida daromadlar va xarajatlar quyidagi 7 nuqtai nazardan turib baxolanadi va ular loyixa taxlilining 7 boʼlimini tashkil etadi.
1. Texnik taxlil: loyixa texnik jixatdan asoslanganmi?
2. Tijorat taxlili: loyixa maxsulotiga bozorda talab bormi?
3. Moliya: moliyaviy jixatdan loyixa yaroqlimi?
4. Loyixaga qilingan xarajatlar undan foydalanuvchi (isteʼmolchi)lar xisobiga qoplanadimi ?
5. Ekologiya: loyixa atrof-muxitga kanday taʼsir koʼrsatadi?
6. Institutsional rivojlanish: loyixa uchun masʼul boʼlgan tashkilotlar uni amalga oshirish va ekspluatatsiya qilishga qodirmilar?
7. Loyixaning ijtimoiy va madaniy talablarga mosligi: Loyixa maxalliy sharoitlarga moslanganmi? Loyixa axolining ayrim guruxlariga taʼsir koʼrsatadimi ?
8. Iqtisod: loyixaning ijobiy natijalari uni amalga oshirish va ekspluatatsiya qilish xarajatlaridan ortiqmi ? Loyixada tavakkalchilik darajasi qanday ?
Loyixa taxlilining xar bir boʼlimi oʼz uslubiga ega xamda koʼrilayotgan xarajat, daromad yoki boshqa omillar xarakteriga koʼra miqdor yoki sifat koʼrsatkichlari toʼgʼrisidagi foydalaniladigan axborot xajmi oʼzgarib turadi. Xatto taxlilning miqdoriy jixatlariga tegishli boʼlgan moliyaviy loyixalar xam prognozlashga xos boʼlgan noaniqlik omillaridan kelib chiquvchi sifat elementlariga ega. Yaʼni loyixa taxlili loyixaning kelajak xolatlar toʼgʼrisidagi fikrlarning oʼzgarishiga taʼsirchanligini xisobga ola bilishi kerak.
Davlatning iqtisodiy faoliyati va investitsiya loyixalari
Loyixa taxlilining turli boʼlimlari doirasidagi tadqiqotlar loyixaning oʼzaro kelishib olingan vazifalaridan kelib chiqib olib borilishi lozim. Koʼpincha bu vazifalar, xududdagi maxalliy sharoitlar loyixani amalga oshirishga koʼrsatadigan taʼsirni xisobga olgan xolda aloxida sektorlarni rivojlantirish dasturlarini aks ettiradi. Bu vazifalar xarakteriga, shuningdek, quyidagilar xam taʼsir koʼrsatadi:

  • turli tadbirlarni oʼtkazishni kimga (davlat yoki xususiy sektorga) topshirish toʼgʼrisida jamiyatning xoxish-irodasi.

  • davlat loyixalari oldiga qoʼyilgan maqsadlar boʼyicha ijtimoiy guruxlarning oʼzaro kelishuvga erishishiga yordam beruvchi jarayonlar.

Ilmiy tadqiqotlar yakunlari xamda toʼplangan tajriba shuni koʼrsatadiki, davlatning faolliligi koʼlamlarini qisqartirish xamda davlat dasturlarini xususiy iqtisodiy faoliyat uchun qulay siyosiy sharoitlar yaratishga yoʼnaltirish foydaliroq boʼlar ekan. Bozor iqtisodiyotiga ega davlatlarda xam, shuningdek, sobiq sotsialistik davlatlarda xam siyosatchilar va iqtisodchilar davlatning nafaqat bevosita davlat korxonalari faoliyatidagi roliga, shu bilan birga davlat anʼanaviy ishtirok etib kelgan infratuzilma va ijtimoiy xizmatlar soxasidagi roliga xam ikkilanish (shubxa) bilan qarashadi.
Xususiy sektorning bu soxalarda ishtirok etish uchun intilishiga bosh sabab menejerlar shaxsan javobgar boʼlgan sharoitda obʼektlar faoliyati samaradorligini oshirish imkoniyati mavjudligi xisoblanadi. Xususiy investorlar maishiy xizmatlarga muvaffaqiyatli jalb qilingan xollarda moliyaviy resurslarga ega boʼlish imkoniyatlari kengayishidan xam maʼlum maʼnoda manfaatdorlik kelib chiqadi.
Puxta oʼylangan makroiqtisodiy siyosat yuritayotgan mamlakatlarda investitsiyalangan kapitallardan keladigan daromad ancha yuqori. Iqtisodiyotdagi xatoliklar nisbatan katta boʼlmagan mamlakatlarda investitsiyalardan keladigan samara 10%dan ancha ortiq va 20%gacha xamda undan xam koʼproqqa yetadi. Notoʼgʼri makroiqtisodiy siyosat yuritayotgan (shuningdek, valyuta mukofoti yuqori boʼlgan) mamlakatlarda investitsiyalardan keladigan samara (qaytim) bor-yugʼi 10% ga yetadi va koʼpincha undan xam past boʼladi.
Makroiqtisodiy siyosatni toʼgʼri va notoʼgʼri olib borayotgan xar ikkala gurux davlatlarida xam xususiy, xam davlat investitsiyalaridan olinadigan foyda jami investitsiyalarning milliy xajmidagi davlat investitsiyalari ulushiga mutanosib tarzda oʼzgaradi. Davlat investitsiyalari ulushi past boʼlgan sharoitda investitsiya samarasi (qaytimi) yuqori boʼlishi, bu ulush 40% gacha va undan yuqori boʼlsa keskin pasayib ketishi kuzatiladi.
Kuzatilgan bu ikki qonuniyat xam davlat faoliyatini oʼzgartirish yaʼni makroiqtisodiy xatoliklarni qisqartirish va iqtisodiy faoliyatda davlat rolini pasaytirish maqsadga muvofiq ekanligini koʼrsatadi. Bir vaqtning oʼzida xususiy sektorning makroiqtisodiy siyosat maqsadlarini belgilashda xamda loyixalarda ishtiroki kengaytirilgandagina bunday oʼzgarishlardan yutuqqa erishish mumkin.
Davlat loyixalarini tanlashda xal qiluvchi ovozga ega boʼlgan taqdirda xam, xususiy investitsiyalarni avtomatik tarzda siqib chiqarmasligi lozim.
Xususiy kapital ishtiroki uchun sharoitlarni yaxshilash zarurati loyixalarni kim amalga oshirishi kerakligi xamda xususiy kapital ishtiroki koʼzda tutilgan loyixalarni kim ishlab chiqishi kerakligi toʼgʼrisida soʼrov oʼtkazishni, shuningdek, mavjud davlat tuzilmalari va siyosati iqtisodiyotning yangi sektorlarga xususiy kapitalni kiritishga qay darajada yordam berishi yoki toʼsqinlik qilishini koʼrib chiqish zarur.
Loyixa maqsadi, taxlil chizmasi va rejalashtirish barcha manfaatdor tomonlarning xamkorligi jarayonida muntazam muvofiqlashtirib borilsagina, davlat ixtiyorida qolgan loyixalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. Bu manfaatdor tomonlar jumlasiga loyixa tufayli zarar koʼruvchilar xam, foyda oluvchilar xam, loyixani amalga oshirish va ekspluatatsiya qilish uchun masʼul boʼlgan tashkilot xodimlari xam, shuningdek, davlat boshqaruv idoralari, siyosatchilar xamda moliyachilar xam kiradi.
Loyixa vazifalari va koʼlamini belgilash uchun xamda loyixani tayyorlashda, boshqarishda, ishlab chiqarish grafigini oʼrnatishda turli guruxlarning rolini va masʼuliyatini aniqlash uchun bu guruxlar ishtirokida (xamkorligida) rejalar ishlab chiqish jarayonidan tobora koʼp foydalanilmoqda. Loyixa taxlilining yetti boʼlimi loyixaning barcha jixatlarini xar tomonlama baxolash imkonini beradi. Bunga, shubxasiz, loyixa taxlili jarayonida xamkorlik qilayotgan guruxlar tarkibi xam taʼsir koʼrsatadi.
Loyixalarni rejalashtirishga bunday yondashuv ikki tomonlama ustunlikka ega. Birinchidan loyixalarni xamkorlikda rejalashtirish oʼzaro kelishuvga erishishga yordam beradi xamda ishtirokchilarni loyixa maqsadlari va vazifalariga tarafdorliklarini taʼminlaydi. Tajriba shuni koʼrsatadiki, bunday rejalashtirilgan loyixa muvaffaqiyatli va yashovchan boʼladi.
Ikkinchidan, turlicha manfaatlarga ega boʼlgan ishtirokchilarning jalb qilinishi ekspertlar guruxlari oʼrtasida loyixa xarajatlari va natijalarining nisbiy qiymati toʼgʼrisidagi tortishuvlarga nisbatan samaraliroqdir.
Iqtisodiyotni rivojlantirishning turli loyixalari shunday natijalarga olib keladiki, ularni obʼektiv baxolab boʼlmaydi.Iqtisodiy rivojlanish jarayoniga manfaatdor tomonlar, kerak boʼlsa, maxalliy axoli va xalqaro jamiyat jalb etilsa, ilgari yechilishi gumon boʼlgan muammolarni yechish uchun xam imkon topilishi mumkin.
Qisqacha xulosalar
Loyixa-cheklangan vaqt davomida xamda belgilangan byudjet bilan oldinga qoʼyilgan maqsadlarga erishishga xizmat qiluvchi oʼzaro bogʼlangan tadbirlar majmuidir. Loyixaning asosiy xususiyatlari oʼlchamlilik, vaqt boʼyicha cheklanganlik, bajariladigan ishlarning ketma-ketligi, maqsadga yoʼnaltirilganlik kabilar xisoblanadi.
Loyixa yuzaga kelgan vaqtdan toki tugatilgan vaqtga qadar boʼlgan vaqt loyixa xayot davri deyiladi, u investitsiya oldi bosqichi, investitsiya bosqichi va ekspluatatsiya bosqichidan iborat.
Loyixa taxlili xarajatlar va daromadlar xamda loyixa bilan bogʼliq boʼlgan qaltislikni tizimli baxolash, ochib berish asosida loyixalarni baxolash va tanlab olish usulidir. Loyixa daromadliligini aniqlash loyixa taxlilining asosiy vazifasi boʼlib, buning uchun loyixa boʼyicha barcha daromadlar unga qilingan barcha xarajatlar bilan solishtiriladi.
Loyixa taxlilida daromadlar va xarajatlar quyidagi yetti nuqtai nazardan turib baxolanadi: texnik taxlil, institutsional taxlil, ekologik taxlil, ijtimoiy taxlil, tijorat taxlili, moliyaviy taxlil, iqtisodiy taxlil. Loyixalarni amalga oshirishda davlatning bevosita ishtirokini qisqartirish va uning faoliyatini xususiy iqtisodiy faoliyat uchun qulay sharoit yaratishga yoʼnaltirish zarur.



  1. Download 174.69 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling