O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “buxgalteriya hisobi” kafedrasi


Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi va ularning elementlari


Download 46.6 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi46.6 Kb.
#1541791
1   2   3   4   5
Bog'liq
59-2. Ergashev Doston. Banklarda buxgalteriya hisobi nazorat ishi

1. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi va ularning elementlari.
Iqtisodiyotda yuzaga keladigan pulli munosabatlarda pul shakllaridan foydalanish xususiyatlari va to’lov usullariga ko‘ra pul aylanishi naqd pulsiz aylanishga va naqd pulli aylanishga bo‘linadi. Chakana savdo va aholiga pullik xizmat ko‘rsatish, asosan, naqd pulda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, naqd pulli aylanishga kommunal xizmatlar uchun to’lovlar, ishchi-xizmatchilarga ish haqi va shunga tenglashtirilgan to’lovlarni to ‘lash, sug‘urta tashkilotlariga badallar to’lash, uy-joy qurilishi va boshqa maqsadlar uchun aholi tomonidan olingan kreditni naqd pul ko'rinishida qaytarish bilan bog’liq to’lovlarning to’lanishi kiradi.
Iqtisodiyotda bo’ladigan pul aylanishining 80-90 foizini naqdsiz pul aylanishi tashkil etadi. Naqdsiz pul aylanishi naqd pulsiz hisob-kitob shakllari asosida olib boriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning keng ishlatilishiga ko‘p tarmoqli bank tizimining rivojlanishi, davlat tomonidan makroiqtisodiy jarayonlarni o’rganish va uni tartibga solish nuqtayi nazaridan davlatning qiziqishi, mulkchilik shakllarining ko‘payishi va turli mulkchilik munosabatlarining kengayib borishi asos bo’ladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda, turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlarning tovar ayirboshlash, xizmat ko'rsatish va tovarsiz operatsiyalar bo‘yicha bir-biriga bo’lgan talab va majburiyatlarni naqd pul ishlatmasdan pul mablag’larini bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqqa o'tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi.
Iqtisodiyotda naqd pulsiz hisob-kitoblar ma’lum tizim asosida olib boriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi o‘z ichiga hisob-kitoblami tashkil qilish tamoyillari, shakllari, usullari hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishda qo‘yilgan talablarni oladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi elementlarining har birini alohida k o iib chiqamiz. 1930-1932-yillarda oikazilgan kredit reformasi davrida kiritilgan va sobiq ittifoq davrida mavjud bo’lgan naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi iqtisodiyotni boshqarishning ma'muriy-buyruqbozlik usullariga asoslangan edi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi, birinchi navbatda, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish rejalarini bajarish nuqtayi nazaridan mahsulot sotuvchi korxona qiziqishlariga xizmat qilar edi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillari korxonalarning shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun iqtisodiy qiziqishlar va javobgarligi chegaralangan, qat’iy qilib belgilangan edi. Bu tamoyillar quyidagicha belgilangan:
1) bank naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazorat qiladi;
2) to’lov vaqti qat’iy belgilangan, ya’ni barcha to‘lovlar tovar jo‘natilgandan yoki xizmat bajarilgandan so'nggina o’tkaziladi, avans to’lovlari, tijorat kreditiga ruxsat etilmas edi;
3) to’lovchining roziligi to’lov o’tkazilishining asosi sifatida tan olinadi;
4) qaysi sohada, qaysi hollarda naqd pulsiz hisob-kitob shakllarining ishlatilishi oldindan belgilab qo‘yilgan, bank u yoki bu hisob-kitob shakllarini tanlashga aralashar edi.
Korxonalar o‘zlariga qulay bo’lgan hisob-kitob shaklini erkin tanlaydilar va uni o‘zaro shartnomada mustahkamlab qo‘yadilar. Naqd pulsiz hisob-kitoblar hozirgi kunda quyidagi shakllar orqali amalga oshiriladi:
- to’lov topshiriqnomasi;
- to’lov talabnomasi;
- akkreditiv;
- inkasso topshiriqnomasi;
- hisob-kitob cheki;
- memorial order;
- plastik kartochkalar.

Download 46.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling