O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “buxgalteriya hisobi” kafedrasi


Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish va takomillashtirish


Download 46.6 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi46.6 Kb.
#1541791
1   2   3   4   5
Bog'liq
59-2. Ergashev Doston. Banklarda buxgalteriya hisobi nazorat ishi

3. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish va takomillashtirish.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar - bu korxona va tashkilotlarning tovar ayirboshlash, xizmat ko‘rsatish va tovarsiz operatsiyalar yuzasidan bir-biriga bo‘lgan talab va majburiyatlarini naqd pul ishlatmasdan pul mablag’larini bankdagi bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqqa o‘tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi.
Naqd pulsiz pul aylanishi yalpi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida sodir bo‘ladigan munosabatlami o ‘zida aks ettirishiga ko‘ra ikki qismga boiinadi:
1) tovar operatsiyalari bo'yicha pul aylanishi;
2) moliyaviy majburiyatlar bo'yicha pul aylanishi.
Tovar operatsiyalari bo‘yicha pul aylanishi guruhiga tovarlarni sotish, xizmatlar ko'rsatish va kapital qurilish jarayonidagi hisob-kitoblarni aks ettiruvchi pul aylanishi kiradi.
Moliyaviy majburiyatlar bo'yicha pul aylanishi guruhiga esa budjetga to'lovlar, ya’ni foydadan toianadigan soliq (daromad solig‘i), qo‘shilgan qiymat solig'i va boshqa majburiy to'lovlar hamda budjetdan tashqari fondlarga ajratmalar, bank kreditlarining qaytarilishi, kredit uchun foizlarning to‘lanishi, sug’urta kompaniyalari bilan hisob-kitoblar va boshqalar kiradi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblar «O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to‘g‘risida»gi 2013-yil 3-iyunda 2465- son bilan ro‘yxatga olingan Nizom va unga kiritilgan o ‘zgartishlar asosida olib boriladi. Mulkchlik shakllarining xilma-xilligi sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati tovar-pul munosabatlari rivojlanishi sharoitlarida naqd pulsiz hisob-kitob qoidalari xo‘jalik organlari tomonidan hisob-kitob shakllarini erkin tanlash tamoyillaridan kelib chiqadi va ular shartnomalarda mustahkamlanadi. Xo‘jalik idoralarining shartnomaviy munosabatlariga bank aralashmaydi.
Respublikamizda naqd pulsiz hisob-kitoblar qonunchilikda ko‘zda tutilgan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan quyidagi shakllar orqali amalga oshiriladi:
- to’lov topshiriqnomalari bo'yicha hisob-kitoblar;
- inkasso bo'yicha hisob-kitoblar;
- akkreditivlar bo‘yicha hisob-kitoblar;
- cheklar bilan hisob-kitoblar.
Yuqorida sanab o’tilgan hisob-kitob shakllari orqali operatsiyalar quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
- to'lov topshiriqnomasi;
- to'lov talabnomasi;
- inkasso topshiriqnomasi;
- akkreditivga ariza;
- tijorat banklarining hisob-kitob cheklari;
- memorial orderlar.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar plastik kartochkalardan foydalangan holda ham amalga oshirilishi mumkin. To'lovchi va mablag‘ oluvchi orasidagi hisob-kitoblar shakli shartnoma asosida belgilanadi.

Xulosa.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, bozor iqtisodiyoti sharoitida to’lov majburiyatlarini o 'z vaqtida va to’la hajmda bajarish iqtisodiyotning turli sohalari faoliyatining zarur shartidir.
Korxona, tashkilot, banklar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar muammosi doimo dolzarb, shu bilan birga, hal etilishi qiyin bo’lgan muammolardan biri bo’lib qoladi. Chunki tovar jo‘natish yoki xizmat koisatish bilan unga pulni to'lash vaqti bir-biriga to 'g‘ri kelmaydi. Bu esa debetorlik va kreditorlik qarzlarini yuzaga keltirib chiqaradi. Bunday qarzlar o‘z vaqtida yopilmasa, uzaytirilgan debetorlik yoki noqonuniy qarzlar paydo boiadi. Ma’lumki, noqonuniy kreditorlik, shu bilan birga, muddati uzaytirilgan debetorlik qarzlari hajmining ortishi noto’lovlar holatining paydo bo'lishiga sabab bo’ladi. Bu esa shu mamlakat iqtisodining izchillik bilan rivojlanishiga salbiy ta’sir ko'rsatadi va to‘sqinlik qiladi.
Shu o’rinda, debetorlik va kreditorlik qarzlarini kam aytirishda har bir xo'jalik yurituvchi subyektning harakati va xohishi bo'lishi lozimligini ta’kidlab o'tish lozim. Ma’lumki, Prezidentimiz «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari» nomli asarida inqirozga qarshi choralar dasturining konkret bo’limlari - belgilangan kompleks chora-tadbirlar haqida to‘xtalib o'tib, mazkur chora-tadbirlar orqali hal etilishi lozim bo’lgan bir qator asosiy vazifalarni belgilab berdi.

Download 46.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling