Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti
Download 229.67 Kb. Pdf ko'rish
|
BOLALARGA IQTISODIY TARBIYA BERISHDA XORIJ MAMLAKATLARI TAJRIBASIDAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaponiya ta’limidagi;
- Germaniya ta’limidagi
Agar biz AQSh pedagogikasidagi:
-bolani o`z kuchi va imkoniyatiga ishonch ruhida tarbiyalash; -o`quvchining eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish uchun ko`rash; -bolani kamsitmaslik, insoniy qadriyatlarini va g`ururini yerga urmaslik; -Vataniga faxr va iftixor ruhida tarbiyalash va h.k. Yaponiya ta’limidagi; -bolani maktabga puxta tayyorlash; -kichkintoylar ta’lim va tarbiyasiga ota-onalar masuliyatini kuchaytirish; -o`quvchilarni nafosat, jismoniy kamolotiga berilayotgan e’tibor; -o`qituvchi kadrlarga yuksak talabchanlik; -yosh iqtidor soxiblari bilan olib borilayotgan izchil ishlar; Germaniya ta’limidagi: -tabaqalashtirib o`qitishga berilayotgan jiddiy e’tibor; -o`qituvchilarning mehnat ta’limini mustahkamlash; -kasbga yo`naltirish; Fransiya ta’limidagi : -maktabgacha davridanoq o`quvni predmetlashtirib tashkil etish; - boshlang`ich ta’limni uch bosqichda puxta amalga oshirish; - o`quvni didaktik vositalar bilan ta’minlashga berilayotgan katta e’tibor; -o`quv muassasalarning turli firmalar, konsernlar, korxonalar mustahkam aloqalari va boshqa ibratli jihatlar bizning ta’limga ham kuchsa, bizning pedagogikamiz olg`a qarab dadil qadam bosgan bular edi. 17 Albatta, ta’limga har qanday yangilik, o`zgarish jiddiy tahlillar, tajribalar asosida kirib keladi. “Zo`rlab tiqishtirish” bizning uslubiyat emas. Ayni paytda ta’limni bir saviyada qotib qolishiga ham yo`l qo`yib bo`lmaydi. Keyingi paytlarda ilmiy asoslanmagan, sinab ko`rilmagan “Islohotlar” ni joriy etish, yangi o`quv muassasalari to`g`risida ham ta’lim vazirligi tasdiqlagan Nizomdan chetga chiqish hollari ro`y bermoqda, aksariyat shunday “isloh” qilingan maktablar, sinflar ko`zlagan samaradorlikni bermaganligi uchun oddiy maktablar va sinflarga aylantirilmoqda. Fikrimizcha, turli islohotlarni, shu jumladan, chet el ta’limidagi u yoki bu ibratli ish uslubini joriy qilishda Pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti, o`quv uslubiyat markazlari bilan bamaslahat ish ko`rish maqsadga muvoffiqdir. O`ylaymizki, pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot insitituti Respublika o`quv- metodika markazlari ham chet el ta’limini joriy etish bo`yicha o`quv muassasalarimizga o`zlarining nazariy-metadologik tavsiyalarini beradilar. Iqtisodiy tarbiya – o‘quvchilarning iqtisodiy ongini shakllantirishga qaratilgan, uyushgan (tashkil etilgan) pedagogik faoliyat, maxsus o‘ylangan ish tizimidir. Uni amalga oshirish jarayonida o‘quvchilar tartibli va samarali iqtisodiyot haqida, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish to‘g‘risida, ishlab chiqarish munosabatlari haqida, amaldagi xo‘jalik mexanizmi to‘g‘risida tushuncha va tasavvurlar majmuini o‘zlashtirib oladilar. Iqtisodiy tarbiya iqtisodiy tafakkurning rivojlanishini iqtisodiy faoliyat natijasida hosil bo‘ladigan axloqiy va ishchanlik fazilatlarining, ijtimoiy faollikning, tadbirkorlikning, tashabbuskorlikning, ijtimoiy mulkka tejamkorlik bilan, halol munosabatning shakllanishini ta’minlaydi. Shu asosda yuqori rentabellikka, jihozlar va texnologiyani yangilashga, ratsionalizatorlik va ixtirochilikka, mahsulot sifatini yaxshilashga va pirovard natijada, shaxsiy muvaffaqiyat va farovonlikka intilish tarkib topadi. Download 229.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling