Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


II.2. O'quvchilarga iqtisodiy tarbiyani olib borishning shakllari


Download 229.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana18.06.2023
Hajmi229.67 Kb.
#1571804
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
BOLALARGA IQTISODIY TARBIYA BERISHDA XORIJ MAMLAKATLARI TAJRIBASIDAN

 
II.2. O'quvchilarga iqtisodiy tarbiyani olib borishning shakllari. 
O'quvchilarga iqtisodiy tarbiya avvalo dars jarayonida singdiriladi. O'qituvchi 
qaysi sinfda qaysi predmetdan dars berishidan qat'iy nazar o'rganilayotgan 
materialning mazmunidan, uning xususiyatlaridan kelib chiqib, o'quvchilarga 
iqtisodiy 
ta'lim, tarbiya elementlarini singdirib, kerakli ko'nikma, odatlar 
haqida ma'lumot beradi. Masalan, adabiyot, tarix, geografiya darslarida biror 
yozuvchining asaridagi mazmunni bayon qilishda mazkur mahsulotni yoki 
boylikni ishlab chiqaruvchilar mehnati evaziga bunyod bo'layotganligini, ular 
mehnatini qadrlash, mehnat ahllarini hurmatlash har bir odamning o'z mehnatini 
qadrlashligini badiiy obrazlar vositasida o'quvchilar ongiga singdiriladi. 
Geografiya kursini o'qitish asosida tabiiy boyliklar, ularning turlari, ularning davlat 
rivojidgi hissasini uqtirish orqali mazkur boyliklar har bir kishiga kerak ekanligini, 


23 
ularsiz inson hayoti farovon bo'lishi mumkin emasligini tushuntiradi. O'quvchi 
mazkur fanlardan olgan bilimlarini qiyoslab, taqqoslashtirish aasosida birinchi 
navbatda o'z mehnatini, so'ng o'zgalar mehnatini qadrlashga o'rganadi. Shu asosda 
o'quvchilarda iqtisodiy ma'lumot, ko'nikma va odatlar tarkib topadi. O'quvchilarni 
iqtisodiy tarbiyalashda sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar samarali 
ta'sir ko'rsatadi.
Masalan, «Mohir qo'llar» to'garagi ishtirokchilari o'qituvchi-usta rahbarligida 
turli xil buyumlar, kiyim-kechaklar, o'yinchoqlarni tayyorlash bilan bog'liq 
ko'nikmalarni o'rganadilar, ya'ni biror bir mahsulot ishlab chiqarishni o'rganadilar. 
Ana shu mahsulotlar ishlab chiqarilmasa odamlar ularni bozordan xarid qilishlari 
zarur bo'ladi. Demak, ishlab chiqargan buyumlar kishilarning shu sohaga bo'lgan 
ehtiyojlarini qanoatlantiradi, ya'ni ta'minlaydi. Xullas, bu mahsulotlar mablag', 
ya'ni pul hosil bo'lishiga asos soladi. Pul esa o'z navbatida o'quvchilarni iqtisodiy 
fikrlashga va shu haqda to'g'ri xulosa chiqarishga undaydi. 
Yoki maktabdan tashqari biror zavod yo fabrika yo korxonada ishlab 
chiqarish jarayoni bilan o'quvchilarni tanishtirish orqali ularning mazkur sohalar 
bo'yicha tasavvur, bilim, ma'lumotlarini takomillashtiradi. Qaysi soha bo'lmasin u 
davlatning, kishilarning kundalik turmushi, hayoti bilan bog'liqligini anglaydi. 
Mazkur sohaning iqtisodiy imkoniyatlari va o'z navbatida odamlarning shu sohaga 
bo'lgan ehtiyojini o'quvchilar o'rganish, ko'rish, kuzatish jarayonida o'zlarining 
iqtisodiy ma'lumotlarini oshirib borishadi. Bularning barchasi o'quvchilarni 
iqtisodiy tarbiyalashda ijtimoiy ahamiyatga ega. O'quvchilarni iqtisodiy tarbiyalash 
ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, sayohatlarni, ko'rgazmalarni tashkil qilish 
singari manbalari mavjudki, ularsiz fuqarolarning iqtisodiy madaniyatini
tafakkurini, ongini va ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash masalasini hal etish 
mushkul. 
Oilada tejamkorlik tarbiyasi. Pul ham tarbiyalaydi. Bungga befarq qaramaslik 
darkor. Pul muomalasiga mensimay qarash, ko'pincha ikki tomonlama muammoga 
olib keladi. Tekinxo'rlik va oilaning iqtisodiy qiyinchiliklarini bilishni istamaslik 
odati tarbiyalanadi. Ikkinchidan, pul ochko'zlik, pul jamg'arishga intilishni 


24 
tarbiyalashi mumkin. Ilk yoshlikdanoq bolani oilaning xo'jalik ishlari bilan 
tanishtirib borish zarur. Bola oila mablag'ini bilishi, oila hayotining bir oylik, bir 
kunlik «taxminiy smetasini» bilishi lozim. U asosiy oziq-ovqatlarning – non, yog', 
sut, go'sht, baliq, sabzavot va boshqalarning narxini bilishi kerak. Bola kamolga 
etib borgan sari uni buyumlar (kiyim, poyafzal, televizor va hokazolarning) 
qimmati bilan tanishib bormog'i lozim. Agar ota-ona qo'shimcha ish olib 
ishlayotgan bo'lsa, bola shuni tushunishi kerakki, onasi va otasi oilada hamma 
yaxshi yashashi uchun mehnat qilayopti. U shunday mantiqni tushunmog'i lozim: 
Har kim oila hayotini yaxshilashga o'zining qo'lidan kelgan hissasini qo'shishi 
kerak. Bola sizga qancha ertaroq yordam bera boshlasa, shuncha yaxshi bo'ladi. 
Ta’lim uzviyligi esa bir ta’lim turi fanlari dasturlarining keyingi ta’lim turiga 
o’tganda mutanosib oravishda o’zgarib, soddadan murakkabga qadar o’zgarib 
borishi tushuniladi. 
Iqtisodiy bilimlar avvalo oila muhitida, so’ng ta’lim turlari jarayonida 
shakllantirilib boriladi. Bu ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirilishi, malakaga ega 
bo’lish orqali mustahkamlanib boriladi. 
Iqtisodiy savodxonlik insonni iqtisodiy jihatdan voqea-xodisalarni tahlil 
qilish, unga baxo berish va qaror qabul lqilish, shaxsni o’z turmush tarzini erkin 
tanlashi va tanlov oqibatini ko’z o’ngiga keltira olishini tushunamiz. 
Nisbiy va mutlaq kambag`allik tushunchalari mavjud. Mutlaq qashshoqlik - 
insonni yashash uchun eng zarur bo’lgan oziq-ovqat, sanitar-gigienik sharoit
kiyim-kechak, poyafzallarning etishmasligidir. 
Nisbiy qashshoqlik- moddiy jihatdan ta’minlanish darajasi mamalakatdagi 
mavjudo’rtacha darajadan pastligini ifodalaydi. 
2000 yili 160 mamalakat liderlari insoniyat taraqqiyotining global 
maqsadlarini BMTning ming yillik Deklarastiyasini qabul qilib, qo’llab-
quvvatlashdi.Bu deklarastiyada jahon hamjamiyati 2015 yilga borib, qashshoqlikni 
2 baravarga kamaytirishni mo’ljallagan. Shu yili Prezidentimiz ming yillik dasturi 
xususida so’z olib o’z fikrlari va qarashlari bilan ishtirok etdilar. 


25 
Iqtisodiy savodxonlik masalasi insonninng dunyoqarashi va tajribalari bilan 
bog`liq holda rivojlanadi. Iqtisodiy savodxonlikni oshirishning ob’ektiv va 
sub’ektivsabablari mavjud: ob’ektiv-shaxsning o’ziga bog`liq bo’lmagan va 
jamiyatda tarkib topgan iqtisodiy ijtimoiy munosabatlar va institutlarga bog`liq. 
Sub’ektiv yo’llari esa- har bir shaxsnining o’ziga va jamiyatdagi mavjud 
imkoniyatlardan foydalana olish qobiliyatiga bog`liq.
Oila-bu qarindoshchilik aloqalari, qondoshlik his tuyg`ulari orqali bog`langan 
insonning ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy iqtisodiy extiyojlarini birgalikda qondiruvchi 
kichik guruhdir. Oilaning funkstiyalarini uch asosiy bosqichga ajratish mumkin: 
Birinchi bosqichda oilaning moddiy bazasi yaratiladi. 
Ikkinchi bosqichda farzand ko’rish va uni tarbiyalash amalga oshiradi. 
Uchinchi bosqichda esa bilim, hunar va qobiliyatini, egallagan kasbini 
realizastiya qilishni o’rganadi. 
Shuninigdek, oilaning yana bir necha muhim funkstiyalari mavjud: 
1.Oilaning kommunikativ funkstiyasi 
2.Oilaning felistitologik funkstiyasi 
3.Oilaning regulyativ funkstiyasi 
Oila boladagi tejamkorlikni, mexnatsevarlikni va iqtisodiy fikrlashni 
shakllantirishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. 
Oila byudjeti-bu oilaning daromadlari, xarajatlarining balansidir. Oila byudjeti 
ikki qismga ajratiladi: daromadlar va xarajatlar.Oilada jamg`arma fond yoki rezerv 
bo’lishi maqbul variant. Jamg`armalar quyidagi shakllarda tashkil etiladi: 
1. Naqd pul shaklida 
2. Qimmatbaho mulk, antikvariat shaklida 
3.Kapital aylantirish shaklida 
Oiladagi daromadlar va ularni sarflash, taqsimlash va ishlatishda ota-onalar 
iqtisodiy bilimga va tajribaga ega bo’lishlari zarur. Shundagina farzandlar iqtisodiy 
jixatdan etarli malakalarga, tajri-balarga ega bo’lib boradilar. Shaxsni iqtisodiy 
bilimlarini amaliy qo’llanishida oila bosh andoza vazifasini bajaradi. 


26 
Bozor iqtisodiyotini oqilona individualizmga asoslanishi nazariy jihatdan 
tadqiqot qilinishi muhim rol o‘ynaydi. Iqtisodiyotni nazariy jihatdan o‘rganishda 
inson modeliga, ya’ni ma’lum sotsial-iqtisodiy tizimda insonning umumiy qiyofasi 
haqida uning faoliyatining turli-tuman motivlariga alohida ahamiyat beriladi. 
Ma’lumki, har bir fan insonga o‘z tadqiqot predmeti nuqtai nazaridan 
yondashadi hamda erishgan yutuqlari darajasi doirasida ta’riflaydi, ma’lumot 
beradi. 
Iqtisodiy nazariya esa insonning iqtisodiy say-harakatini tushuntirib berishga 
diqqat qaratadi. 
Insonni «modellashtirish»ning turli-tuman yo‘nalishlarini shartli ravishda to‘rt 
guruhga ajratish mumkin. Ular o‘rtasidagi farq birinchidan, insonning shaxsiy 
fazilatlarini turli-tumanligidan, abstraksiyalanish darajasi jihatidan, ikkinchidan, 
kishilar faoliyati amalga oshiriladigan iqtisodiy, siyosiy, psixologik muhitni 
hisobga olinishi jihatidan aniqlanadi. 
Birinchi yo‘nalishga ingliz klassik maktabi, marjinalizm, neoklassik 
maktablari kiradi. Bu modelda asosiy diqqat inson egoist (o‘z manfaatini 
ko‘zlovchi) qilib yaratilganidan kelib chiqib, «iqtisodiy odam» harakati, 
faoliyatining bosh motivi, uni harakat qilishining asosi iqtisodiy manfaatlar, eng 
avvalo, pul ekanligiga asoslanadi. «homo economicus» modeliga ko‘ra individ 
o‘zini shunday tutadiki, natijada, u resurslar cheklanganligi, asosiysi pul daromadi 
cheklanganligi sharoitida naflilikni, ya’ni farovonlikni maksimallashtirishga 
erishadi. XVIII asrda vujudga kelgan bu konsepsiya Hozirgi kunda yanada keng 
yoyildi. 
Bu modelda insonlarning iqtisodiy say-harakatlari, tanlovi cheklangan 
resurslar sharoitida minimal xarajat qilib, maksimal natijaga erishish uchun 
intilishga qaratilgan. Bu yo‘nalishning o‘zi to‘la, cheklangan, organiq ratsionalizm 
konsepsiyalariga bo‘linadiki, birinchisida odam faoliyat yuritishi uchun atroflicha 
axborotga ega va undan o‘z faoliyatida foydalanib, maksimum darajada natijaga 
erishadi deb qaraladi. 


27 
Ikkinchi — cheklangan ratsionallikda xo‘jalik yuritish jarayonida qaror qabul 
qilish uchun axborotlar yetarli emas, cheklangan. Bunda turli qiyinchiliklar tufayli 
zarur axborotlarni to‘play olmaslik, yetarli darajada tahlil qila olmaslik, qolaversa 
insonning bilish qobiliyati, iqtidori darajasi imkon bermasligi mumkin. 
Organiq (tabiiy, uzviy) ratsionallik, ya’ni ratsionallikning zaif shakli 
konsepsiyasida asosiy diqqat insonning o‘zini tutishi, say-harakatlarida rasmiy va 
norasmiy qoidalarga rioya qilishiga qaratiladi. Tanlovning ratsional bo‘lishiga 
yuridik taqiqlar yoki an’analar, axloqiy va boshqa shunga o‘xshash taqiqlar ta’sir 
qilishi mumkin. Undai tashqari insonlar say-harakatiga noiqtisodiy omillar ta’sir 
qilish mumkin. Ular kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan ortib boradi. 

Download 229.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling