O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet
Xorijda innovatsion menejmentning tashkil etilishi
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
xalqaro turizm rivojlanishiga innovatsion faoliyatlar texnologiyalar tasiri
Xorijda innovatsion menejmentning tashkil etilishi
Xorijda innovatsion jarayonni boshqarishga bag‗ishlangan ancha ilmiy va amaliy adabiyotlar mavjud. Ularda innovatsiyalarni turli jihatlari yoritilgan. Shu va boshqa soha adabiyotlarida milliy iqtisodiyotimiz muammolari va muhiti e‘tiborga olib yoritilmagan. Faqat ularning nazariy ishlanmalaridan va amaliy saboqli tajribasidan foydalanishimiz mumkin. TADI tomonidan J.P. Narziev muallifligida «Innovatsion menejment» fanidan ma‘ruzalar matni to‗plami nashr qilingan. Matn to‗plamida innovatsion menejment asoslari, bashorati, yangiliklarni kiritish kabi mavzular bayon etilgan. Yana TDIU, TMI va boshqa oliy ta‘lim maskanlarida ham innovatsion jarayonni turli jihatlari rang-barang hikoya qilingan.Xorijda va respublikada innovatsion menejment mavzusida bir necha adabiyotlardan ushbu o‗quv qo‗llanma quyidagi yangi mavzular keltirilganligi bilan farqlanadi: innovatsion loyihalarni baholash va innovatsion jarayon; tadqiqotlar dasturlari, innovatsiya ishlari dasturini shakllantirish va 12 innovatsion loyihalarga talablar; ilmiy muassasa va obyektlarni «Davlat noyob ilmiy obyektlar ro‗yxati»ga kiritish va monitoringini olib borish; ilmiy va ishlab chiqarish korxonalarining nazariy va amaliy innovatsiya faoliyati; innovatsion texnologiya- elektron imzo va uni ro‗yxatga olish markazlari faoliyatini huquqiy tartibi; respublika innovatsion amaliyot jarayoni holati.Yapon innovatsion menejmenti usullari Evropa va Amerika usullaridan keskin farq qiladi (1.8-jadval). Bu bilan yaponlar unumliroq boshqaradi, deb bo‗lmaydi. Yevropa va Yaponiyaning usullari faqat boshqa tåkisliklarda yotadi va ularning bir-biri bilan kesishishi juda kam ro‗y beradi.Uning asosiy farqi nima? Avvalambor bu boshqaruvning nimaga yo‗naltirilganligiga bog‗liq. Masalan, Yaponiyada boshqaruv markazida mehnat resurslari yotadi. Yapon boshqaruvchisi korxona samaradorligini oshirish uchun mehnat unumdorligini oshirishga harakat qiladi. Yevropa va Amerikada esa asosiy maqsad kam ish va harakat qilib, ko‗p daromadga erishish yotadi. Menejment bo‗yicha yapon mutaxassisi Xidåki Iosixara yapon boshqaruvini 6 ta xususiyatini ko‗rsatib o‗tgan. 1. Doimiy bandlik kafolati va o‗zaro ishonch sharoitini mavjudligi, bunday kafolatlar kadrlar qo‗nimsizligini kamaytiradi va xodimlarni barqaror faoliyat ko‗rsatishlari uchun ishonch tug‗diradi. Bu esa xodimlarni keyinchalik vertikal (lavozim) zinapoya bo‗yicha ko‗tarila olishi mumkinligiga ishontiradi va korxonada jamoat bo‗lib ishlashga undaydi. 2. Korparatsiyaning birdamligi va u uchun qimmatli deb hisoblangan narsalarning mavjudligi. Agarda barcha ishchilar va boshqaruvchilar korxona siyosati haqida axborot beruvchi bitta axborot bazasidan ma‘lumot olishadigan bo‗lsa, bu barcha xodimni bir bo‗lib harakat qilishga undaydi. 3. Axborotga asoslangan boshqaruv televizorlar ishlab chiqaruvchi firmalarda ko‗pincha axborot yig‗ib olish sistemasidan foydalanishadi. 4. Sifatga qaratilgan boshqaruvda ko‗pincha yapon firmalarning boshqaruvchilari sifatni nazorat qilishga katta ahamiyat berishadi. Ishlab chiqarish jarayonida ularning asosiy masalasi sifat haqidagi aniq ma‘lumotlarni olishdir. 5. Ishlab chiqarishda boshqaruvning doimiy mavjudligi. Qiyinchiliklarni va muammolarni joriy hal qilish uchun yaponlar boshqaruv personalini ishlab chiqarish majmualarida joylashtiradi. Bu muammo tez hal bo‗lishiga xizmat qiladi. 13 Yangiliklarni rivojlantirish uchun yangiliklar taklif qilish sistemasi va sifat to‗garaklari keng qo‗llaniladi. 6. Tozalik va tartibni ushlab turish. Yapon mahsulotlarining yuqori sifati ishlab chiqarishda tozalik va tartibga rioya qilish orqali kelib chiqadi. Yapon boshqaruvchilari shunday tartib o‗rnatishga harakat qiladiki, bu tartib ham yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga undasin, tozalik va tartibga rioya qilishga chaqirsin. Umuman olganda yapon boqaruvi insonlarga xos tuyg‗ular va xususiyatlarni rivojlantirishga qaratilgan. Bular kelishilganlik, guruhli mo‗ljal olish, xodimlarni aqliy xususiyatlari, bandlik barqarorligi va boshqaruvchilar hamda xodimlar o‗rtasida birdamlak aloqalaridir. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling