O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat Universiteti
O’yuvchi va zaharli moddalar bilan ishlash qoidalari
Download 0.91 Mb.
|
Majmua. Tab polimerlar kimyosi 2020
1.2. O’yuvchi va zaharli moddalar bilan ishlash qoidalari
1. Noxush hidli va zaharli moddalar bilan ishni faqat mo’rili (tortuvchi) shkafda olib borish kerak. Ishlashdan avval havo tortuvchi motor elektr tokiga ulab qo’yiladi. 2. Tarkibida kislotali guruhi bo’lmagan birikmalar benzol, toluol, ksilollar zaharlidirlar; ular qon tomirlar, asab sistemasi va miyaga ta’sir etadilar. Bu moddalar bilan zaharlanish og’ir kasallikka olib keladi. Yuqorida aytib o’tilgan moddalarning ko’pchiligi oson alangalanadi va yonadi. Shu sababli ular bilan ishni xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda mo’rili shkafda olib borish lozim, qizdirishni simlari yopiq elektrisitgichda va suvli hammomda olib boriladi, qurilmalar qaytarma sovutgichlar bilan jihozlanadi. 3. Nitrobirikmalar qon tomirlarga ta’sir etadilar, ular odam organizmiga nafas yo’li yoki teri orqali o’tib qonning kislorod yutish qobiliyatini susaytiradilar va terini yallig’laydilar va dermatit kasaliga duchor qiladilar. Shu sababli nitrobirikmalar bilan olib boriladigan barcha ishlarni (nitrolash, ajratib olish va tozalash) mo’rili shkafda olib boriladi va natijada qo’l terisi bu moddalardan saqlanadi. Agar nitrobirikma teriga tushsa uni paxta bilan artib olinadi, keyin ko’p miqdordagi issiq suv bilan, so’ng spirt bilan yuvib tashlanadi. Nitrobirikmalar va aminlar bilan zaharlanish alomatlari sezilsa (xolsizlanish, bosh aylanish va og’rish, qo’l va oyoq qaltirashi, lab, burun uchi, quloq va tirnoqlarning ko’karishi) jabrlangan shaxsni tezda toza havoga chiqarish va meditsina punktiga yuborish lozim. Agar aminobirikma teriga to’kilsa, o’sha joy avval sirka kislota qo’shilgan iliq suv bilan, so’ng ko’p miqdordagi sovuq suv bilan yuviladi. 4. Spirtlar ichida eng xavflisi metil spirtidir. U asab sistemasi va qon tomirlariga ta’sir etadi, avval ko’rish nervlari va ko’z to’r pardasini shikastlaydi, ya’ni metil spirti bilan zaharlansa ko’r bo’lish mumkin.
Agar tarkibida kam miqdorda uglerod sulfid bo’lgan havo bilan uzoq vaqt nafas olinsa, bosh aylanish va bosh og’riq kasaliga uchrash mumkin. 6. Fenol terini kuydiradi. Agar u teriga tushsa, terining kuygan joyi ko’p miqdordagi suv yoki spirt bilan yuviladi.
8. O’yuvchi ishqorlar kuydirgan terini avval ko’p miqdordagi suv bilan yuviladi va 2-3% li sirka kislota eritmasi bilan artiladi. O’yuvchi ishqorlar bilan ishlaganda va kontsentrlangan sulfat kislota suyultirilganda albatta ko’zoynak taqiladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling