O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.1. Aholi - statistikaning o`rganish ob’ekti
Tayanch iboralar:
Aholi soni, doimiy va mavjud aholi soni, aholi soni dinamikasi ko`rsatkichlari, aholining tabiiy va mexanik harakati statistikasi, aholi migratsiyasi turlari, aholi migratsiyasining absolyut va nisbiy ko`rsatkichlari, o`rtacha umr ko`rish ko`rsatkichi, kelajakdagi aholi sonini hisoblash usullari. 12.1. Aholi - statistikaning o`rganish ob’ekti Aholi (demografiya) statistikasi – ijtimoiy-iqtisodiy statistikaning eng qadimgi va muhim tarkibiy qismi bo`lib, u aholi yashash sharoitida yoki hayotida yuz bergan demografik hodisa va jarayonlarni statistik hisobga olish va tahlil qilish usullarini ishlab chiqadi va amaliyotda qo`llaydi. U ijtimoiy fan bo`lib, o`zining bilish jarayonida umuminsoniy falsafa va iqtisodiyot nazariyasi fanlariga suyanadi va aholini yashash qonuniyatlarini miqdor va sifat jihatlarini ifodalaydi. Bular aholining tabiiy va mexanik harakati, mamlakat hududlari bo`yicha joylanishi, takror paydo bo`lishi va uning ijtimoiy tuzilishi xaqidagi qonunlardir. Ilmiy ta’limotga asosan bu qonunlar zaminida jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlari – iqtisodiy tuzumi yotadi. SHuning uchun bu qonunlar iqtisodiy tuzum bilan birgalikda o`rganilishi kerak. Har qanday davlat (tuzum)ning aholisi o`z tarkibi bo`yicha har xil bo`ladi va vaqt o`tishi bilan o`zgarib turadi. SHuning uchun aholining rivojlanish qonuniyatlari, uning tarkibini o`zgarishi va uning ko`p tomonlari konuret tarixiy sharoitlarni hisobga olgan holda o`rganilishi kerak. Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o`tishi tufayli aholini, jamiyatda ro`y berayotgan jarayonlarni, turmush sharoitlarini statistik o`rganishga qiziqish yanada ortib bormoqda, chunki aholi birinchidan ishlab chiqarish jarayonining bevosita ishtirokchisi va ikkinchidan bu jarayon natijasining iste’molchisi xam hisoblanadi. Aholi statistikasining o`rganish ob’ekti ma’lum hududda yashovchi odamlar jamoasi hisoblanib, ular tug’ilishi va vafot etishi hisobiga o`zini-o`zi tiklab turadi. Bunda kuzatish birligi alohida odam, oila yoki uy xo`jaliklari bo`lishi mumkin. Aholi statistikasida statistik kuzatish ob’ekti bo`lib, odamlarning xar xil to`plamlari bo`lishi mumkin: barcha aholi (mavjud yoki doimiy yashovchi), aholining ayrim guruhlari (mexnatga layoqatli aholi, ishsizlar, nafaqaho`rlar, shahar yoki qishloq aholisi, erkak yoki ayollar va h.k.), yoshlar yoki aksincha, yoshi ulug’lar, yil davomida tug’ilganlar (yoki boshqa davr orasida) yoki vafot etganlar va h.k. Odatda kuzatish ob’ekti va birligi tadqiqot maqsadiga bog’liq holda tanlanadi. 115 Aholi statistikasining ma’lumot manbalari quyidagilardan iborat: aholi ro`yhati – aholi xaqidagi ma’lumotlarning birinchi va asosiy manbai bo`ib, u aholi haqida har tomonlama to`liq va aniq ma’lumotlarni beradi. Lekin umumiy aholi ro`yxatini o`tkazish – katta mehnat va mablag’ talab qiladigan jarayon bo`lgani uchun BMT statistik hay’ati uni har o`n yilda bir marta amalga oshirishni taklif qilgan. Ro`yhatga olishlar orasida esa mamlakatda yuz bergan demografik va ijtimoiy jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni joriy hisob yoki tanlama kuzatish ma’lumotlaridan olish mumkin. Aholining tabiiy va mexanik harakati haqidagi ma’lumotlar asosida har bir xududdagi yillik aholi sonini hisoblash mumkin. Aholini statistik o`rganish natijalari asosida turli xil ijtimoiy-iqtisodiy masalalar echiladi va aholi statistikasining vazifalari quyidagilardan iborat: - aniq hudud, moment va sharoitda aholi sonini aniqlash; - aholini mamlakatning ayrim hududlari bo`yicha joylanishini (zichligini) tahlil qilish; - aholi tarkibini (jisni, yoshi, millati, ijtimoiy holati, ma’lumoti, bandligi va h.k.) o`rganish; - aholini takror paydo bo`lishi (tug’ilish, vafot etish, tabiiy o`sish, nikohdan o`tish va uni bekor qilish) jarayonlarini o`rganish; - aholi migratsiyasi (ko`chib kelishi, ko`chib ketishi) jarayonlarini o`rganish; - aholi soni va tarkibi kelajagini bashoratlash va h.k. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling