O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


 Ish vaqti va undan foydalanish ko`rsatkichlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet94/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

 
13.3. Ish vaqti va undan foydalanish ko`rsatkichlari
Ish kuchi soni va uning tarkibi bu sohadagi masalaning miqdor tomoni 
hisoblanadi, ish vaqti va undan foydalanish darajasi esa uning sifat tarafini 
belgilaydi. Ish vaqtidan foydalanishni tahlil qilish uchun ish vaqti fondlarini 
tarkibini o`rganishni, ish kuni va ish davri uzunligini, ishlagan ish vaqti xajmiga 
xar hil omillar ta’sirini o`rganishni taqozo etadi. Ish vaqti statistikasi – mexnat 
statistikasining bir bo`limi hisoblanadi. 
Ish 
vaqtini 
yo`qotishni 
o`rganish 
mexnat 
muammolari 
bilan 
shug’ullanuvchi davlat organlari, ijtimoiy ta’minot bo`limlari, kasaba 
uyushmalari, korxona va tashkilotlarning rahbarining doimiy e’tiborida turadi. 
Ish vaqti sarflangan mexnat meyorini ifodalaydi va u amaliyotda ikki 
ko`rsatkich yordamida o`lchanadi: 1) ishlagan kishi – kuni xodimning korxona 
ro`yxatida turgan va ishga kelgan kunlarini bildirib, unga ish vaqti davomida 
xaqiqiy ishlangan va ishlanmagan soatlar kiraveradi. Ishlangan kishi-kunlariga 
shu korxonada o`z xodimlari tomonidan amalda ishlangan kishi kunlari, bu 
korxona yo`llanmasi bilan boshqa korxonada ishlangan kishi-kunlari, 
shuningdek xizmat safarida bo`lgan xodimlarning ishlagan kunlari kiritiladi. 
2) Ishlangan kishi-soati ish vaqtining aniq o`lchov birligi hisoblanadi
chunki uning tarkibiga tanaffus vaqtlari, kechikib kelish va vaqtli ketib qolish 
vaqtlari kiritilmaydi. 
Ish vaqtidan foydalanish darajasini bilish uchun statistika quyidagi 
ko`rsatkichlar tizimidan foydalanadi: 
1) Bir ishchi tomonidan ishlangan kunlardan, ya’ni ish oyi uzunligidan 
foydalanish koeffitsienti; 
2) Ish kuni uzunligidan foydalanish koeffitsienti; 
3) Ish vaqtidan to`liq foydalanish koeffitsienti; 
Bir ishchi tomonidan amalda ishlangan kunlar sonini aniqlash uchun 
korxonada ishlangan barcha kishi-kunlar soni o`rtacha ro`yxatdagi xodimlar 
soniga bo`linadi. Bu ko`rsatkichning amaldagisini bazis darajasi bilan 
solishtirilib birinchi koeffitsient aniqlanadi. 
Ish kunining amaldagi uzunligini aniqlash uchun ishlangan barcha kishi-
soatlar soni, ishlangan kishi-kunlar soniga bo`linadi. Bunda ikki hil ko`rsatkich 
aniqlanadi: a) ish kunining to`liq uzunligi (bunda odatdagi va odatdan tashqari 
soatlar e’tiborga olinadi) va b) ish kunining odatdagi uzunligi (bunda faqat 
odatdagi soatlar e’tiborga olinadi). Bu ko`rsatkichning amaldagi bazis 
davrdagisi bilan solishtirilib ikkinchi koeffitsient aniqlanadi. Birinchi 
koeffitsientni ikkinchisiga ko`paytirib uchinchi ya’ni ish vaqtidan to`liq 
foydalanish koeffitsienti aniqlanadi. 
Masalan, korxonada bazis va joriy davrda quyidagi ma’lumotlar berilgan: 


132 
№ 
Ko`rsatkichlar 
Bazis davr 
Joriy davr 

O`rtacha ro`yxatdagi ishchilar soni 
900 
1000 

Amalda ishlangan barcha kishi-kunlar soni 
18000 
21000 

Amalda ishlangan barcha kishi-soatlar soni 
126000 
140000 

Bir ishchi tomonidan amalda ishlangan 
kunlar soni (2:1) 
20 
21 

Ish kunining amaldagi uzunligi, soat (3:2) 
7,0 
6,7 
1) Ish oyi uzunligidan (kunlar) 
foydalanish K
t
= 21/20 =1,050 yoki 105,0% 
2) Ish kuni uzunligidan (soat) 
foydalanish K
t
= 6,7/7,0 = 0,959 yoki 95,9% 
3) Ish vaqtidan to`liq 
foydalanish K
t
= 1,05 x 0,959 = 1,008 yoki 100,8% 
Demak korxonada ish oyi uzunligidan (kunlar) bo`yicha foydalanish joriy 
davrda bazis davrga nisbatan 5,0%ga ortgan, ish kuni uzunligidan (soat) 
foydalanish 4,1%ga kamaygan. Natijada ish vaqtidan to`liq foydalanish darajasi 
joriy davrda bazis davriga nisbatan 0,8% ortgan. 
Amaliyotda quyidagi ish vaqti fondlarini bir-biridan ajratish lozim: 
1. Kalendar ish vaqti fondi – korxona barcha xodimlariga to`g’ri kelgan 
kalendar kunlar sonini ifodalaydi va u quyidagicha hisoblanishi mumkin: 
- o`rtacha ro`yhatdagi xodimlar sonini shu davrdagi kalendar kunlar 
soniga ko`paytiriladi; yoki 
- ishga kelgan va kelmagan kishi-kunlar soni qo`shiladi. 
2. Tabel vaqt fondi – ni aniqlash uchun kalendar vaqt fondidan bayram va 
dam olish kunlari ayriladi; 
3. eng ko`p imkoniyatli ish vaqt fondi – ni aniqlash uchun tabel ish vaqti 
fondidan navbatdagi mexnat tatili kunlari ayriladi. Bu fond «Mexnat xaqida»gi 
qonunga asosan foydalanish mumkin bo`lgan eng katta ish vaqti salohiyatini 
bildiradi. 
Masalan, korxona bo`yicha mart oyida quyidagi ma’lumotlar berilgan 
(kishi-kunlarida) xodimlar tomonidan ishlangan kishi-kunlar – 5868; kun bo`yi 
to`xtab turishlar – 200; ishlanmagan kishi-kunlar – 3032, shu jumladan
navbatdagi tatillar – 480; dam olish kunlari – 2400; O`rtacha ro`yhatdagi 
xodimlar soni – 300 kishi; ushbu ma’lumotlar asosida quyidagi ko`rsatkichlarni 
hisoblash mumkin: 
1) ishga kelgan kishi kunlar soni – ishlangan kishi – kunlar va kun bo`yi 
to`xtab turishlar soni yig’indisiga teng. 
5868+200 =6068 kishi/kuni 
2) kalendar ish vaqti fondi 
6068+3032 =9100 kishi/kuni 
3) tabel ish vaqti fondi 
9100-2400 =6700 kishi/kuni 
4) maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi 
6700-480 =6220 kishi/kuni 


133 
5) may oyidagi kalendar vaqt fondi (agar o`rtacha ro`yhatdagi xodimlar 
soni o`zgarmay qolsa) 
300 x 31 =9300 kishi/kuni 
4. Ishlangan ish vaqti fondi. Ishlangan kishi/soatlar soniga xodimlarning 
ishlagan barcha soatlari kiritiladi (bayram va dam olish kunlari, hamda odatdan 
tashqari ishlangan soatlar ham qo`shiladi). Ammo bunga smenalar ichidagi 
to`xtab turishlar, betobligi sababli ishga kelmaslik, mexnat ta’tillari va shunga 
o`xshashlar qo`shilmaydi. 
Odatdan tashqari ishlangan vaqtlar – qonunda belgilangandan tashqari 
vaqtlardagi ish soatlari kiritiladi (bayram va dam olish kunlari, smenadan 
tashqari ishlangan vaqtlar va h.k.). 
5. To`langan kishi-soatlar soni – bu xodimlar tomonidan ishlangan kishi-
soatlar va ishlanmagan bo`lsa ham, ammo haqqi to`langan soatlardan tashkil 
topadi. Ko`rsatkichda yillik mexnat tatili vaqti, qo`shimcha va o`quv tatillari 
vaqti, rahbariyat qarori bilan berilgan ta’tillar vaqti, malaka oshirish tizimida 
o`tkazilgan vaqt, qishloq xo`jaligi va boshqa ishlarga jalb qilingan vaqt, 18 
yoshga etmagan o`smirlar uchun qisqartirilgan ish vaqti kiritiladi, ammo betob 
bo`lgan vaqt uchun to`lovlar ijtimoiy fondlardan to`langan uchun to`langan 
soatlar kiritilmaydi. 
Ish vaqti fondlaridan (kalendar, tabel, maksimal imkoniyatli) foydalanish 
koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi: 
Bu koeffitsient taaluqli vaqt fondining qancha qismi amalda 
foydalanilganini ifodalaydi. 
Maksimal imkoniyatli vaqt fondi tarkibini o`rganish uchun ushbu vaqt 
fondi 100% deb olinadi va quyidagilar necha foizni tashkil etishi aniqlanadi: 
1) ishlangan vaqt; 2) uzrli sabablar bilan ish vaqtini yo`qotish (shu 
jumladan, ayrim sabablar bo`yicha); 3) uzrli sabablar bilan ish vaqtini yo`qotish 
(shu jumladan, ayrim sabablar bo`yicha). 
Masalan, 
avvalgi 
misoldagi 
ma’lumotlar asosida quyidagilarni 
aniqlaymiz: amalda ishlangan vaqt, kalendar vaqt fondining 64% ini tashkil 
etgan (5668/9100 x 100 = 64%); tabel ish vaqti fondining 87,4% (5668/6700 x 
100 = 87,4%); maksimal imkoniyatli ish vaqti fondining 94,2% (5668/6220 x 
100 = 94,2%) tashkil etgan. Binobarin, bunda ish vaqtini yo`qotish 3,5%ni, 
uzurli sabablar bilan yo`qotish esa 2,2%ni (1336/6220 x 100 = 2,2%) tashkil 
etgan. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling