O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


 Milliy hisoblar tizimida milliy boylik hajmini aniqlash usuli


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet102/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

 
15.2. Milliy hisoblar tizimida milliy boylik hajmini aniqlash usuli 
Iqtisodiyot har bir sektorning ma’lum momentga nisbatan iqtisodiy 
ahvoli, uning o`zining xususiy kapitali xajmi bilan baholanadi va u sektorning 
aktiv va passivlar balansining balanslashtiruvchi moddasida o`z aksini topadi. 
Balans ikki yoqlama jadvalga o`xshatib tuziladi, uning chap tomonida 
sektorning aktivlari (moliyaviy va nomoliyaviy), o`ng tomonida esa uning 
moliyaviy majburiyatlari va o`z kapitalining sof qiymati keltiriladi. 
Aktiv va passivlar balansi 
Aktiv 
Majburiyatlar va o`z kapitalining sof qiymati 
1. Nomoliyaviylar: 
- ishlab chiqarilganlar; 
- ishlab chiqarilmaganlar; 
2. Moliyaviylar: 
- monetar oltin; 
- mavjud pullar; 
- O`YUHEBMM; 
- depozitlar; 
va boshqalar 
3. Moliyaviy majburiyatlar: 
- mavjud pullar; 
- depozitlar; 
- qimmatbaho qog’ozlar va h.k. 
4. O`z kapitalining sof qiymati (4=1+2-3) 
Sektor o`z kapitalining sof qiymati, uning aktivlari (moliyaviy va 
nomoliyaviy) qiymatining, uning moliyaviy majburiyatlariga nisbatan yuqori 
ekanligini ifodalaydi. Sof qiymat deyilishiga sabab asosiy kapital qoldiq qiymati 
bo`yicha aks ettiriladi. Bu balans ma’lumotlari asosida sektorning investitsion 
faollik darajasini, ularni moliyalashtirishga extiyojini ishlab chiqarishning 
material oborot mablag’lar bilan ta’minlanish darajasi va uning samaradorligini 
tahlil qilish mumkin bo`ladi. Butun iqtisodiyot bo`yicha tuzilgan jamlovchi aktiv 
va passivlar balansi mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy holatini xarakterlaydi. 
Uning balanslashtiradigan moddasi bo`lib, milliy boylik ko`rsatkichi 
hisoblanadi. SHunday qilib, MHT metodologiyasi bo`yicha milliy boylik 
xajmini aniqlash uchun mamlakat rezidentlarining barcha iqtisodiy aktivlar 
qiymatlari (moliyaviy va nomoliyaviy) yig’indisidan ularning moliyaviy 
majburiyatlarini ayirib aniqlanadi. Demak, mamlakat milliy boyligi iqtisodiyot 
barcha sektorlarining sof kapitali yig’indilariga teng bo`ladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling