O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
14.3.Mehnat unumdorligi indekslari.
Statistika mehnat unumdorligining faqatgina darajasini aniqlabgina qolmay, uning dinamikasini ham tekshiradi. Mehnat unumdorligi indeksi deyilganda uning dinamikasini, yoki uning o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillarning kuchini harakterlovchi nisbiy ko`rsatkichlar tushuniladi. SHunga asosan mehnat unumdorligi indekslari butun 138 bir sistemasi mavjud. Binobarin amalda qo`llanilishi jihatidan asosiy indekslar sifatida quyidagilar mavjud: 1) O`zgaruvchan tarkibli mehnat unumdorligi indeksi. 2) Doimiy tarkibli indeks (o`rtacha tortilgan indekslar). 3) Struktura o`zgarishlarini ta`sirini ko`rsatuvchi indeks. 4) Mehnat usuli bilan aniqlangan doimiy tarkibli indeks. Mehnat unumdorligining o`zgaruvchan tarkibli indeksi (baholash metodi asosida) quyidagicha aniqlanadi: T p q T p q I 0 0 0 1 0 1 : ; bu erda, q 1 va q 0 – joriy va o`tgan davrlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori; R 0 – mahsulotlar o`zgarmas bahoda; T 1 va T 0 – joriy va o`tgan davrlarda mahsulotlarni ishlab chiqarishda katnashgan xodimlarning o`rtacha soni yoki shu mahsulotlarning ishlab chiqarish uchun sarf qilingan ish vaqti (kishi-kun, kishi-soat). Keltirilgan indeks mehnat unumdorligiga ikkita muhim omillar ta`sirini ifodalaydi. Bu birinchidan, ishlab chiqarishning har bir uchastkasida mehnat unumdorligining o`zgarishini va ikkinchidan ishlab chiqarishda xizmat qilayotgan mehnat resurslari strukturasining o`zgarishidir. 2.Mehnat unumdorligining o`zgarmas tarkibli indeksi (bu indeks o`z vaqtida akademiq S.G.Strumilin tomonidan tavsiya etilgan): T T i T T T P q T P q v I 1 1 1 1 0 0 0 1 0 1 : ; i v – ishlab chiqarishning ayrim uchastkalari bo`yicha mehnat unumdorligining o`zgaruvchan tarkibli individual dinamika indekslari. 3.Mehnat unumdorligining dinamikasiga struktura o`zgarishlar indeksining ta`siri: T T i T P q T P q I 1 1 0 0 0 1 0 1 : : ; Demak bu indeksni hisoblash uchun yuqorida ko`rilgan birinchi indeksni ikkinchi indeksga bo`lish kerak. 4.Mehnat unumdorligining mehnat usuli bilan aniqlangan doimiy tarkibli indeksi quyidagicha aniqlanadi: ; 1 1 0 1 t q t q I q 1 – joriy davrda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori; t 0 va t 1 – o`tgan va joriy davrlarda ishlab chiqarilgan har bir dona mahsulot uchun sarf qilingan ish vaqti. Bu indeksdan foydalanish uchun korxonaning butun tsexlarida, uchastkalarida har bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarf qilingan ish vaqti 139 hisobga olinishi kerak. Bu indeks mehnat unumdorligining haqikiy o`zgarishini ko`rsatib beradi. Mahsulot, mehnat unumdorligi va ishchilar soni indekslari orasidagi bog’lanishni ko`rib chiqamiz. Mahsulot hajmi ishchilar soni va mehnat unumdorligi darajasi ko`paytmasiga teng. Ana shunday bog’lanish bu ko`rsatkichlari indekslari orasida ham mavjud. Buni jadval tarikasida ko`rib chiqamiz: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling