O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
13.4. Ish vaqti balansi Ish vaqtidan foydalanish darajasini tahlili ish vaqti balansi asosida amalga oshiriladi. Ular kishi-kunlari va kishi-soatlarida tuzilib, ikki qismdan iborat bo`ladi: chap qismida «ish vaqtidan foydalanish» ko`rsatiladi. Chap qismi quyidagilardan tashkil topadi: 1) kalendar vaqt fondi; 134 2) bayram va dam olish kunlari; 3) tabel vaqt fondi; 4) navbatdagi mexnat tatillari; 5) maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi. Ish vaqti resurslarini kishi-soatlarida ifodalash uchun, ko`rsatkichlarni belgilangan ish vaqti uzunligiga ko`paytiriladi. «Ish vaqtidan foydalanish» qidalanish"n , ko`rsatkichlarni belgilangan ishAmalda ishlangan ish vaqti fondi – belgilangan rejim asosida ishlangan vaqtni ifodalaydi. Odatdan tashqari ishlangan vaqt (bayram va dam olish kunlari, smenadan tashqari ishlangan)lar balansdan tashqarida ko`rsatiladi. Uzrli sabablar bilan yo`qotishlarga quyidagilar kiradi: - betobligi sababli, yoki betob bolalarni boqish; - o`quv ta’tillari (sirtqi talabalar uchun, korxona tomonidan yuborilgan o`qish va malaka oshirishlar va h.k.); - qonun bilan belgilangan ishga kelmasliklar (davlat topshiriqlarini bajarish, masalan, voenkomatga yoki sudga chaqirilishi). Ish vaqtini yo`qotuvlariga quyidagilar kiradi: - kun bo`yi to`xtab turishlar; - kechikib kelishlar, vaqtli ketishlar; - rahbariyat ruxsati bilan ishga kelmaslik; - yalpi ishga kelmaslik (ish tashlashlar va h.k.) Balansning o`ng qismi yuqorida keltirilgan uch bo`limning yi¼indisidan tashkil topadi va kishi-kunlar va kishi-soatlarda ifodalangan maksimal imkoniyatli ish vaqti fondini bildiradi. Masalan, avvalgi misolda keltirilganlarni quyidagi ma’lumotlar bilan to`ldiramiz: Aprel oyida ishga kelmasliklar (kishi-kunlarida): betobligi sababli – 56, o`qish tatillari – 20, progullar-4, rahbariyat ruxsati bilan – 12, qonun bo`yicha ishga kelmaslik – 60. Ish vaqti balansini tuzamiz (kishi-kunlarida). Ish vaqti resurslari Ish vaqtidan foydalanish 1. Kalendar fondi - 9100 2. Bayram va dam olish kunlari – 2400 3. Tabel fondi – 6700 4. Navbatdagi mehnat ta’tillari – 4800 5. Maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi – 6220 1. Amalda ishlangan vaqt – 5868 2. Uzurli sabablar bilan ish vaqtini yo`qotish – 136 shu jumladan: betobligi sababli – 56 o`qish vaqti sababli – 20 qonun bo`yicha – 60 3. Ish vaqtini yo`qotish – 216 shu jumladan: kun bo`yi to`xtab turishlar – 200 progullar – 4 rahbariyat ruxsati bilan – 12 4. Maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi – 6220 (5868+136+216) Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling