O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


Mavzu 14. MEHNAT UNUMDORLIGI STATISTIKASI


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet97/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

Mavzu 14. MEHNAT UNUMDORLIGI STATISTIKASI 
Reja:
14.1. Mehnat unumdorligi va uni o`stirish omillari. 
14.2. Mehnat unumdorligini aniqlash usullari. 
14.3. Mehnat unumdorligi indekslari. 
14.4. Mehnat unumdorligi va ish vaqti. 
Tayanch iboralar:
Mehnat unumdorligi, mehnat unumdorligi darajasini aniqlash usuli, 
mehnat unumdorligi darajalari, umumiy, o`zgaruvchan, o`zgarmas va tarkibli 
indekslar, mahsulot hajmi, o`rtacha soatlik, kunlik, oylik mehnat unumdorligi 
darajalari.
14.1. Mehnat unumdorligi va uni o`stirish omillari. 
Mehnat unumdorligi - kishi mehnatini ma`lum vaqt birligi ichida ma`lum 
miqdordagi iste`mol qiymat yaratilish qobiliyatidir. Ma`lumki, iste`mol qiymat 
hajmini ikki xil yo`l bilan amalga oshirish mumkin: 
1) Ko`p kishi mehnatini sarflash bilan; 
2) Mehnat unumdorligini darajasini oshirish bilan. Birinchi ko`rsatkich 
sarflangan mehnatning hajmini ifodalasa, ikkinchisi uning sifatini ifodalaydi. 
SHuning uchun ham mehnat unumdorligi korxonalar xo`jalik faoliyatini 
muhim sifat ko`rsatkichi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat 
unumdorligini qutarish yuli bilan ishlab chiqarish hajmini oshirish asosiy 
intensiv usul hisoblanadi, 
Sanoatda mehnat unumdorligini tuxtovsiz usib borishini quyidagi holatlar 
taqozo qiladi: 
1) ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; 
2) mehnat resurslarini chegaralanganligi; 
3) moddiy ne`mat yaratadigan boshqa soxa tarmoqlarini va moddiy ne`mat 
yaratmaydigan soxa tarmoqlarini rivojlantirish; 
4) ish kunining qisqarilishi, dam olish kunlarining ortishi natijasida 
imkoniyatli ish vaqtini qisqarishi. 
Mehnat unumdorligi soxasi mehnat unumdorligini tuxtovsiz usib borishi 
qonunini konkret sharoitda, korxonada, tarmoqda va butun statistikada 
o`rganadi. U mehnat unumdorligini darajasini, uning dinamikasini va unga ta`sir 
etuvchi faktorlarni tekshiradi. 
Umuman statistikada mehnat unumdorligiga juda ko`p xil omillar ta`sir 
ko`rsatadi. 
1)Umumiy iqtisodiy omillar (ishlab chiqarish usullari harakteri); 
2) Tabiiy - iqlim sharoiti; 
3) Texnika progressining yo`nalishi; 
4) Ishlab chiqarishning tashkiliy omillari (ishchining ma`lumoti, malakasi, 
mehnati va ishlab chiqarishni tashkil etilishi va mehnat intizomi). 
Ayrim tarmoq va korxonalarda bu omillar konkret sharoitga qarab yanada 
maydalashib ketadi. 


137 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling