O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
-chizma. Asosiy fondlarni eskirish va amortizatsiya orasidagi bog’lanish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
19-chizma. Asosiy fondlarni eskirish va amortizatsiya orasidagi bog’lanish.
Asosiy fondlarning bozor qiymati – u korxona va muassasalarda mavjud bo`gan ob’ektlarni xozirgi holati, fizik va manaviy eskirishi, ulardan amalda va kelajakda foydalanish va foyda olish darajasini, talab va taqdim nisbatini hisobga olgan holda aniqlanadi va shu bahoda korxonalar va muassasalarda ularni sotib yuborishlari mumkin bo`ladi. 15.6. Asosiy fondlarning balanslari, ularning holati va takror ishlab chiqarish ko`rsatkichlari. Asosiy fondlar doimiy ravishda ham bo`yum shaklida, xam qiymat shaklida o`zgarib turadi. Ularning ko`payishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: - sotib olish; - yangi qurilish; - inventarizastiya paytida qayta baholashdagi o`zgarishlar. Asosiy fondlarning kamayishiga esa quyidagi omillar ta’sir qiladi: - eskirib ishlab chiqarishdan chiqib ketishi; - boshqa korxonalarga sotib yuborilishi; - tabiiy ofatlar natijasida yo`q bo`lishi; - inventarizastiya paytida qayta baholashdagi o`zgarishlar. YUqoridagi o`zgarish omillaridan foydalanib, asosiy fondlarning ikki xil balansi tuziladi: - to`la boshlang’ich qiymati bo`yicha; - qoldiq qiymati bo`yicha. Davlat statistika organlari asosiy fondlar balansini joriy baholarda, o`rtacha yillik baholarda va bazis yili solishtirma baholarda tuzadilar. To`la boshlang’ich qiymat bo`yicha balans har bir korxona, firma yoki tarmoq bo`yicha hisoblanadi. Bunda odatda birinchi ustunda asosiy fondlarning 153 tasnifi keltiriladi. Kirim va chiqim qismlari esa yanada konkretlashtirilishi mumkin. Asosiy fondlarning qoldiq qiymati bo`yicha balansida barcha ko`rsatkichlar qoldiq qiymatlarda qatnashib, chiqim qismida qo`shimcha yillik amortizatsiya ajratmalari keltiriladi. SHunday qilib asosiy fondlar balanslarini quyidagicha formula tarzida keltirish mumkin: - to`la boshlang’ich qiymatda: F 0 +F k -F ch =F № - qoldiq qiymatda: F 0 1 +F k -F ch 1 -A=F № 1 bu erda, F 0 va F 1 – asosiy fondlarning yil boshi va oxiridagi to`la boshlang’ich qiymatlari; F k va F ch – kiritilgan va chiqib ketgan asosiy fondlarning to`la boshlang’ich qiymatlari; F 0 1 va F 1 1 – asosiy fondlarning yil boshi va oxiridagi qoldiq qiymatlari; F ch 1 – chiqib ketgan asosiy fondlarning qoldiq qiymati; A – yillik amortizatsiya ajratmalari. Asosiy fondlarning balanslaridagi ko`rsatkichlardan foydalanib ularning xolati va takror ishlab chiqarilishi (xarakati) ko`rsatkichlarini hisoblash mumkin. Asosiy fondlarning xolat ko`rsatkichlarini eskirish va yaroqlilik koeffitsientlari ifodalaydi: K esk =F-F 1 /F x 100; K yaroq =F 1 /F x 100 K esk +K yaroq =100% Xolat ko`rsatkichlari odatda yil boshiga va oxiriga hisoblanib, ularni taqqoslash asosiy fondlarning xolati qay tarzda o`zgarganligini aniqlashga imkon beradi. Eskirish koeffitsienti yaroqlilik koeffitsienti bilan uzviy bog’liqdir. eskirish koeffitsienti qancha kichik bo`lsa, yaroqlilik koeffitsienti shuncha katta bo`ladi va aksincha. Agar koeffitsient «1»dan eskirish koeffitsientini ayirib tashlasak, yaroqlilik koeffitsientiga ega bo`lamiz. Asosiy fondlarning xarakatini yangilash va chiqib ketish koeffitsientlari ifodalaydi: K yang =F yang /F 1 x 100; K chiq =F chiq /F 0 x 100 Bu erda, F yang va F chiq - yil davomida yangidan kiritilgan va chiqib ketgan asosiy fondlarning to`la boshlang’ich qiymatlari. Bu ko`rsatkichlar asosiy fondlar balansi ma’lumotlari asosida tuziladi. Asosiy fondlar to`liq qiymati bo`yicha balansi (mln.so`m): Yil boshidagi xajmi Yil davomida kiritiladi Yil davomida chiqariladi Yil oxiridagi xajmi Jami SHu jumladan yangi asosiy fondlar Jami SHu jamladan eski asosiy fondlar yo`qotildi 4250 1230 600 200 150 5280 154 Balans ma’lumotlari asosida asosiy fondlar xarakati va xolatini ifodalovchi ko`rsatkichlarni hisoblaymiz: 1. Kiritish K t =1230/5280 x 100 = 23,2% 2. Yangilash K t =600/5280 x 100 = 11,4% 3. Chiqarish K t =200/4250 x 100 = 4,7% 4. Yo`qotish K t =150/4250 x 100 = 3,5% 5. Yaroqlilik K t yil oxiriga =3850/5280 x 100 = 72,9% 6. Eskirish K t yil oxiriga =1430/5280 x 100 = 27,1% Xuddi shunday ko`rsatkichlarni yil boshiga nisbatan ham hisoblash mumkin. Umuman, eskirish koeffitsienti asosiy fondlar qiymatining mahsulotga o`tkazilgan qismini, yaroqlilik koeffitsienti esa asosiy fondlarning foydalanish mumkin bo`lgan qismi qiymatini ifodalaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling