O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet108/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

Qisqacha xulosalar
Milliy boylik muhim ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo`lib, u ijtimoiy takror 
ishlab chiqarish jarayonining boshlang’ich va yakuniy xolatini ifodalaydi. Milliy 
boylik hajmining ortishi iqtisodiy o`sishning muhim omili hisoblanadi. SHu 
bilan birga milliy boylikda ishlab chiqarish jarayonining natijalari 
mujassamlanadi. U ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga to`ldiriladi va 
yangilanadi. Milliy boylik hajmi, uning tarkibi, dinamikasi va ulardan 
foydalanish darajasi davlat va xalqaro statistikada mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishining muhim yakunlovchi ko`rsatkichlari sifatida qaraladi. Milliy 
boylik xajmi va tarkibining o`zgarishiga qarab takror ishlab chiqarish va 
jamg’arish jarayonining tendenstiyalari haqida fikr yuritiladi. 
Iqtisodiy aktivlarni tasniflashda avvalo ular ikki sinfga ajratiladi: 
moliyaviy aktivlar va nomoliyaviy aktivlar. 
Moliyaviy aktivlar ko`p jihatdan moliyaviy talablar va majburiyatlardan 
iborat.
Nomoliyaviy aktivlarga – egalari ulardan iqtisodiy faoliyat natijasida 
yoki qiymat zahirasi sifatida manfaat ko`rishlari mumkin bo`lgan ob’ektlardir. 
Ular ishlab chiqarilgan yoki ishlab chiqarilmagan ob’ektlar bo`lishi mumkin. 
Nomaterial ishlab chiqarilmagan aktivlar egasiga konkret faoliyat bilan 
shug’ullanish huquqini beruvchi xujjatlar kiradi (patentlar, litsenziyalar, tovar 
belgilariga bitimlar tuzish va h.k.). 
Iqtisodiyot har bir sektorning ma’lum momentga nisbatan iqtisodiy 
ahvoli, uning o`zining xususiy kapitali xajmi bilan baholanadi va u sektorning 
aktiv va passivlar balansining balanslashtiruvchi moddasida o`z aksini topadi. 
Balans ikki yoqlama jadvalga o`xshatib tuziladi, uning chap tomonida 
sektorning aktivlari (moliyaviy va nomoliyaviy), o`ng tomonida esa uning 
moliyaviy majburiyatlari va o`z kapitalining sof qiymati keltiriladi. 
Asosiy fondlar tarkibiga erlarni yaxshilash (melioratsiya, quritish, 
irrigatsion va boshqa ishlar) uchun qilingan kapital harajatlar va erga egalik 
qilish huquqini o`tkazish bilan bog’liq bo`lgan xizmatlar (advokatlar, ko`chmas 
mulk bilan shug’ullanuvchi agentlar va boshqa vositalar xizmatiga to`lovlar, 
to`langan soliqlar va yig’imlar va boshqa tashkiliy harajatlar) bilan bog’liq 
bo`lgan harajatlar ham kiradi. 


155 
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish jarayonini amalga 
oshirish uchun xo`jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqarish fondlari bilan 
ta’minlangan bo`lishlari lozim. 
Statistikada asosiy fondlarning xajmini o`rganishda natural va qiymat 
ko`rsatkichlaridan 
foydalaniladi. 
Asosiy 
fondlarni 
qiymat 
ko`rinishda 
baholashda quyidagi qiymat turlari qo`llaniladi: to`la boshlang’ich qiymati;
to`la tiklash qiymati; eskirishni hisobga olgan holdagi boshlang’ich (tiklash) 
qiymati; balansdagi qiymati; bozor qiymati; yo`kotishdagi qiymati. 
Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishlatilishi natijasida 
sekin-asta emirilib boradi. emirilish asosiy fondlar amortizatsiyasining moddiy 
asosini tashkil qiladi. emirilish jismoniy va ma’naviy turlarga bo`linadi. Asosiy 
fondlarning ma’naviy eskirishi asosiy fondlarning yanada unumliroq 
elementlarining paydo bo`lishi va arzonroq asosiy fondlarning yaratilishi 
natijasida sodir bo`ladi. 
Asosiy fondlarni fizik va ma’naviy eskirishi oqibatda ularni yangilash 
(almashtirish) zaruriyati tug’iladi. Buning uchun asosiy fondlar ishlab turgan 
vaqtlarida korxonalarni ularni sotib olish yoki yaratish bo`yicha xarajatlari 
qoplanishi va ularni almashtirishni amalga oshirish uchun etarli darajadagi pul 
mablag’lari jamg’arilishi lozim. Xarajatlarni qoplash va pul mablag’larini 
yig’ish ishlari mahsulot tannarxiga amortizatsiya ajratmalrini qo`shish orqali 
amalga oshiriladi. 
Investitsiyalarning mohiyati shundaki, ular keyinroq manfaat olish uchun 
xozir ma’lum loyihalarga qilingan xarajatlarni anglatadi. Investitsion 
loyihalarning shakllari va mazmuni yangi korxona qurilishi rejalashtirishdan 
tortib, to asosiy kapitalning yangi elementlarini sotib olishgacha bo`lishi 
mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling