165
Yakka tartibdagi quruvchilar tomonidan umumiy maydoni 5984,1 ming
kv.m. bo`lgan (umumiy ishga tushirilgan turar joylarning 99,2%) turar joylar
ishga tushirildi.
Noishlab chiqarish sohasiga yo`naltirilgan
investitsiyalar umumiy
hajmidan ta`lim ob`ektlari qurilishida 348,5 mlrd. so`m (investitsiyalar umumiy
hajmining 33,4%), kommunal qurilishda 92,2 mlrd. so`m (8,8%), sog’liqni
saqlash ob`ektlari qurilishida 66,7 mlrd.so`m (6,4%) o`zlashtirildi.
Umumta`lim maktablarini qurilishi va qayta ta`mirlash hisobiga 126,3
ming o`quv o`rinli 337 ta umumta`lim maktablari, maktablar uchun 95
sport
inshootlari ishga tushirildi.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari qurilishi va qayta ta`mirlashda
216,1 mlrd. so`m investitsiyalar o`zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga
yo`naltirilgan investitsiyalarning 20,7% ini va ta`lim sohasiga kiritilgan
investitsiyalarning 62,0% ini tashkil qildi.
Kommunal qurilish sohasida 2400,1 km. vodoprovod va 3167,7 km. gaz
tarmoqlari
ishga tushirildi, bu 2004 yilning yanvar-dekabriga nisbatan tegishli
ravishda 123,3 va 111,9%ni tashkil qildi. Qishloq joylarida umumiy vodoprovod
tarmoqlarining 94,8% va gaz tarmoqlarining 96,6% ishga tushirilgan.
2005 yilning yanvar-dekabrida 1377,5 mlrd. so`mlik qurilish ishlari
bajarilib, 2004 yilning shu davriga nisbatan 107,8%ni tashkil etdi.
Qurilish ishlari umumiy hajmidan 69,8%
yangi qurilish, faoliyat
ko`rsatayotgan korxonalarni rekonstruktsiya qilish,
kengaytirish va texnik
jihatdan qayta jihozlashga, 30,2 % - kapital, joriy ta`mirlash
va boshqa pudrat
ishlariga to`g’ri keladi.
Nodavlat
mulkchilik
shaklidagi
tashkilotlar
tomonidan
1253,8
mlrd.so`mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, qurilish ishlarining umumiy
hajmida 91,0 % ni tashkil qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: