O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
Material aylanma mablag’lar zahirasiga
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
Material aylanma mablag’lar zahirasiga jalb etilgan investitsiyalar shu
davrda ular qoldig’ining o`zgarishini xarakterlaydi. Uni davr boshidagi va davr oxiridagi qoldig’ining farqi sifatida olinadi. Ishlab chiqarilmagan aktivlarga investitsiyalar hajmi ikki qismdan iborat: ishlab chiqarilmagan material aktivlarga uzoq muddatli qo`yilmalar (masalan, erga, tabiiy resurslarga, tabiatdan foydalanish ob`ektlariga egalik qilish huquqi) va ishlab chiqarilmagan nomaterial aktivlarga sarflangan uzoq muddatli qo`yilmalar (masalan, mualliflar bilan bitim va kelishuvlar, ishlab chiqarilmagan aktivlarni sotib olish optsionlari va h.k.). Bu tizimdagi har bir ko`rsatkich umumiy investitsiyalarning aniq bir qismini xarakterlaydi va ular tarkibi ayrim ko`rsatkichlarning ulushi bo`yicha o`rganiladi. Har bir korxona va firmaning rivojlanish darajasini bilish uchun investitsion imkoniyatlarni baholash lozim, binobarin, ularning investitsion salohiyatini aniqlash kerak bo`ladi. Bunda ularning faqat investitsiyaga jalb qilinishi mumkin bo`lgan moliyaviy va boshqa resurslarini mavjudligini e`tiborga 162 olish bilan birga, ularni qo`yish shartlari mavjudligi, ularning samaradorligini ham e`tiborga olish lozim bo`ladi. Korxonaning investitsion salohiyati bozordagi hozirgi sharoit va holatni hisobga olgan holda eng ko`p jalb etilishi mumkin bo`lgan investitsion resurslar hajmini ifodalaydi. Bozor iqtisodiyoti davrida bu ko`rsatkichning ahamiyati juda yuqori hisoblanadi, chunki shunga qarab korxona rahbari yoki menedjeri investitsion loyihalar bo`yicha asosli qaror qabul qilish imkoniyatini beradi. MHT yo`nalishi bo`yicha korxonalar investitsion salohiyatini ikki qismga ajratish mumkin: yalpi milliy jamg’arish; potentsial xorij investitsiyalari. Yalpi milliy jamg’arish alohida korxona chegarasida investitsion salohiyatning asosiy qismini tashkil etib, u ichki jamg’armalar hisobidan tashkil topadi. Avvalo ular amortizatsiya ajratmalari, korxona ixtiyorida qoladigan foyda, uning faoliyati davrida amalga oshirgan jamg’armasi va boshqa xususiy mablag’lari. Qo`shimcha manbalar sifatida qarzga olingan va byudjetdan tashqari mablag’lar: bank kreditlari ko`rinishida, byudjetdan tashqari fondlar mablag’lari, lizing bo`yicha asosiy fondlar va h.k. jalb etilgan mablag’larga yana har xil darajadagi byudjetlardan olingan mablag’lar, masalan, davlatning maqsadli dasturlari va h.k. Korxonaning potentsial xorijiy investitsiyalari uning rivojlanishi uchun qo`yilgan to`g’ri kapital qo`yilmalar, kapital transfertlar, xorij mamlakatlari yuridik va jismoniy shaxslarning sabablari va h.k. Bularning hajmi uncha katta bo`lmay, asosan bozor kon`yunkturasiga bog’liq bo`ladi. Bular haqidagi ma`lumotlar ekspert baholash yo`li bilan faoliyat yurituvchi qo`shma korxonalardan olish mumkin. Korxonalar investitsion faoliyatining asosiy qismi kapital qo`yilma sifatida amalga oshiriladi va ular ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirishda muhim rol’ o`ynaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling