161
nomaterial aktivlarga investitsiyalar;
material aylanma mablag’lar zahirasini to`ldirish;
binolar, inshootlar. mashina va uskunalarni kapital ta`mirlashga
xarajatlar;
er uchastkalari va tabiatdan foydalanish ob`ktlarini sotib olish.
Bular ichida asosiy o`rinni asosiy kapitalga investitsiyalar egallaydi va ular
takror
ishlab
chiqarish
yo`nalishlari
bo`yicha
qurilish,
kengaytirish,
rekonstruktsiya qilish, ob`ektlarni texnik
jihatdan qayta qurollantirish, mashina-
uskunalar, instrument-inventarlar
sotib olish, chorva mollar tuyog’ini
ko`paytirish, ko`p yillik o`simliklarni ekish va h.k.ga bo`linadi.
Investitsion faoliyatni tahlil qilishning keyingi yo`nalishi – asosiy kapitalga
solingan investitsiyalarni o`rganishdan iborat va ular quyidagi yo`nalishlar
bo`yicha o`rganiladi:
yangi qurilish;
mavjud korxonalarni kengaytirish;
mavjud korxonalarni texnik jihatdan qayta qurollantirish va
rekonstruktsiya qilish.
YAngi qurilish deb, yangi yoki binosi olib tashlangan maydonlarda yangi
bino, inshootlar barpo etish maqsadida olib borilgan qurilishlarga aytiladi.
Mavjud korxonalarni kengaytirish deganda, mavjud korxonalar
hududida
yangi tsexlar, ob`ektlarni qurish yoki ularga yaqin maydonlarda yangi
yoki qo`shimcha ishlab chiqarish quvvatlarini qurish tushuniladi.
Mavjud korxonalarni rekonstruktsiya qilish deganda, ishlab chiqarish
quvvatlarini ko`paytirish, mahsulot sifatini va
nomenklaturasini yaxshilash
maqsadida korxonalardagi tsexlar va ob`ektlardagi ishlab chiqarishni
takomillashtirish va uning texnik-iqtisodiy darajasini yuqori darajaga ko`tarish
tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: